Указания к выполнению курсовых работ


 KURS ISHI – TALABALAR MUSTAQIL



Download 1,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/20
Sana30.10.2022
Hajmi1,75 Mb.
#858589
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
2014A.Abdirashidov (1)

 
1. KURS ISHI – TALABALAR MUSTAQIL
TA’LIM FAOLIYATINI PEDAGOGIK
BOSHQARISHNING BIR TURI 
Kurs ishi o‘quv-uslubiy majmuaning bir qismi bo‘lib, 
uning mustaqil ishlar bo‘limini to‘ldiradi. Shunday ekan, 
ta’limda zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalar tal-
abiga ko‘ra, umumo‘quv ko‘nikma va malakalarga ega bo‘lish 
- talabalarning mustaqil faoliyatlarining asosi deyilgan. 
Shuning uchun zamonaviy ta’lim texnologiyalarini amalga 
oshirish sharoitida talaba kurs ishini bajarish bilan quyidagi
 
umum-o‘quv (har qanday o‘quv fanini muvaffaqiyatli 
o‘zlashtirishi uchun zarur bo‘lgan) ko‘nikma va malakalarga 
ega bo‘lishi kerak: 
1) ma’lumot bilan mustaqil ishlash: asosiy holatlarni 
aniq, chizmaviy va izchillikda konspekt ko‘rinishida qayd 
etish; kurs ishi topshiriq va vazifalarini yechish uchun zarur 
bo‘lgan axborotlarni topishi, tanishi, tushunishi, tanqidiy 
baholashi, uni yig‘ish va hisobotda, shuningdek, grafikli tashkil 
etuvchilar ko‘rinishida taqdim etishi; berilgan talablarga 
muvofiqlikda o‘zining shaxsiy ilmiy matnini (masalan, maqola, 
tezis, hisobot) yaratishi; 
2) taqdim etish malakalari: kurs ishi topshirig‘ini bajarish 
natijalari bo‘yicha himoyada so‘zlayotganda o‘zini dadil 
tutishi, turli ko‘rgazmali vositalardan foydalanishi; 
3) o‘qituvchi bilan talabaning o‘quv o‘zaro harakatini 
yanada jonlantirish, o‘z nuqtai nazarini himoya qilish va 
murosa yo‘lini topish, suhbatga kirishish, haqqoniy savollar 



berish, daliliy javoblar berish, kurs ishi himoyasida munozara 
qoidalariga rioya etib uni olib borish, tortishuvlarda ishtirok 
etishning
 
muloqotlashuv malakalari; 
4

yakka tartibli va quruhli o‘zaro harakatga tayyorligi va 
qobiliyatida – kurs ishi topshirig‘ini bajarish bo‘yicha 
hamkorlik faoliyatini jamoaviy rejalashda, umumiy vazifani 
yechishda hamkoriy muloqot va o‘zaro harakat, o‘zaro yordam 
va o‘zaro baholashda namoyon bo‘ladigan
 
hamkorlikda ishlash 
malakalari; 
5) muammoli masalani yechishni ta’minlovchi muam-
moli vazifalarni tahlil qilish, kurs ishi topshirig‘ini yechishning 
oddiy bo‘lmagan yo‘llarini topish, g‘oyalarni ishlab chiqish va 
xulosalarni qabul qilish malakalari; 
6) axborot izlash, yig‘ish, qayta ishlash va saqlash uchun 
zamonaviy kompyuter va axborot texnologiyalarini qo‘llash-
ning amaliy malakalari. Biroq bularga talabani o‘rgatish kerak! 
Talabalarning mustaqil o‘quv faoliyatlari sifatining oshi-
shi va jadallashuvi ta’lim berish sifatini, shunga mos ravishda, 
mutaxassislar tayyorlash natijalarini ham aniqlab beradi. 
Modomiki talaba ta’lim tizimiga subyekt sifatida kirsa, 
unda boshidan uning qobiliyati mustaqil, ongli va maqsadli 
harakat 
qilishini 
nazarda 
tutadi: 
o‘zining harakatini 
rejalashtirish - o‘z maqsadini tanlash, ularga erishishning yo‘l 
va vositalarini aniqlash; berilgan topshiriqlarni yechish uchun 
o‘z imkoniyatlarini birlashtirish-tashkillashtirish; o‘z faoliya-
tini nazorat qilishi va mos ravishda o‘zining keyingi 
harakatlarini o‘zi nazorat qilishi lozim. 
Talaba tomonidan mustaqil ishni (xususan, kurs ishini) 
bajarishda ularning faoliyati tizimida ko‘rsatilgan har bir 
elementlarni muvaffaqiyatli rejalashtirish; tashkillashtirish; 
monitoring va baholash zarur. 
Shundan so‘ng o‘qituvchi tomonidan quyidagi qoidalar 
amalga oshiriladi:




talaba nafaqat kurs ishi topshirig‘ining maqsadini, balki 
uning yakunida taxminan qanday o‘quv natijalarga erishishi 
mumkinligini ham bilishi zarur; 

kurs ishi natijalariga erishish yo‘llari ko‘rsatilganda - 
berilgan ishga aloqador ma’lum bo‘lgan usul yoki texnikani 
o‘rganish va uni shunga qo‘llashni yoki ishlar tartibi bo‘yicha 
batafsil yo‘riqnoma yoki ko‘rsatmani aytib berish mumkin; 

talaba kurs ishi topshirig‘ini baholashning sifat va 
miqdoriy mezonlari bilan tanishtirilgan bo‘lishi zarur. 

Download 1,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish