Указания к выполнению курсовых работ



Download 1,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/20
Sana30.10.2022
Hajmi1,75 Mb.
#858589
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
2014A.Abdirashidov (1)

2. KURS ISHINI BAJARISHNING
UMUMIY TALABLARI 
 
Kurs ishi o‘quv rejaga ko‘ra 6-semestrga mo‘ljallangan 
bo‘lib, bu topshiriq shu semester boshida beriladi. 
Kurs ishiga rahbar kafedra tomonidan tayinlanadi. Kurs 
ishi mavzusini ilmiy rahbari taklif etadi, u topshiriq varaqasini 
tuzadi. Kurs ishining mavzusi va topshiriqlari kafedra majlisida 
tasdiqlanadi.
Talaba bu fan bo‘yicha, avvalo, kurs ishi mavzusini 1-
ilovada ko‘rsatilgan topshiriq varaqadagi tartibda qabul qiladi. 
Bunda talabaning ismi, familiyasi, guruhi, kursi, kurs ishi 
mavzusi, shu mavzu yuzasidan adabiyotlar, ishni bajarish 
bosqichlari va ularni bajarish muddatlari ko‘rsatiladi. Kurs ishi 
topshirig‘iga fan o‘qituvchisi (rahbari) va talaba imzo chekadi, 
bu varaq kurs ishi qo‘lyozmasining dastlabki varag‘i 
hisoblanadi. U ikki nusxada tuzilib, bir nusxasi talabaga 
beriladi, ikkinchisi kafedrada qoldiriladi. 
Kurs ishi ilmiy rahbari talabaga davomiy konsultatsiyalar 
va 
ilmiy-uslubiy 
ko‘mak beradi, ish bosqichlarining 
bajarilishini, 
kurs 
ishining 
mazmuni 
va 
hisobotning 
tayyorlanish sifatini nazorat qiladi. 
Kurs ishi matni Oliy ta’lim hujjatlarining «Matnli 
hujjatlarni tayorlashning umumiy talablari» bandidan kelin 
chiqib yoziladi. 



Kurs ishi matnini A4 o‘lchamli jurnal (daftar) ko‘rini-
shida tayorlash va uning dastlabki sahifasini namunada 
ko‘rsatilgandek (2-ilova) zichroq qog‘ozdan tayorlangan 
sahifaga yozgan ma’qul. Kurs ishi matni Microsoft Word – 
matn muharririda 14 pt shriftda 1,5 intervalda teriladi va pechat 
qilinadi, zarur bo‘lgan A4 o‘lchamli oq qog‘ozning o‘lchamlari 
chapdan 25 mm, o‘ngdan 15 mm, yuqori va pastdan 20 mm 
bo‘sh joy qoldiriladi. Ishning kompyuterda terilgan matni 
ishning tuzilishiga qarab bo‘limlarga bo‘linadi. Yozuvdagi 
formulalar Microsoft Equation – formulalar redaktorida aniq va 
tushunarli yozilishi, zarur hollarda belgilanishi lozim. Ishda 
foydalanilgan 
adabiyotlar 
va 
formulalarni 
birlamchi 
manbalarga tayanib keltirish kerak. Yozuv oxirida adabiyotlar 
ro‘yxatini mualliflar ismi sharifi, adabiyotlar nomi, nashr joyi 
va yili, nashriyot va sahifalar soni bilan keltirilishi lozim. 
Ishning hajmi 10 betdan kam bo‘lmasligi zarur. Kurs ishi 
sahifalanadi, dastlabki sahifaga nomer qo‘yilmaydi. 
Ishning shakllar qismini keltirishda ham yuqorida 
ta’kidlangan o‘lchamlarga rioya qilgan holda masshtabni 
tanlash va o‘lchovlar qiymati (masalan, o‘zgaruvchan ta’sir 
kuchlari, epyuralar, deformatsiyalar, ko‘chishlar va boshqa) 
o‘lchamlarni o‘rniga qo‘yish bilan shakllar chiziladi. Shakllarni 
chizishda standart dasturlardan foydalanish maqsadga muvofiq. 
Kurs ishini bajarish jarayonida quyidagi uslubiy 
xarakterga ega qoidalarni e’tiborga olish maqsadga muvofiq: 
masalaning qo‘yilishini qisqacha yozish, bunda berilgan 
ma’lumotlarning hammasini yagona birliklar sitemasiga 
o‘tkazish, lozim bo‘lganda ba’zi spravochnik o‘zgarmaslarini 
kiritish; masalani yechish jarayonida qo‘llaniladigan barcha 
zaruriy qonuniyatlarni o‘zida aks ettiruvchi noma’lum 
miqdorlarni izlashning mantiqiy yo‘llarini topgan holda 
masalani tahlil qilish; masala shartining grafik tasvirini 
(eskizini) chiza bilish; masalani yechishning ketma-ketligini 
izohlashlar bilan bajara olish; o‘lchamlarni tekshira olish, 



