Birinchidan, O’zbekistonda avtomobil sanoati barpo etish uchun katta
investitsiya yuqori texnologiya va malakali kadrlar tayyorlashni talab qilinar edi;
Ikkinchidan, avtomobil ishlab chiqarish uchun iqtisodchilar ta’biri bilan
aytganda, doimo o’zaro o’rnini bosuvchi tovar ishlab chiqaruvchi holat mavjud
bo’lish lozim edi;
Uchinchidan, xom ashyo mahsulotlari, ehtiyot qismlar yetkazib
beruvchilarni, ya’ni ta’minlovchilarning avtomobil biznesiga ta’siri katta
bo’lganligi uchun ular ishonchini qozonmoq kerak edi.
O’zbekiston avtomobil industriyasi ana shu muhim masalalarni hal etishga
qodir ekanligini amalda ko’rsatdi.
Mamlakatda avtomobilsozlikning rivojlanishi milliy va mintaqaviy
iqtisodiyot tarkibida ishlab chiqarish geografiyasida tub o’zgarishlarga olib keldi.
Sababi avtomobil ishlab chiqarish uchun u bilan hamkor qiladigan
konperatsiyadagi turli xil asbob-uskunalar, detallar, avtomobil extiyot qismlari va
kompyuterlar yetkazib beruvchi turdosh korxonalar bunyod etilmoqda. Bundan
tashqari metall, rezina, texnika, plastmassa va lak buyoq mahsulotlari ishlab
chiqarishni tashkil qilish zarurati tug’ildi. Natijada nafaqat korxona iqtisodiy
rayonida balki butun O’zbekiston sanoati tarkibida va uning joylashishida jiddiy
o’zgarishlar yuzaga keldi. Bugungi kun avtomobilsozlik sanoati uchun xos bo’lgan
avtomobillarga xizmat ko’rsatuvchi servis xizmatlari, madanist-mashinist, yoqilg’i
va moylash shahobchalari, sog’liqni saqlash, reklama marketing va menejmentlik
byurolari tashkil etilmoqda.
Birgina avtomobilsozlikning rivojlantirish natijasida mashinasozlikning
boshqa tarmoqlari metallurgiya, kimyo, elektronika, xizmat ko’rsatish sohalari,
ijtimoiy infrastruktura rivojlanishiga hamda mahalliy millat vakillari ichida yuksak
malakali kadrlarni orttirishga olib keladi. Bu o’z navbatida xalq xo’jaligining
boshqa tarmoqlari majmuasi rivojlanishiga katta turtki bo’ladi.
SHunga ko’ra avtomobilsozlik milliy iqtisodiyotning asosiy tarmoqlari:
neftni qayta ishlash, kimyo, energetika, mashinasozlik va metallga ishlov berish,
qurilish, transport tarmoqlari va rangli metallurgiya o’sishining samarali
harakatlantiruvchi kuchiga aylanishi mumkin. Avtomobil sanoatining strategik
ahamiyati faqat to’g’ridan-to’g’ri samaradan iborat bo’lib qolmay, balki
iqtisodiyotning o’sishiga va tarkibiy qayta o’zgartirishlarni amalga oshirishga
ko’maklashadigan bilvosita multiplikativ samara berishdan iboratdir.
Iqtisodiyotning boshqa tarmoqlari rivojlanishiga avtomobil tarmog’ining
ta’siri xorijiy mamlakatlarda O’zbekistondagiga qaraganda ancha yuqori ekanligi
ham buning uchun tegishli salohiyat mavjudligidan dalolat beradi. Avtomobil
sanoatining hozirgi sur’atlardagi izchil rivojlanishi samarasida mashinasozlik
mahsulotlariga talab multiplikatori 10 baravardan ortiq, neftni qayta ishlashda – 5
baravar, kimyo tarmog’ida – 3 baravardan ortiq, transport xizmatlarida – 20-25
foizga ko’payishi mumkin. Takliflar multiplikatori neftni qayta ishlashda – 2,2
baravar, transport xizmatlarida – 2,5 baravar, kimyo tarmog’ida deyarli – 3 baravar
ko’payishi mumkin. Ilmiy-tadqiqot, tajriba-konstruktorlik ishlari, kasb-hunar
ta’limi singari boshqa sohalarda ham talab va taklifning qiyosiy ko’payishi yuz
beradi.
Mana shular hisobga olingan holda sanoat siyosatining asosiy maqsadi –
ushbu salohiyatni ishga tushirishdan va avtomobil sanoatini ustuvor tarmoqlarning
va, tegishli ravishda butun O’zbekiston iqtisodiyoti o’sishining drayveriga
aylantirishdan iborat.
Ushbu maqsadga erishish yo’lida bugungi kunda O’zbekistonda
avtomobilsozlik klasteriga asos solindi. Mazkur klasterda Farg’ona mintaqasi
alohida ahamiyat kasb etmoqda. Hozirgi bosqichda avtomobil sanoati
avtomobilsozlik klasteri ichida korxonalar o’sishi drayveriga aylanishga muvaffaq
bo’ldi. Masalan, bugungi kunda avtomobil sanoati klasteri doirasida 200 dan ortiq
mahalliylashtiruvchi korxonalar ishlaydi, butlovchi detallarning 260 dan ortiq
yangi turlari o’zlashtirilgan, mahalliylashtirish darajasi esa yangi rusumlar
bo’yicha 50 foizdan va «Neksiya» va «Matiz» rusumlari bo’yicha 80 foizdan
ortiqdir. Barcha ustunliklariga qaramay, barcha samara avtomobil klasteri ichida
qolib ketayotganligi va boshqa tarmoqlarni rivojlantirish uchun turtki
bermayotganligi tarmoqning asosiy kamchiligi hisoblanadi.
Istiqbolda o’sish uchun avtomobil sanoati boshqa tarmoqlarga ta’sir
ko’rsatishga qodir bo’lgan va ta’sir ko’rsatayotgan samara qiziqish uyg’otadi.
Sanoat klasterining yanada o’sishi chegaralari kengaymoqda va klasterning o’zi
salmoqliroq rol o’ynamoqda.
Uning rivojlanishi sanoatning ustuvor tarmoqlariga va keyinchalik mamlakat
iqtisodiyotiga qudratli turki beradi. Malakaliroq mehnatga talab kuchayadi va bu
kasb-hunar ta’limidagi o’zgarishlarga olib keladi. Yarim tayyor sanoat
mahsulotlarining yangi turlarini ishlab chiqarishni mustaqil rivojlantirishga zamin
yaratildi.
Ayni paytda xorijiy investitsiyalar samarasida vujudga kelgan va bugungi
kunda tobora mukammal darajada namoyon bo’lib borayotgan milliy
avtomobilsozlik sanoati klasterini yanada rivojlantirish, mamlakat mintaqalari
o’rtasida koopertsion aloqalarni rivojlantirish, yagona xo’jalik tizimini
mukammallashtirish quyidagi chora-tadbirlarni ko’rish zarur:
1. Avtomobil klasteri ichida korxonalarning tegishli sonini va tegishlicha
ishlab chiqarish hajmini ko’paytirish zarur. 2020 yilgacha mamlakat
iqtisodiyotining asosiy tarmoqlarini rivojlantirishning maqsadli yo’nalishlaridan
kelib chiqib bunday tanqidiy massani shakllantirish uchun avtomobil klasteri
(avtosanoat va yo’ldosh korxonalar) ishlab chiqarish hajmini 2020 yilgacha
kamida 30 foizgacha ko’paytirish zarur. Bunda ishlab chiqarish quvvatlarini
kengaytirish ishlab chiqarishning raqobatbardoshligini jiddiy ravishda oshirishga
yo’naltirilgan chora-tadbirlar bilan birgalikda olib borilishi kerak. Tarmoqda
raqobat amalda shakllantirilishiga yo’naltirilgan salmoqli institutsional o’zgarishlar
talab etiladi.
2. Ayni bir vaqtda avtomobil sanoatining boshqa ustuvor tarmoqlar bilan
tarmoqlararo kooperatsiyasini rivojlantirishga doir qo’shimcha sa’y-harakatlar
ko’rish lozim. Jumladan:
• Metallurgiya tarmog’ida cho’yan va alyuminiy quyish ishlab
chiqarishlarini rivojlantirish asosiy strategik yo’nalishlar hisoblanadi. Ulardan
dvigatellar, shassilar va istiqbolda – tormoz tizimi qismlarini ishlab chiqarish
uchun foydalanish mumkin bo’ladi;
• Mashinasozlik tarmog’ida mamlakat ichida yuqori texnologik uzellar va
butlovchi buyumlar, masalan, ABS, EBD tizimlari, uzatish qutisi, tormoz tizimi
qismlari, rul boshqaruvi ishlab chiqarishni o’zlashtirish zarur.
• SHisha sanoatidagi muhim yo’nalish – avtomobil sanoatida keng
foydalaniladigan yassi listli oyna ishlab chiqarish zavodini qurish;
• Kimyo tarmog’ida – avtomobil sanoatida keng qo’llaniladigan polipropilen
tayyorlash istiqbolli yo’nalish hisoblanadi. Rezinotexnika uchun shinalar ishlab
chiqarishni mahalliylashtirish maqsadga muvofiqdir.
