avtomobilsozlik istiqbolli tarmoqqa aylandi. O’zbekistonda avtomobilsozlik
sanoatiga mustaqillikning dastlabki yillaridanoq asos solindi va izchil rivojlanish
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov boshchiligidagi Davlat
delegatsiyasining 1992 yil iyun oyida Janubiy Koreya Respublikasiga qilgan
rasmiy tashrifi chog’ida DAEWOO korporatsiyasi tizimidagi zavodlar bilan
tanishuvlar uyushtirildi va 1992 yil iyul oyida O’zbekiston hamda Janubiy Koreya
tomonidan Asaka shahrida avtomobil zavodining qurilishi to’g’risidagi
Memorandum davlatlar o’rtasida o’zaro iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish
to’g’risidagi “dastlabki hujjat”lar doirasida imzolandi.
1992 yilning avgust oyida esa Janubiy Koreya Respublikasi bilan
hamkorligida O’zbekistonda avtomobil ishlab chiqaruvchi qo’shma korxona barpo
qilish to’g’risida kelishib olindi.
Korxonani tashkil qilish yuzasidan O’zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasi 1992 yil 5 noyabr «Selxozmash» kontserni va DEU korparatsiyasi
bilan hamkorlikda avtomobillar ishlab chiqaruvchi «O’zDEU avto» qo’shma
korxonasini tashkil qilish to’g’risida maxsus qaror qabul qilindi. Korxona Andijon
viloyatining Asaka shahridagi pritseplar ishlab chiqarish korxonasi negizida tashkil
etildi va 1993 yilning mart oyida avtomobil ishlab chiqaruvchi birinchi zavod
«O’zDEU avto» nomi bilan ro’yxatga olindi. «O’zDEUavto» kompaniyasi
O’zbekiston hukumati va Janubiy Koreyaning Daewoo Motor kompaniyasi
o’rtasida tashkil etilgan bo’lib, Asakadagi avtozavod 1996 yili foydalanishga
topshirilgan. Zavod yiliga 250 ming dona avtomobil ishlab chiqarish quvvatiga
ega. 2005 yili O’zbekiston Daewoo’ga tegishli 50 foiz aktsiyani sotib olgan va
2007 yil oxirida esa «O’zavtosanoat» va General Motors o’rtasida «O’zDEUavto»
zavodi bazasida GM Uzbekistan kompaniyasini tashkil etish haqida bitim
imzolangan. GM Uzbekistan qo’shma korxonasi 2008 yili «O’zDEUAvto»
bazasida AQSHning General Motors va «O’zavtosanoat» AK o’rtasida tashkil
etilgan. GM korxona aktsiyalarining 25 foiziga egalik qiladi va o’z ulushini 40
foizga oshirishi mumkin. GM Uzbekistan’ning 75 foiz aktsiyasi
«O’zavtosanoat»ga tegishli.
Asaka shahridagi “GM-Uzbekistan” avtomobil zavodiga yetkazib
beriladigan ehtiyot qism va xom ashyolar mahalliylashtirish dasturi doirasida
nafaqat Andijon viloyati, balki, Farg’ona va Namangan viloyatlarida ham
kooperatsiyada ishlaydigan bir qator korxonalar ixtisoslashtirildi. (Qo’qon
shahridagi “Elektromash”, Quvasoydagi “Kvarts”, Namanganda barpo etilgan
“O’zCHazis” qo’shma korxonalari kabilar). Mazkur korxonalar tomonidan
avtomobillar uchun kuzov, fara va fonar, oyna hamda boshqa ehtiyot qismlar
ishlab chiqariladi.
Avtomobilsozlik sanoati boshqa ustuvor sanoat tarmoqlariga nisbatan
sezilarli darajada texnologik murakkablikka ega bo’lib, o’z navbatida texnologik
murakkablikning yuqori darajasi boshqa teng sharoitlarda ushbu tarmoq tarkibiy
o’zgartirish jarayonlariga boshqa tarmoqlarga qaraganda ko’proq ulush qo’shishini
hamda murakkab kooperatsion aloqalarga asoslanishini anglatadi (2.7-rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: