birinchidan, Farg’ona viloyati sanoatining mintaqa masshtabida nisbatan keng
diversifikatsiyalanganligi, ikkinchidan, sanoatning tarmoq tarkibida O’zbekiston
milliy iqtisodiyoti darajasida ustuvor hisoblangan neftni qayta ishlash, kimyo,
2.1-jadval
Mintaqadagi mavjud qo’shma korxonalar haqida umumiy ma’lumot
T/R
Viloyatlar nomi
2005 yil
2008 yil
2013 yil
1
Namangan
67
62
70
2
Andijon
73
87
108
3
Farg’ona
87
88
116
Jami:
227
237
294
Jadval viloyatlar Iqtisodiyot Boshqarmalari ma’lumotlari asosida tuzilgan.
qurilish materiallari ishlab chiqarish sanoati kabi tarmoqlarning yuqori darajada
rivojlanganligi, uchinchidan, ishlab chiqarish infratuzilmasi rivojlanganlik
darajasining yuqoriligi kabilarni keltirish mumkin.
Farg’ona viloyatida iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlarida xorijiy
investitsiyalar ishtirokida yuzdan ziyod korxona muvaffaqiyatli faoliyat
ko’rsatmoqda.
Jalb etilayotgan investitsiyalar salmog’i yil sayin ortib bormoqda. Bu esa,
iqtisodiyotni barqaror rivojlantirish va uning istiqbolini ta’minlashdan xorijiy
sarmoyadorlar ham manfaatdor ekanliklarini ko’rsatib turibdi. Respublika
Prezidentining 2012 yil 10 apreldagi “To’g’ridan to’g’ri xorijiy investitsiyalar jalb
etilishini rag’batlantirishga oid qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi Farmoni
bu soha rivojida muhim ahamiyat kasb etmoqda. 2012 yili viloyatda
moliyalashtirishning barcha manbalari bo’yicha 1 trln. 382 mlrd. so’mlik
investitsiyalar o’zlashtirildi. Uning 12,3 foizini xorijiy investitsiyalar tashkil etdi.
Hududiy investitsiyalar doirasida 45 ta loyiha ishga tushirildi. 11 ta qo’shma
korxona tashkil etildi. Rossiya, Janubiy Koreya, Turkiya va xitoylik sarmoyadorlar
bilan aloqalar yanada mustahkamlandi. Natijada, viloyatning tashqi savdo
aylanmasi 1 mlrd. 66 mln. AQSH dollaridan oshib ketdi. 436 mln. AQSH dollarilik
mahsulot eksport qilindi. Mustaqillikning dastlabki yillarida xorijiy investorlar
bilan hamkorlikda atigi 2 ta korxona tashkil etilgan bo’lsa, bugungi kunda 105 ta
ana shunday korxona ishlab turibdi (3-ilova).
Keyingi yillarda kimyo, neft-gaz, energetika, mashinasozlik, metallni qayta
ishlash, qurilish materiallari ishlab chiqarish, xususiy biznes, yengil va oziq-ovqat
sanoati ob’ektlarida yuzlab yangi loyihalar amalga oshirildi. Ishlab chiqarishni
modernizatsiyalash, texnik va texnologik jihatdan yangilash tadbirlari izchil
amalga oshirilmoqda.
CHet el investitsiyasi ishtirokidagi zamonaviy korxonalardan biri – Qo’qon
shahrida faoliyat ko’rsatayotgan “Indorama tekstil” qo’shma korxonasidir. Ushbu
korxona “nol” qiymatda 55 million AQSH dollari miqdorida investitsiya kiritish
majburiyati bilan singapurlik sarmoyadorlarga sotilgan edi. Endilikda yuzlab
mahalliy yoshlar mehnat qilayotgan korxonada paxta tolasidan xalqaro
standartlarga mos keladigan sifatli ip ishlab chiqarilmoqda. Korxonada
SHveytsariya va Yaponiyadan keltirilgan zamonaviy mashina, uskuna va
texnologiyalardan oqilona foydalanib, yuqori samaradorlikka erishilmoqda. Yiliga
yetti ming tonnagacha sifatli ip ishlab chiqarish quvvatiga ega bo’lgan bu korxona
mahsulotlari Ispaniya, Belgiya, Frantsiya, Italiya, Braziliya, Argentina, Venesuela,
Peru, Dominikan Respublikasi, Bangladesh singari o’ndan ortiq mamlakatlarga
eksport qilinmoqda.
