Udk 800 mahkamova (sodiqova) sayyora saida zunnunova ijodining o’ziga xosligi


III.2. DAVR MUAMMOLARINING QISSALARDAGI TASVIRI



Download 3,82 Mb.
bet22/24
Sana16.06.2022
Hajmi3,82 Mb.
#677721
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24
Bog'liq
Saida-Zunnunova

III.2. DAVR MUAMMOLARINING QISSALARDAGI TASVIRI

Badiiy adabiyot inson ruhiyatining turli olamlarini tasvir etuvchi oynadir. Badiiy asar orqali kitobxon o’z qalbi, shuuri, his-tuyg’ulari, hayoti, quvonch va iztiroblariga, muammolariga javob oladi. Shuning uchun badiiy asarning yashovchanligini ta’minlovchi omil uning hayotiyligi, insonparvarligi, real hodisalarni (realistik adabiyotda) tasvirlashidadir.


Shuni aytish kerakki, sho’ro davrida adabiyotimiz, adabiyotshunosligimiz benihoya darajada ijtimoiylashdi. Sho’ro davrida qizil mafkura Insonning qalbi, shaxs, ruhoniyat, ruhiy olam singari tushunchalarni adabiyotdan nari surdi. Shu bois ham mustaqillik yillarida inson ma’naviyati, ichki olami, his-tuyg’ulari va kechinmalariga e’tibor qilish, o’zlikni anglash, insonning ichki olamiga murojaat etish kuchaydi. Bu xuddi ko’p yillar otilib chiqishga tayyor turgan buloq suvining shiddati singari o’zbek nasri, she’riyati, umuman barcha sohalarida ro’y berdi. O’zbek nasrida ham falsafiy asosi jihatidan xilma-xil yo’nalishga mansub asarlar paydo bo’la boshladi.
Lirik qahramon garchi individual ijod sohibining zahmati natijasi sifatida qaralsa-da, unda nafaqat yolg’iz shaxsning, balki unga yaqin bo’lgan kishilar ruhi, o’sha ijodkor yashagan davrga xos xususiyatlar ham o’z ta’sirini ko’rsatadi. Ijod namunalarida lirik “Men”gina emas, u yashagan davrning “Biz”i yoki “ular”i, boringki, davrning asosiy voqealaridan tortib, katta-kichik muammolarigacha eks etishi mumkin. Shu jihatdan Saida Zunnunova ijodiga ramz solganda, davr dramasining aksini uning biografiyasida ham, badiiy asarlari, xotira va maqolalarida ham ko’ramiz. Demak, bu o’rinda shoiraning she’rlarigagina emas, ularga ohangdosh va mavzudosh bo’lgan ayrim nasriy asarlariga ham murojaat etish ehtiyoji tug’iladi.
Hikoya janrida qalamini qayrab olgan Saida Zunnunova yirik janrlarda ham asarlar yarata boshladi. Natijada “Yangi direktor”, “Gulxan”, “So’qmoqlar”, “Olov”, “Odamlar orasida” singari qissalar maydonga keldi. Saida Zunnunova ham boshqa yozuvchilarimiz kabi o’z asarlarida davr muammolarini, zamondoshlarining qahramonligini, orzu-istaklarini, tuyg’ularini, Vatan, xalq manfaati yo’lida xormay- tolmay ishlaganini, yuksak g’oyalar egasi ekanligini, muhim hayotiy materiallar asosida badiiy tasvirlashga harakat qilgan.
Qissa o’rta epik turga mansub janr bo’lib, u o’zining taraqqiyot tadrijiga egadir. Ma'lumki, inson fe'1-atvori ko‘p qirrali bo‘lib, odamlarning tashqi qiyofalari o‘xshamaganligi singari ularning xarakterlari ham turlicha bo‘ladi. Har qanday inson tafakkurida yaxshilik ham, yomonlik ham qorishiq holda birdek mavjud. Faqat bu ikki xususiyatning qaysi biri hayot davomida qay yo‘sinda ko‘proq rivojlanishi ijtimoiy muhitga bevosita bog'liq hodisadir.
