OILADA VA YAShASh JOYI BO`YICHA:
Sinfning ota-onalar qo‘mitasi bilan hamkorlikda o‘smirning ta’lim – tarbiya borasida qarovsizligining asosiy sababini bartaraf etish, bunda uchun uning yashashi va o‘qishi uchun oilada qulay sharoit yaratish kerak.
O’smirga bo’sh vaqtini to‘g‘ri tashkil etishga yordam berish.
Onaga o‘g‘lini tarbiyalashida individual suhbatlar olib borish, yakka va guruhiy maslaxatlar berish orqali pedagogik yordam ko‘rsatish, zaruriyat bo‘lganda esa, ota – onalar o‘quvi fondidan moddiy yordam ko‘rsatish.
O’smirning yashash joyi bilan aloqani o‘rnatishga asosiy diqqatni qaratish lozim, bu aloqalarning xususiyati, o‘smirga ijobiy ta’sir ko‘rsata oladigan shaxsni topib, unga biriktirish kerak.
Bola tarbiyasida, zaruriyat yo’zasidan, jamoa tashkilotlari, oila va maktab hamkorligi uyushmasi hamda korxonalardan onaga yordam berishni so‘rash.
Tarbiyasi og‘ir o‘smirlarga, tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatishni kelajakda kengaytirish uchun qo‘shma tadbirlarni doimiy ravishda rejalashtirish maqsadga muvofiqdir.
Maktabda ishlab chiqarish jamoasi hamakorligi:
O’kuv – tarbiyaviy jarayonni takomillashtirish, ta’lim – tarbiya borasida qarovsiz qolgan o‘smirlarga yagona pedagogik talablarni qo‘yish, unda ongli intizomni tarbiyalash;
To‘garaklar, klublar, ilmiy tashkilotlarni kengaytirish, bo’lar orqali intizomsiz o‘quvchilarni qamrab olish;
O’kuvchilar kontingentini saqlash uchun har bir o‘qituvchi va tarbiyachining mas’uliyatini oshirish;
Voyaga yetmaganlar ishi bo‘yicha inspektsiyalarida o‘qituvchilar va tarbiyachilarning doimiy navbatchiligini tashkil etish, ota-onalar va kamolot yoshlar tashkilotlari bilan bozorlarda, ko‘zga ko‘rinarli korxonalarda va boshqa jamoa joylarida, o‘smirlarning huquqbo’zarligini oldini olish maqsadida reydlar uyushtirish;
O’qimaydigan, ishlamaydigan o‘smirlarni topish va ishga joylashtirish yoki ularni o‘qishga qaytarish bo‘yicha chora – tadbirlarni amalga oshirishda uy xo‘jaligi qo‘mitalari hamkorligi;
Halq universitetlari ishlari shaklini o‘zgartirib turish, otalar konferentsiyalarini uyushtirish, oilaga tayyorlash savollari bo‘yicha disputlar o‘tkazish, korxonalarda doimiy ravishda pedagogik tashvikotlar olib borish;
Korxonalar va ota – onalar qo‘mitalari bilan hamkorlikda «mehnat bayrami», «bilimlar kuni», «ochiq eshiklar kuni» kabi tadbirlarni o‘tkazish;
Ta’lim – tarbiya borasida qarovsiz qolgan bolalar bilan tarbiyaviy «Kamolot» Yoshlar Ijtimoiy Harakati va uning xomiyligidagi «Kamalak» bolalar tashkilotlari hamkorligida olib borish.
Maktabda uy boshqarmasi va maishiy xizmat ko‘mitasi hamkorligi:
Ommaviy – sport ishlari musobaqalarini, eng yaxshi xovli ko‘rigini har yili o‘tkazib turish;
Yashash joyi bo‘yicha tarbiyaviy ishlarni olib borish uchun maxsus binolarni jixozlash;
Bolalar bilan ishlashni tashkil etish uchun uy-joy to‘lovlaridan 2% ni ishlatish hisobini qat’iy nazoratga olish;
Bolalar ijodiyot markazi bilan hamkorlikda o‘quvchilarning yoshi va qizikishiga qarab kucha (hovli) guruhlari tashkil etish, texnik to‘garaklar to’zish, «tarbiyasi og‘ir» o‘quvchilarni «Tabiatni ko‘riklash», «Tarixiy va arxitektura obidalarini asrang» va boshqa jamoa ishlariga jalb etish;
«Tarbiyasi og‘ir» o‘smirlarning ishlari bo‘yicha jamoa uyushmalarining harakatlarini faollashtirish;
ShXTB voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha komissiyasi orkali:
Barcha mikrohudud maktablarida o‘smirlar uyushmasini tashkil etish maqsadida bino izlash;
«Tarbiyasi og‘ir» o‘smirlarning yashash joylarida sport jamiyatlari ishlarini kengaytirishga ko‘maklashish;
Farzandlari tarbiyasidan bosh tortgan ota – onalarga ta’sir ko‘rsatish, o‘smirlarning huquqbo’zarligini oldini olish ishlarini doimiy ravishda voyaga yetmaganlar ishi buyicha inspektsiyalar hamda pedagoglar jamoasi bilan hamkorlikdagi olib borish.
Do'stlaringiz bilan baham: |