Farg’ona shahrida ishga tushirilgan “UzSungwoo” qo’shma korxonasi ham
xorijiy investorlar bilan hamkorlik samarasidir. Bu korxona tomonidan Asakadagi
avtomobilsozlik zavodiga har yili 120 mingta detallar jamlanmasi yoki 83 mln.
AQSH dollari miqdorida ehtiyot qismlari yetkazib berilmoqda. Respublika
avtomobilsozligining faxri hisoblangan “SHevrolet” va “Kobalt” avtomobillari
ishlab chiqarishda farg’onaliklar ishlab chiqarayotgan ehtiyot qismlar juda qo’l
kelmoqda. Ayni paytda korxonani yanada kengaytirish va yuzlab yangi ish joylari
yaratish rejasi amalga oshirilmoqda. 2012 yilning dekabrida ishga tushirilgan
“Fergana-Turon-Textile” O’zbekiston–Janubiy Koreya qo’shma korxonasi ham
viloyatning investitsion salohiyatini kuchaytirishga xizmat qilmoqda. Dastlab 100
nafar ishchi bilan ish boshlagan korxonada hozir 400 nafardan ortiq mutaxassis
mehnat qilmoqda. Bu yerda paxta tolasidan tayyorlanayotgan mahsulotlar ichki
bozordan tashqari dunyoning o’nlab rivojlangan davlatlariga eksport qilinmoqda.
Viloyat tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo boshqarmasidan
ma’lum qilishlaricha, Janubiy Koreya, Turkiya va Xitoy davlatlari ishbilarmonlari
farg’onalik tadbirkorlarning asosiy hamkorlari hisoblanadi. Ana shunday
hamkorlik samarasida o’tgan yili Dang’ara tumanida ishga tushirilgan “Bur sol
shoce”, Toshloq tumanidagi “Tekstil postavka” hamda Qo’qon shahridagi
“Buluttekstil” qo’shma korxonalarida dastlabki mahsulotlar ishlab chiqarila
boshlandi. Farg’ona shahrida turizm yo’nalishida xitoylik ishbilarmonlar bilan
birgalikda “Ziyorat palace” qo’shma korxonasi faoliyati yo’lga qo’yilgan.
Qo’qon shahridagi “Imono grup” qo’shma korxonasiga qo’shimcha ravishda
investitsiya jalb etilib, zamonaviy dastgohlar o’rnatilgan. Ayni kunda bu yerda bir
necha turdagi bolalar poyabzallari tayyorlanmoqda. Umuman, xorijiy
investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar tomonidan o’tgan yili ellik turdan ortiq 787
milliard so’mlikdan ziyod mahsulot ishlab chiqarilgan, 149,2 million AQSH
dollari miqdoridagi tovarlar eksport qilingan.
Farg’ona shahrida faoliyat ko’rsatayotgan “UZSUNGWOO” qo’shma
korxonasi, “O’zavtosanoat” aktsiyadorlik kompaniyasi, Janubiy Koreyaning
“Sungwo hitch Co.LDT” hamda “I-Zone. Co.LDT” kompaniyalari hamkorligida
tashkil etilgan. Unga 47,8 million dollar miqdorida investitsiya jalb etilib,
xorijning zamonaviy texnologiyalari o’rnatilgan. Natijada, bu yerda 453 yangi ish
o’rni yaratilgan.
Korxonada “GM Uzbekistan” qo’shma korxonasida ishlab chiqarilayotgan
“Chevrolet Cobalt” rusumli avtomobillar uchun 183 turdagi butlovchi qismlar
tayyorlanmoqda. Bu yerda yiliga 82,7 million dollar miqdoridagi butlovchi qismlar
ishlab chiqarilmoqda.
Ayni paytda farg’onaliklar Janubiy Koreyaning oshxona jihozlari ishlab
chiqaruvchi “Seongchang Benefica Co.Ltd.”, uylar uchun konditsionerlar va isitish
moslamalari tayyorlovchi “SEL Air Conditioning Co.Ltd”, plastmassadan turli
mahsulotlar ishlab chiqaruvchi “Gummyeong Industry”, tayyor tekstil mahsulotlari
va yotoqxona choyshablari ishlab chiqaruvchi “Micro Corporation” kompaniyalari
bilan o’zaro hamkorlik o’rnatish yuzasidan ish olib bormoqdalar.
Hududlar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi
tarmoq korxonalari samaradorligi bo’yicha Andijon viloyati nafaqat mintaqada,
balki, butun respublikada ham yuqori o’rinni egallaydi.
Mustaqillik yillarida viloyat sanoat ishlab chiqarishiga yo’naltirilgan xorijiy
investitsiyalar samarasida Andijon viloyatining respublika sanoat ishlab
chiqarishidagi ulushi 1991 yildagi 11-o’rindan 2010 yilga kelib 6-o’ringa
ko’tarildi. Birgina keyingi 7 yil ichida Andijon viloyatidagi xorijiy investitsiyalar
ishtirokidagi korxonalar soni 47 tadan 108 taga, ular tomonidan tayyorlangan
mahsulot hajmi esa 1,1 trln. so’mga, ushbu sektorda ishlovchilar soni esa 22,4
ming kishiga yetdi (Farg’ona viloyatida 11538 kishi).
Andijon viloyatidagi sanoat tarmog’idagi qo’shma korxonalar tomonidan
ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar viloyat jami sanoat mahsulotlarining 79 foizini
tashkil etadi. Viloyatdagi sanoat mahsulotlari eksportidan kelib tushayotgan
mablag’larning 89,1 foizi, importning 95 foizi aynan xorijiy investitsiyalar
ishtirokidagi korxonalar hissasiga tegishli.
Namangan viloyati sanoatiga 2011-2015 yillarda jami 56 ta investitsion
loyihani amalga oshirish, 174,5 mln. AQSH dollari miqdorida investitsiya kiritish
rejalashtirilgan. Ayni paytda Namangan viloyati iqtisodiyotida xorijiy
investitsiyalar ishtirokidagi 70 korxona mavjud (4-ilova). Xorijiy investitsiyalar
oqimining asosiy yo’nalishi, bu – yengil sanoat tarmog’idir. CHunki, viloyat
iqtisodiyotida yengil sanoat tarmog’i katta ahamiyatga ega bo’lib, jami iste’mol
tovarlari ishlab chiqarishning 40 foizi va eksportning 50 foizdan ortig’i mazkur
sohaga to’g’ri keladi.
Namangan viloyatining yengil sanoatiga kiritilgan va o’zlashtirilgan
investitsiya 2006-2011 yillarda jami 148,7 mlrd. so’mni tashkil etib, jumladan,
to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalarning ulushi 41,2 foizga yetdi. Tahlil
qilinayotgan yillar davomida yengil sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 2,2
barobarga oshgan bo’lsa, ularning eksporti hajmi 2005 yildagi 0,29 mln. AQSH
dollaridan 2011 yilda 40,6 mln. dollargacha ko’paydi.
SHuningdek, 2007-2011 yillarda jalb etilgan investitsiyalarning har 1000
AQSH dollari hisobiga ishlab chiqarish 726 ming so’mga va eksport esa 419
AQSH dollariga ko’payishiga erishildi (2.2-jadval).
Do'stlaringiz bilan baham: |