Termiz Davlat Universiteti
Informatika o`qitish metodikasi Axborot
Texnologiyalari fakulteti
MUSTAQIL ISH
M avzu: Internet tarmog’i himoyasini tashkil etish
Fan nomi: Axborot xavfsizligi
Guruhi va kursi: 301-III
Bajardi: Abdusattorov Hojiakbar
Tekshirdi: Amirkulov.Ch.J
Reja: 1. Internetda ruxsatsiz kirish usullarining tasnifi 2.Tarmoqlararo ekran va uning vazifalari.
Global tarmoqlardan foydalanish bu faqatgina «qiziqarli» axborotlarni izlash emas, balki tijorat maqsadida va boshqa ahamiyatga molik ishlarni bajarishdan iborat. Bunday faoliyat vaqtida axborotlarni himoyalash vositalarining yo’qligi tufayli ko‘plab talofotlarga duch kelish mumkin.
H ar qanday tashkilot Intenetga ulanganidan so’ng, xosil bo’ladigan quyidagi muammolarni xal etishlari shart:
• tashkilotning kompyuter tizimini xakerlar tomonidan buzilishi:
• Internet orqali junatilgan ma’lumotlarning yovuz niyatli shaxslar tomonidan o‘qib olinishi;
• tashkilot faoliyatiga zarar yetkazilishi.
-1969 yili shu tariqa barchaharbiysuperkompyuter, ilmiy tekshirish va boshqaruv kompyuterlar ulandi. Bu tarmoq ARPANET tarmog’i deb nomlanadi.
-70-yillarda ma’lum bo’ldiki, asosiy xabarlar oqimini pochta va yangiliklar tashkil qilar ekan. Bu elektron pochta sistemasi va telekonferensiyalar sistemalarini yaratishga olib keldi.
1986 yilda AQShning barcha yirik ilmiy va o’quv markazlari NASA, Salomatlik Milliy instituti va boshqalar yagona tarmoqqa ulandi. Shuning uchun ham 1986 yilni Internet tug’ilgan yili deb qabul qilindi.
Ma’lumki internet tarmoqlararo informatsiyalar almashuvini ta’minlovchi magistraldir. Uning yordamida dunyo bilimlar manbaiga kirish, qisqa vaqt ichida ko‘plab ma’lumotlarni yig‘ish, ishlab chiqarishni va uning texnik vositalarini masofadan turib boshqarish mumkin.
Shu bilan bir qatorda internetning ushbu imkoniyatlaridan foydalanib, tarmoqdagi begona kompyuterlarni boshqarish, ularning ma’lumotlar ba’zasiga kirish, nusxa ko‘chirish, g‘arazlik maqsadda turli xil viruslar tarqatish kabi noqonuniy ishlarni amalga oshirish mumkin
I nternetda mavjud bo‘lgan ushbu xavf, informatsion xavfsizlik muammolari bevosita tarmoqning xususiyatlaridan kelib chiqadi. Shu kabi xolatlarning oldini olish maqsadida hozirgi kunda Web- serverlar kirish xuquqini foydalanuvchi cheklash.
Tizim administratori tomonidan kompyuterning u yoki bu IP – adresli sahifalariga kirish xuquqini cheklash, bunday xuquqlarni faqat ma’lum kompyuterlar va ma’lum foydalanuvchilar uchungina berish yo‘li bilan xavfsizlik muammolari xal etilmoqda.
Internet foydalanuvchisi, ushbu xavflarni oldini olish quyidagi tamoyil, ya’ni texnik yechim va tashkiliy ishlarni amalga oshirishi zarur:
1. Shaxsiy kompyuterga va maxalliy kompyuter tarmog’iga, hamda unda mavjud bo‘lgan informatsion resurslarga tashqaridan, internet orqali kirishni cheklovchi va ushbu jarayonni nazorat qilish imkonini beruvchi texnik va programmaviy usullardan foydalanish;
2. Tarmoqdagi informatsion muloqot ishtirokchilari va ular uzatayotgan ma’lumotlarni asl nusxasiga mosligini tekshirish;
3 . Ma’lumotlarni uzatish va qabul qilishda kriptografiya usullaridan foydalanish;
4. Viruslarga qarshi nazoratchi programmalardan foydalanish, ularni o‘z vaqtida yangilab turish;
5. Shaxsiy kompyuter va mahalliy kompyuter tarmog‘iga begona shaxslarni qo‘ymaslik va ularda mavjud bo‘lgan malumotlardan nusxa olish imkoniyatlarini cheklovchi tashkiliy ishlarni amalga oshirish.
Bundan tashqari informatsion xavfsizlikni ta’minlash borasida internet foydalanuvchilari orasida rasmiy ravishda o‘rnatilmagan quyidagi ehtiyot choralari mavjuddir:
1.Hech qachon hech kimga internetdagi o‘z shartli nomingiz va parolingizni aytmang;
2.Hech qachon hech kimga o‘zingiz va oila a’zolaringiz xaqidagi shaxsiy, hamda ishxonangizga oid ma’lumotlarni (Ismi Sharifingiz, Uy adresingiz, Bankdagi hisob raqamingiz, Ish joyingiz va uning xodimlari xaqidagi ma’lumotlarni va xokazo) avvalasi aytmang, mabodo aytish juda zarur bo‘lsa uni internet orqali yubormang;
3. Elektron adresingizdan (e-mail) maqsadli foydalaning, Internet orqali programmalar (faol dasturlar ) almashmang;
Internetda tarqatilayotgan duch kelgan programmalardan foydalanmang. Programmalarni faqat ishonchli, egasi ma’lum bo‘lgan serverlardan ko‘chiring.
Elektron pochta orqali yuborilgan “aktiv ob’ektlar” va programmalarni ishlatmang, .exe qo‘shimchali o‘z-o‘zidan ochiluvchi sizga noma’lum arxiv xolidagi materiallarni ochmang;
Elektron pochta xizmatidan foydalanayotganingizda maxfiy ma’lumotlarni shifrlash zaruriyatini unutmang, ya’ni kriptografiya usullaridan albatta foydalaning;
Egasi siz uchun noma’lum bo‘lgan xatlarni iloji boricha mufassal tekshiruvsiz ochmang;
Egasi ma’lum bo‘lgan va uning sifatiga kafolat beriladigan antivirus programmalaridan foydalaning va ularni muntazam yangilab boring;
Internetda mavjud bo‘lgan informatsion resurslar va programmalardan ularning avtorlari ruxsatisiz foydalanmang bu jinoyatdir;
Do'stlaringiz bilan baham: |