berilgan ma’lumotlardan to‘la foydalana olish, yechimning 
ishonchliligini baholay olish; masalaning yechimini yetarlicha 
aniqlik bilan hisoblay bilish; olingan sonli natijalarning 
mantiqiy maqsadini baholay bilish va ulardan zaruriy xulosalar 
chiqara bilish. 
Kurs ishining natijalari hisobot tarzida yoziladi. Kurs 
ishining hisoboti quyidagilarni o‘z ichiga olishi lozim: titul 
varag‘i; topshiriq varag‘i; kirish; asosiy qism; xulosa; 
foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati; ilova. Asosiy qismda esa: 
masalaning qo‘yilishi va matematik modelning tavsifi; 
hisoblash matematikasi usullarining zaruriy qisqacha nazariy 
ma’lumoti; hisoblash matematikasi usullarining qo‘llanilishini 
tavsiflovchi algoritm, blok-sxema va dastur matni; topshiriq 
misoli yechimi va olingan natijalar tahlili. 
Kirish qismida kurs ishi mavzusining dolzarbligi, maqsad 
va vazifasi, mavzuga oid asosiy adabiyotlar tahlili, yechish 
usulining tanlanish sababi, ishning umumiy xususiyatlari, 
ahamiyati va qisqacha mazmuni yoritiladi. Asosiy adabiyotlar 
tahlili talabaning maxsus adabiyotlar bilan tanishganligini, 
manbalarni tartiblashtira olishini, boshqa tadqiqotchilar olib 
borgan ishlarning mazmun va mohiyatini anglay bilishini, 
muammoning qanchalik zamonaviy, muhim va amaliy 
ahamiyatini ajrata olishini ko‘rsatishi lozim. Bu tahlilga faqat 
mavzuga oid va talabaning shaxsan o‘zi tanishib chiqqan 
adabiyotlar kiritilishi zarur. 
Kurs ishining asosiy qismi bob, paragraph, band va qism 
bandlarga ajratiladi, bunda masalaning qo‘yilishi, mazmuni, 
masalani yechish uslubiyati, alohida olingan natijalar matn, 
formula va sonli ma‘lumotlar, jadval va grafiklar tarzida bayon 
qilinadi. Bunday bo‘linishda har bir bob yoki paragraph 
mazmunan va mantiqan tugallangan, keyingilari avvalgisi bilan 
izchil bog‘langan, yakunda esa qo‘yilgan maqsadga erishish 
ta’minlagan bo‘lishi zarur. 


10 
Maqsadni amalga oshirishni ta’minlovchi masalaning 
qo‘yilishida amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan aniq masala 
(hodisa va jarayon)ning fizik va matematik tafsiloti, topshiriq 
varianti bayon qilinadi. Masalaning qo‘yilishi «o‘rganish», 
«tavsiflash», «ishlab chiqish», «aniqlashtirish», «formulalarni 
chiqarish», «munosabatlarni o‘rnatish» kabi tushunchalar 
orqali berilishi tavsiya etiladi.
Masalani yechish bosqichlari bayoni kurs ishining umu-
miy tuzilmasini yoritib berishi kerak. Masalani sonli yechish 
usullarining nazariy ma’lumoti bayon qilinadi. Masalani sonli 
yechish 
algoritmida 
hisoblash 
usuli 
(usullari), 
uning 
qo‘llanilishi, ustivorligi, va aniqligi hamda qo‘yilgan masalaga 
shu usul (usullar)ning tadbiqi, taqqoslashlar yoritiladi.
Sonli yechim natijalari va ularning tahlilida boshlang‘ich 
qiymatlarni tayorlash, hisob natijalarining grafik yoki jadval 
ifodalari, har bir shakl va jadvalgagi natijalar tahlili, 
taqqoslashlar hamda natijalarning ustivorligi keltiriladi. Grafik 
va jadvallar nomerlanadi va nomlanadi. Grafiklarni grafik 
redaktorlari yoki matematik va statistik paketlar yordamida 
chizish, jadvallarni esa bevosita matn muharririda terish yoki 
dastur natijasidan olib qo‘yish mumkin. 
Xulosada olingan natijalarning ilmiy-amaliy ahamiyati va 
tadbiq sohalari haqida so‘z yuritiladi, amaliy tavsiyalar beriladi
.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati alfavit-xronologik 
ketma-ketlikda tartiblanib, axborot manbalarining bibliografik 
ro‘yxatini ifodalaydi, unda: muallif, manba nomi, nashriyot, yil 
va sahifa soni ko‘rsatiladi. Unda Internet manbalari ham 
ko‘rsatilishi mumkin. 
Kurs ishi ilovasi ishning oxirida qo‘yilib, unda bajarilgan 
ish algoritmini (blok-sxema tarzida), dastur matnini, sonli 
hisob natijalari jadvalini, qisqartma ma’lumotlarni, shartli 
belgilarni va boshqa ma’lumotlarni keltirish mumkin. 
Kurs ishi topshirig‘ini bajarishdan kutiladigan natijalar: 
mavzular yuzasidan bilimlarni tizimlashtirish va mustahkam-


11 
lash; amaliy masalalarni yechishda nazariy tushunchalardan 
foydalana bilish; masalani yechishning to‘g‘ri usulini tanlay 
bilish; masalani mustaqil yechish ko‘nikmasini hosil qilish; 
masalaning yechimini mustaqil tahlil qila bilish. 
Hisobot bilan birgalikda uning matni (*.doc formatda) va 
dasturi (*.pas, *.for, *.cpp va boshqa hamda *.exe formatda) 
yozilgan CD disk ham topshiriladi.

Download 1,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish