Тadbirkorlik aksariyat hollarda firmalar doirasida boradi. Firma inglizcha (firm) so‘z bo‘lib, kommersiya korxonasi degan ma’noni bildiradi. Firma sanoat, transport, savdo-sotiq yoki qurilish sohasidagi korxona. Qishloq xo‘jaligidagi korxona esa fermer xo‘jaligi va agrofirma deb yuritiladi. 30 Firma ishlab chiqaruvchilar jamoasi bo‘lib, bu yerda firma egalari, firmaning menejerlari (boshqaruvchilari) va yollanib ishlovchilar birlashadi. Ularni birlashtiruvchi kuch — bu firma jamoasining foyda topishdan iborat guruhiy manfaatining umumiyligidir. Mulkiy jihatdan firmalar 4 xil bo‘ladi: xususiy, davlat, jamoa va aralash (xorijiylar ishtirokidagi) firmalar. Korxonadagi mol-mulk firma egasiga qarashli bo‘ladi, lekin firma sohibi yakka bir kishi bo‘lishi shart emas, u bir necha sohiblarning sherikchiligidagi mulki bo‘lishi ham mumkin. Menejerlar mulkdor nomidan firmani boshqarish bilan shug‘ullanadilar. Yollanib ishlovchilar — bular ishchi va xizmatchilar bo‘lib, ular o‘z mehnati bilan mahsulot yaratadilar yoki xizmat ko‘rsatadilar. Firmaning 3 ta asosiy belgisi mavjud: 1. Firma mehnat taqsimotida o‘z o‘rniga ega, ya’ni muayyan vazifalarni bajaradi. U ixtisoslashgan, hamma ish bilan emas, balki o‘ziga birkitilgan, ayrim ish bilan shug‘ullanadi. Firma bir yoki bir necha turdagi mahsulot chiqaradi, muayyan turda xizmat ko‘rsatadi, bozorning ma’lum qismida o‘rin egallaydi. Hozirgi kunda 25—30 mln xil mahsulot va xizmatlar bo‘lib, bularni, shubhasiz, millionlardan iborat firmalar yaratadi. 2. Firmalar ishlab chiqarishning dastlabki bo‘g‘ini, xuddi shu yerda talab-ehtiyojni qondiruvchi mahsulotlar chiqariladi, tovar ishlab chiqaruvchi o‘zi uchun emas, bozorda sotish uchun mahsulot va xizmatlarni yaratadi. 3. Firma iqtisodiy mustaqil bo‘ladi, ya’ni nimani, qancha va qanday ishlab chiqarishni, uni kimga va qanchadan sotishni, daromadni qanday ishlatishni o‘zi hal qiladi. Тashqaridan turib hech kim unga tazyiq o‘tkaza olmaydi, u faqat bozor talabiga binoan ishlaydi

Do'stlaringiz bilan baham: |