“Yangi direktor” qissasida Saodatxon adibaning to’laqonli ijobiy timsol yaratishdagi katta yutug’idir. Asarda shahardan qishloq maktabiga ishga kelgan Saodatxonning faoliyati tasvirlanadi. Qishloq maktabining yangi direktori Saodatxon hukumat bergan haq-huquqini tushunadigan ayol. U eskilik qoldiqlariga, tushunchalarga qarshi keskin kurashuvchi, mustaqil fikrlovchi, qat’iyatli, rostgo’y, oilada mehribon rafiqa va ona, faol jamoatchidir. Asarda erkin yashayotgan erkaklar bilan teng huquqqa ega bo’lgan o’zbek ayollarining jamiyatda tutgan o’rni, ayrim kishilar ongida saqlanib qolgan eskilik sarqitlariga qarshi kurash, yangilikning g’alabasi asosiy mavzu qilib olingan.
Asarda muallif Saodatxonning maktabdagi faoliyati, eski urf-odatlarga qarshi kurashini tasvirlar ekan, erkin turmush orqali voyaga yetgan ajoyib ayol timsoli ko’z oldimizda gavdalanadi.
Asarda yangi zamonning kuch-qudrati, kishilar ongida eskilik sarqitlariga qarshi kurash Saodatxon, Nodira, Salimova, Mahbubaxon va boshqa timsollarda ko’rinadi.
“Yangi direktor” qissasida Obidov, Ahmedov va Ro’zvon timsollari ham o’quvchi xotirasida saqlanadigan darajada tasvirlangan. Ro’zvon ma’naviy qashshoq, uning xatti- harakatlari, gaplari tushunchasiga mos.
Saodatxon esa o’zining ishchanligi, oliyjanobligi, mehribonligi, oiladagi burchiga sadoqatli, jamoaga oqilona rahbarlik qilishi bilan ko’pgina yaxshi qiz-juvonlarimizning umumlashmasi bo’la olgan. Maktab Saodatxon uchun o’z oilasidek, o’quvchilar farzandlaridek sevimli. Uni har bir o’quvchining taqdiri qiziqtiradi. Maktab direktori har bir ota-ona, har bir o’quvchi, har bir o’qituvchi bilan gaplashganda ularning qalbiga yo’l topa oladi.
Saida Zunnunovaning «Gulxan» qissasida o’zbek xoti-qizlarining 20- yillardagi hayoti, xotin-qizlar ozodligi harakati, ularning ochilishi, o’sishi, yangi hayot uchun yot unsurlarga qarshi kurashlari tasvirlanadi. Yozuvchi “Gulxan” qissasida o’zbek adabiyotining asoschisi H.H.Niyoziy an’analarini davom ettiradi. H.H.Niyoziy ijodi Saida Zunnunova kamolotiga ijobiy ta’sir ko’rsatgan.
Asarni varaqlar ekanmiz, bugungi ozod hayot osonlikcha bunyodga kelmaganligini, erkin hayotga erishish yo’lida olib borilgan kurash lavhalari ko’z o’ngimizdan o’tadi.
Qissada paranji yopinib yuruvchi, oq-qoraning farqiga uncha yetmaydigan sodda Adolatning hech qo’rqmaydigan jamoatchi, o’ziga o’xshash minglarcha ayollar taqdiri uchun, ozodlik uchun kurashadigan jasur qiz darajasiga ko’tarilishi ishonarli tasvirlangan.
Adiba voqealarni tasvirlar ekan, inson ruhiyatini, uning ichki dunyosini, hatti-harakatlarini va bu holatlarning shakllanishida ijtimoiy muhit muhim rol o‘ynashini nazarda tutadi. Abu Nasr Forobiy ta'kidlaganidek, insonning insonligini ifoda etuvchi yagona mezon aql idrok, ong va tafakkur darajasi bo’lsa, ularning mohiyatini ochib beruvchi, miqyos va ko‘lamiga baho beruvchi bosh mezon hatti-harakat, hayotga va atrof-muhitga munosabatdir. Inson o‘zining insonligini muhit ta'sirida namoyon etadi. Darhaqiqat, badiiy adabiyotda muhit inson xarakterini ochib berishda muhim rol o‘ynaydi. Chunki har qanday holat va harakat inson tafakkuriga shunchaki ta'sir etib qolmay, uning voqea hodisaga qanday munosabatda ekanligining ifodasi hamdir.
Saida Zunnunovaning “Olov” qissasi o’quvchilar diqqatini o’ziga tortadi. Qissada tasvirlangan voqea ikkinchi jahon urushi yillarida bo’lib o’tadi. Adiba frontga ketgan erkaklarning o’rinlarini bosib, sabot-matonat bilan ishlayotgan jonkuyar xotin-qizlar timsolini yaratishni bu qissada asosiy maqsad qilib qo’yadi.
Adiba qissada urushning eng og’ir vaqtlarida ham o’zbek xotin-qizlarining ruhan umidsizlanmaganliklarini, dadil turib front uchun xizmat qilganliklarini, ularning ichki kechinmalarini quvonch, zavq va samimiyat bilan tarannum etadi.
Qissadagi Shirmonxon timsoli front orqasini mustahkamlash uchun sidqidildan mehnat qilgan, ko’pchilikka bosh bo’lgan, ajoyib ayollarimizning tipik vakilidir. Hakimjon frontga ketganidan keyin kolxozchilar Shirmonxonni erining o’rniga rais qilib saylashadi. Ungacha Shirmonxon brigadir bo’lib ishlab el hurmatini qozongan edi. Ularning oilasiga qishloqdagilar havas qilishardi.
Muallif Shirmonxonni katta xo’jalikning jonkuyar rahbari, oqila va vafodor ayol, mehribon ona sifatida kitobxon ko’z o’ngida gavdalantiradi. Shirmonxondagi avvalgi quvnoqlik o’rnini endi qandaydir jiddiylik egallaydi. U avval xotinlarga quvnoq yashashni o’rgatgan bo’lsa, endi sabr-toqati bilan ularga ham o’rnak, ham hamdard edi.
Barcha ayollar qatori Shirmonxon ham erini, o’g’li Farhodni frontga kuzatadi. O’g’li Farhodning frontda halok bo’lganligi to’g’risida qora xatni olganida ham, farzand dog’ini ko’rsa ham o’zini yo’qotib qo’ymadi, ruhan tushmaydi.
Shirmonxonning Vatanga muhabbati, dushmanga nafrati uning barcha ruhiy qiyinchiliklarini, og’ir musibatlarini yengadi. Mana shunday tashvishli kunlarda katta xo’jalikka rahbarlik qilishi, kolxozda kuch bo’lmagan, yigitlarning qaymog’i frontga ketgan damlarda ham ikkilanmasdan orol misol Sayhontepaga suv chiqarib, u yerdan qo’shimcha hosil olgan Shirmonxon jonkuyar rahbar, tadbirkor va oqila ayol sifatida ko’z oldimizda gavdalanadi.
Shirmonxonning vafodor ayol sifatidagi obrazi esa yo’lidan adashgan Ashurxonga qilgan nasihatlarida aks etgan:
– Ashurxon,-dedi birdaniga sensirab,-o’zingning qanaqa yo’lga tushib qolganingni bilyapsanmi, bundan keyin nima bo’laman deb hech o’ylab ko’rdingmi? Jang maydonida dushman bilan olishayotgan ering kelar, oilangga, uyingga qanday qaytishni o’ylayapsanmi? Jonini jabborga berib ishlayotgan, butun mashaqqatga chidayotgan xotinlar sha’niga dog’ tushirishga qanday ko’ngling bo’ladi? Bizni, seni qo’riqlayman deb urushga ketgan eringning sof muhabbatini toptashga qanday hadding sig’di?
Adiba asarning bosh qahramoni Shirmonxon timsolini voqealar rivojida takomillashtiradi.
“Odamlar orasida” qissasida Saida Zunnunova ikki xil toifadagi ikki xil dunyoqarashga ega bo’lgan kishilar xarakterini tasvirlaydi. Voqea tog’ bag’rida joylashgan bir qishloqda bo’lib o’tadi.
Meditsina institutini tamomlagan Vasiliy Matveevich va Vera Ivanovna olis qishloqda yashovchi mehnatkashlarga tibbiy xizmat ko’rsatish uchun kelishadi. Ularning birgina qizi bor. Vasiliy Matveevich va xotini Vera Ivanovna o’z qarmoqlariga olgan Seryojani ham tarbiyalab voyaga yetkazadilar. U o’rta maktabni tamomlab, haydovchilik kasbini egallaydi.
Seryoja Vasila ismli qizga ko’ngil qo’yadi. Biroq qiz bilan yigit ota-onalarining dunyoqarashlari ikki xil, Seryojaning otasi vrach, Vasilaning otasi Asqar dindor edi. Ular bir-birlariga oshkor dushman edilar.
Tibbiyotdan naf ko’rgan qishloq ahli bora-bora Asqar mulla dargohiga tobora kam boradigan bo’ladi. Daromadi kamaygan mullaning yildan-yilga alami orta boradi. U sakkizinchi sinfni tamomlagan, balog’atga yetmagan qizi Vasilani erga bermoqchi bo’ladi.
Qissada vrach Vasiliy Matveevich Asqar mullaga qarama-qarshi qo’yilib, oliyjanob kishilarga g’amxo’rlik, davlat va xalq manfaatini o’z shaxsiy manfaatlaridan ustun qo’yadigan ajoyib shaxs sifatida tasvirlanadi.
Saida Zunnunovaning nasriy asarlari turmushimizdagi muhim masalalarni qamrab olishi, yodda qoladigan timsollari bilan ajralib turadi.
Saida Zunnunova she’riyatiga sig’magan tashnalik va haqiqatparastlik uning nasriy asarlarida ham namoyon bo’ladi. Adibaning rostgo’y shaxsiyati u yaratgan hikoya va qissalarning personajlari tabiatiga ko’chdi. Ayniqsa, “So’qmoqlar” qissasi o’z davri hayoti muammolarini ro’y-rost yoritib bergan asardir. Qissa adibaning davr voqeligiga, ijtimoiy-siyosiy hayotga faol munosabati, undagi ziddiyatlarni teran idrok eta olganligi mahsuli. Asarda muallif e’tiborni asosan ikki masalaga qaratadi: birinchisi, mavjud ijtimoiy tuzumning majburiy ravishda tatbiq etayotgan siyosati va uning ayanchli oqibatlarini o’zbek ayollari hayoti misolida yoritish bo’lsa; ikkinchisi ildiz otgan ko’zbo’yamachilik, poraxo’rlik, loqaydlik, o’z vazifasini suiste’mol qilish kabi illatlarni keskin qoralash, har qadamda uchrab turuvchi bu illatlarni fosh etishdan iborat edi. Adiba qahramonlarini keskin kurashlar asosida ko’rsatmoqchi bo’lib, jamiyatning asl basharasini ochib tashlaydi.
Qissada Sharq xalqlariga xos bo’lgan ayollik sha’ni, qadr-qimmati toptalayotgani, uning oqibatlari sifatida hayotda ro’y berayotgan fojealar ta’sirchan bo’yoqlarda berilgan. Yagona sho’ro xalqini yaratish siyosati qat’iy yurgizilayotgan davrda millatning qadriyatlari, urf-odatlari, ming yillar davomida shakllangan axloqiy mezonlari yo’qolib borayotganidan xavotirini yashirmay dadil yozish Saida Zunnunovaning ijodiy jasoratidan darak beradi.
Asarning “So’qmoqlar” deb nomlanishida ham ramziy ma’no bor. So’qmoqlar-hayotdagi adashishlar, bilib-bilmay xatolarga yo’l qo’yishlar. Lekin ana shu so’qmoqlardan o’tmasdan katta yo’lga chiqib bo’lmaydi. Insonga so’qmoqlardan o’tishga ko’maklashish esa uning katta yo’lga tezroq tushib olishiga yordam beradi.
O’z davrida qissa haqida bildirilgan tanqidiy fikrlarni tahlil qilib, asarning keskin tanqidga uchrashiga badiiylik talablariga javob bera olmagan emas, balki unda o’sha davrda aytish va yozish mumkin bo’lmagan hayotiy haqiqatlarning ochiq-oydin yoritilgani sabab bo’lgan.
Qissada bir necha kishilarning taqdirlari, hayot tashvishlari o’zanidagi o’zaro ziddiyatlari, yoshlarning axloqi, insonning o’z kasbiga bo’lgan hurmati, paxta kompaniyasi, maishiy buzuqlik va to’g’rilik, ko’zbo’yamachilik, tibbiy yordam, haqiqatga sadoqat, ayollar sha’ni, millat g’ururi kabi juda ko’plab dolzarb masalalar yoritiladi.
Yozuvchi asarni o’z an’anaviy uslubiga ko’ra kuz tasviridan boshlagan: “Kuz. Odatda, shahar ichida bahorning ham, kuzning ham tabiiy go’zalligi u qadar sezilmaydi. Chunki bu yerda hamma narsalar – daraxtlar ham, gullar ham, ariqlar ham pardozlangan, tartibga keltirilgan. Bu yerda xohlagan tomonga o’rmalagan jilg’alarni, juda nozik va latifligiga qaramasdan toshlar ichidan o’ziga yo’l topib chiqqan yovvoyi gullarni ko’rmaganingizdek, kuzning ham atlas jamolini borligicha tomosha qilib bo’lmaydi. Ayniqsa, ko’p umrini qishloqda o’tkazgan odamga bu narsa juda bilinadi”31.
Asarning ushbu ekspozitsiyasidan kitobxon voqealar shaharda bo’lib o’tishini anglaydi. Bundan tashqari qishloq va shaharning o’zaro taqqoslanishida ham qandaydir tagma’no borki, yozuvchining qishloqdagi hayotning ayrim qirralarini ma’qullashi seziladi. Tabiat tasviridan keyin berilgan o’rinda bosh qahramon Egamovning ruhiy holatidan ham uning ilgari qishloqda yashaganligini tushunish mumkin. Yoxud Egamovning tabiatni bor holicha ko’rish istagi uning qalbi samimiy va sajiyasida tabiiylik borligini anglash mumkin.
Qissaning bosh qahramonlaridan Egamov jurnalist bo’lib, u ko’pincha komandirovkalarda yuradi. Uning rafiqasi Aziza shifokor-ginekolog. Ikkalasi ham uyda kam bo’lishadi. Ularning boqib olgan qizlari Ra’no va uch yoshli qizchalari Nargis bor.
Yozuvchi Ra’no misolida yoshlarning tarbiyasi, axloqi masalasi jiddiy ekanligiga urg’u bergan. Ra’no institut talabasi, ayni balog’atga yetgan vaqt. Unga oilada mehr-muhabbat, e’tibor berilgan bo’lsa-da, yoshlikning orzu-havas ko’chasiga kirib adashib yuradi. Tolib ismli yigit uning ko’nglini ola boshlaydi. Tolib uylanmagan, lekin bir artist ayol bilan aylanishgan yigit bo’lib, Ra’noning ortidan yura boshlaydi.
Qissada maishiy buzuqlik ko’chasiga kirgan yigitning achinarli taqdiri, jamiyatdagi yoshlar axloqi masalasi ko’tarilgan. Tolibning yomon axloqidan o’z onasi, oila a’zolari ruhan, ma’nan jabr ko’radilar. Tolibning noto’g’ri qadam bosishi nafaqat o’z taqdiriga, balki oila a’zolari va Ra’nolarning oilasiga ham salbiy ta’sir qiladi.
Axloqsizlik illatining oilalarga ta’siri, oilalarni parokanda qilishi, otani onadan, onani farzanddan ayirishi kabilarni yozuvchi ko’rsatib beradi.
Egamovning chin, halol inson ekanligi uning Ra’noning tarbiyasiga e’tibor berishida ko’rinadi. U paxta terimiga ketgan Ra’noning oldiga borganda qizning guruhdan ajralib, ikki o’rtog’i bilan alohida joyda turganini va Tolibning ulardan xabar olayotganini ko’rib jahli chiqadi. Ra’noning tezda qolganlar turgan joyga ko’chib o’tishini talab qiladi.
Egamov bilan birga ishlaydigan hamkasbi Nurmatovning g’alamisliklariga ham u murosasiz qaraydi. Ayniqsa, ta’magirlikni kasb qilib olgan muxbir Obidovning barcha kirdikorlarini kuzatib yuradi va uni fosh etadi.
Turmushda meshchanlik kayfiyatiga berilgan oilalar masalasi ham qissada yoritilgan. Ra’noning Tolibga bo’lgan ko’r-ko’rona sevgisiga ota-onasi qarshi bo’lgach, u o’rtog’i Iqbollarnikida yashaydi. Bu uyda Egamovlarning uyidagi muhitning tamoman aksi. Iqbolning otasi ilmli kishi, biroq oila bilan umuman ishi yo’q. Kabinetida ishlagani ishlagan. Iqbolning onasi Kimyoxon ertadan kechgacha bekorchi, erining pullarini ziyofatlarga, kiyim-kechaklarga sarflaydi. Bu oilada hamma narsa mo’l-ko’l, biroq hamjihatlik, ahillik, totuvlik yo’q. Ra’noning bu uyda yuragi siqiladi. Tolib ham u bilan uchrashuvga kelmay qo’yadi.
Ra’no o’rtog’ining onasi Kimyo bilan boqib olgan onasi Azizani qiyoslarkan, o’z ishidan pushaymon bo’ladi.
Aziza tug’ruqxonada ishlarkan, u ayollarning tug’ruq vaqtida erkak ginekologlar, amaliyotchi talabalarning ishtirokiga qarshi bo’ladi. Butun tug’ruqxonada Aziza haqida gap-so’zlar yuradi, unga qarshiliklar bo’ladi, hatto xayfsan ham beriladi. Lekin Aziza bularga parvo qilmaydi, balki ayolning sha’ni, qadr-qimmati, inon-ixtiyoriga e’tibor qiladi. Majlislarda qo’rqmay ayollar sha’nini himoya qiladi. Ana shunday majlisdan navbatdagisida tug’ruqxonada tug’ishga Aziza tomonidan majbur olib kelingan ayol erkaklardan qochaman deb o’zini derazadan tashlab o’ladi.
Azizaning nutqida sharq ayolining axloqi masalasi jiddiy ekani, g’arb va sharq tamoman boshqa ekani ta’kidlanadi.
Asarning xotimasida Ra’no o’z uyiga qaytadi. Nurmatov o’zining xatolari uchun Egamovdan kechirim so’raydi. Asarning yechimi sifatida quyidagi o’rinlarni keltirish mumkin: “Egamov hozir ana shularni bir-bir ko’z oldiga keltirar ekan, yana beixtiyor ertaning katta yo’liga tomon hayotning turli xil so’qmoqlaridan yurib, ba’zan turtilib, ba’zan yugurib kelayotgan kishilar haqida o’ylardi. Tolibga, Ra’noning dadasiga, Egamberdi akaga, soxta muxbirga o’xshagan odamlar bo’lmasaydi, bu so’qmoqlar ham bo’lmas edi. Bu so’qmoqlardan o’tmasdan, uni tekislamasdan turib, katta yo’lga chiqib bo’lmaydi”32.
“So’qmoqlar” qissasida bugungi kunimizda ham muhim bo’lgan ijtimoiy, maishiy, axloqiy masalalar ko’tarilganki, asarning tarbiyaviy ahamiyati kattadir.
Xulosa qilib aytganda, Saida Zunnunova qissalari o’z davri uchun dolzarb bo’lgan mavzularda bitilgan. Ularning tarixiy va adabiy ahamiyati zarracha kamaygan emas. Qissalarda xalq turmushi, muammolari ro’y-rost tasvirlangan.


Download 3,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish