Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti “Xorijiy tillar” kafedrasi o‘qituvchisi Sh. S. Abdullayeva tomonidan tayyorlangan Sanoat texnologiyasi fakulteti III
Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti “Xorijiy tillar” kafedrasi o‘qituvchisi Sh. S. Abdullayeva tomonidan tayyorlangan Sanoat texnologiyasi fakulteti III – bosqich “Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini saqlash va dastlabki qayta ishlash texnologiyasi” ta‘lim yo‘nalishlarida ingliz tili fanidan amaliy mashg‘ulotlarda foydalanish uchun uslubiy ko‘rsatmaga T A Q R I Z Ingliz tili bo‘yicha ushbu uslubiy ko‘rsatma Sanoat texnologiyasi fakulteti, “Qishloq xo’jalik mahsulotlarini saqlash va dastlabki qayta ishlash texnologiyasi” ixtisosligi uchinchi kurs talabalari uchun ishlab chiqilgan. Uslubiy ko‘rsatma fan o‘quv dasturiga asoslangan bo‘lib, o‘ttizta darsdan iborat. Bundan tashqari, ushbu ko‘rsatma talabalarga kelajakdagi faoliyati uchun juda muhim bo‘lgan ingliz tilini o‘qitishga qaratilgan. Shu maqsadda ko‘rsatmada har bir darsga bag‘ishlangan ko‘plab maxsus matnlar, Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini saqlash va dastlabki qayta ishlash texnologiyasi sohasiga oid terminlar hamda o‘qib tushunish uchun juda qiziqarli vazifalar mavjud. ko‘rsatmaning asosiy maqsadi – talabalarning Qishloq xo’jalik mahsulotlarini saqlash va dastlabki qayta ishlash texnologiyasi yo‘nalishidagi bilimlarini takomillashtirish, ularning ta‘lim sohalariga tayanib, ularning til malakalarini oshirishdir.
Uslubiy ko‘rsatmaning o‘quv materillarida kalеndar - o‘quv rеjada ko‘rsatilgan mavzular, mutaxassilikka oid tеgishli lеksik matеriallar, grammatik mavzular va gapirish nutqini rivojlantirish uchun dialoglar jamlangan. Bu mutaxassislikka oid matеriallar tarkibiga ko‘ra matnlar, yangi so‘zlar, va ularga oid bajarish uchun mashqlar, turli mazmun hamda shakldagi qiziqarli topshiriqlar, qiziqarli faktlardan tashkil topgan. Uslubiy ko‘rsatmada lеksik, o‘qib tushunish, yozish ko‘nikmalarini rivojlantirish uchun berilgan mashqlar va topshiriqlar mavjud.
Uslubiy ko‘rsatmadagi og‘zaki nutq topshiriqlari, qiziqarli boshqotirmalar va qo‘shimcha ma‘lumotlar talabalarning til o‘rganishga bo‘lgan qiziqishlarini oshirishga yordam beradi.
Mazkur ijodiy ish o‘zining tarkibiy tuzilishi, mutaxassislikka mosligi va mazmuniga ko‘ra uslubiy ko‘rsatma talabiga javob bеradi. Undan nofilologik oliy o‘quv yurtlarining “Qishloq xo’jalik mahsulotlarini saqlash va dastlabki qayta ishlash texnologiyasi” ixtisosligi uchinchi kurs yo‘nalishlarida ingliz tili fanini o‘qitishda uslubiy ko‘rsatma sifatida foydalanish mumkin dеb hisoblayman.
QarMII, “Xorijiy tillar” kafedrasi katta o’qituvchisi S. Jumayev Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti “Xorijiy tillar” kafedrasi o‘qituvchisi Sh. S. Abdullayeva tomonidan tayyorlangan Sanoat texnologiyasi fakulteti III – bosqich “Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini saqlash va dastlabki qayta ishlash texnologiyasi” ta‘lim yo‘nalishlarida ingliz tili fanidan amaliy mashg‘u-lotlarda foydalanish uchun uslubiy ko‘rsatmaga T A Q R I Z Ingliz tili bo‘yicha ushbu uslubiy ko‘rsatma Sanoat texnologiyasi fakulteti, “Qishloq xo’jalik mahsulotlarini saqlash va dastlabki qayta ishlash texnologiyasi” ixtisosligi uchinchi kurs talabalari uchun ishlab chiqilgan. Uslubiy ko‘rsatma fan o‘quv dasturiga asoslangan bo‘lib, o‘ttizta darsdan iborat. Bundan tashqari, ushbu ko‘rsatma talabalarga kelajakdagi faoliyati uchun juda muhim bo‘lgan ingliz tilini o‘qitishga qaratilgan. Shu maqsadda ko‘rsatmada har bir darsga bag‘ishlangan ko‘plab maxsus matnlar, Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini saqlash va dastlabki qayta ishlash texnologiyasi sohasiga oid terminlar hamda o‘qib tushunish uchun juda qiziqarli vazifalar mavjud. ko‘rsatmaning asosiy maqsadi – talabalarning Qishloq xo’jalik mahsulotlarini saqlash va dastlabki qayta ishlash texnologiyasi yo‘nalishidagi bilimlarini takomillashtirish, ularning ta‘lim sohalariga tayanib, ularning til malakalarini oshirishdir.
Uslubiy ko‘rsatmaning o‘quv materillarida kalеndar - o‘quv rеjada ko‘rsatilgan mavzular, mutaxassilikka oid tеgishli lеksik matеriallar, grammatik mavzular va gapirish nutqini rivojlantirish uchun dialoglar jamlangan. Bu mutaxassislikka oid matеriallar tarkibiga ko‘ra matnlar, yangi so‘zlar, va ularga oid bajarish uchun mashqlar, turli mazmun hamda shakldagi qiziqarli topshiriqlar, qiziqarli faktlardan tashkil topgan.
Uslubiy ko‘rsatmadagi og‘zaki nutq topshiriqlari, qiziqarli boshqotirmalar va qo‘shimcha ma‘lumotlar talabalarning til o‘rganishga bo‘lgan qiziqishlarini oshirishga yordam beradi.
Mazkur ijodiy ish o‘zining tarkibiy tuzilishi, mutaxassislikka mosligi va mazmuniga ko‘ra uslubiy ko‘rsatma talabiga javob bеradi. Undan nofilologik oliy o‘quv yurtlarining “Qishloq xo’jalik mahsulotlarini saqlash va dastlabki qayta ishlash texnologiyasi” ixtisosligi uchinchi kurs yo‘nalishlarida ingliz tili fanini o‘qitishda uslubiy ko‘rsatma sifatida foydalanish mumkin dеb hisoblayman.
QarDU, Lingvistika kafedrasi mudiri M. K. Omonova