Avtomobil sanoati uchun butlovchi buyumlar va materillar ishlab
chiqaruvchi korxonalar bilan kooperatsiyani chuqurlashtirish bilvosita samara va
multiplikator koeffitsienti uchun asos hisoblanadi.
3. Mavjud va kelgusidagi tahdidlarga munosib javob berish uchun
avtomobillar uchun butlovchi qismlar va yuqori texnologiyaga ega bo’g’inlarni
ishlab chiqarishni mahalliylashtirishni tezlashtirish, transmilliy korporatsiyalar
qo’shilgan qiymatlari zanjirlarida ishtirok etishni diversifikatsiyalash va
eksportning ham geografik ko’lamini, ham eksport qilinayotgan mahsulot turlarini
sezilarli ko’paytirish zarur.
Bir tomondan, avtobillarni yig’ishga yo’naltirilgan investitsiyalar mazkur
yangi tarmoq mamlakatimiz korxonalari mahsulotlari uchun talab hosil qila
olsagina samara beradi. Boshqa tomondan esa, butlovchi va zahira qismlar,
agregatlarni ishlab chiqarishga alohida olingan bozorlardagi kon’yunktura
o’zgarishlari kam ta’sir qiladi.
4. O’z injiniringi va ilmiy-tadqiqot, tajribakonstruktorlik ishlarining
tarmoqlararo kooperatsiyasi salohiyatni namoyon qilishning zarur sharti
hisoblanadi. Ilmiy-tadqiqot, tajriba-konstruktorlik ishlari sektorini rivojlantirishni
boshlang’ich bosqichda Turin politexnika institutining filiali laboratoriyasi
negizida amalga oshirish maqsadga muvofiqdir. Bunda nafaqat avtomobil klasteri
doirasida, balki boshqa o’zaro bog’liq tarmoqlarda ilmiy-tadqiqot, tajriba-
konstruktorlik ishlari salohiyatini amalga oshirishda Turin universitetini
rag’batlantirish zarur.
5. Avtomobilsozlik tarmog’ining bilvosita samarasini ko’paytirishga doir
maqsadlarga erishish tarmoqda boshqaruv tizimini isloh qilishni ham talab etadi.
Jumladan, avtomobil klasteri korxonalarining ko’pchiligi avtosanoatning «qiz
korxonalari» ekanligiga amal qilinadigan mavjud model innovatsiyalarni joriy
etish, ishlab chiqarilayotgan mahsulotni kengaytirish va diversifikatsiyalash uchun
ushbu korxonalarga yetarlicha rag’bat bermaydi. O’zaro bog’liq tarmoqlarni
rivojlantirish uchun tegishli rag’batlar va, tegishlicha, qulay shart-sharoitlar
yaratish uchun ushbu korxonalar katta mustaqillika ega bo’lgan, avtosanoat esa
kontragentlarni tanlash imkoniyatiga ega bo’lgan (masalan, tender asosida) tizimni
yaratish maqsadga muvofiqdir.
Ushbu chora-tadbirlarning amalga oshirilishi:
• iqtisodiy o’sish yuqori suo’atlari barqarorligini kamida yiliga 8%
darajasida ta’minlashga ko’maklashadi;
• mahalliy xom ashyoni chuqurroq qayta ishlashga, turdosh korxonalar
mahsulotlariga talab shakllanishiga va tegishlicha rivojlanishiga ko’maklashadi
hamda asosiy tarmoqlar – drayverlarni tegishlicha rivojlantirish va kengaytirish
iqtisodiyot tarkibiy o’zgarishining muhim omiliga aylanadi;
• Avtomobil sanoatining rivojlanishi ko’proq teng darajada hududiy
rivojlanishga va mintaqaviy mutanosibsizliklarning qisqarishiga olib kelishi
mumkin, chunki mamlakatning turli qismlarida joylashgan ishlab chiqarishlarni
rivojlantirishni nazarda tutadi.;
• mahsuldor ish o’rinlari yaratilishiga, inson kapitalining sifati oshishiga va
asosiy tarmoqlar asosan qayta ishlash tarmog’iga tegishli ekanligini hisobga
olganda ijtimoiy transformatsiya jarayonlarining jadallashishiga ko’maklashadi;
• mamlakat iqtisodiyoti diversifikatsiyasiga ko’maklashadi, bu bilan uzoq
muddatli barqarorlik uchun asos yaratadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |