5-ma'ruza. Axborot bilan ishlash usullari
Reja:
1. Ilmiy va o'quv axborotlari bilan ishlash muammolari.
2. Verbal axborotni qabul qilish.
3. Regressiya muammosi.
4. Artikulyatsiya muammosi.
5. Ko'rish maydoni muammosi.
6. O'qish usulini aniqlash.
1. Ilmiy va o'quv axborotlari bilan ishlash
muammolari
Insoniyat qoldirgan axborot manbalari 6-7 ming yillik tarixga
borib taqaladi. Shu bilan birga dunyoda har yili yuz mingdan ortiq
nomdagi jurnallar chiqadi. Hozirgi vaqtda
kelib axborotlar soni
shunchalik ko'payib ketganki, saturatsiya muammosi paydo bo'lgan,
ya'ni ilm-fandagi axborotlar hajmi insonning axborotni qabul qilish
imkoniyatlaridan oshib ketgan.
Mashhur organik-kimyogar akademik A.N.Nesmeyanovning
fikricha, agar olim har kun 24 soat faqat organik kimyoga oid
axborotlar bilan tanishsa, u butun umri davomida atigi 20% axborot
bilan tanishishga ulgurar ekan.
Demak, agar biz ilmli bo'lishni xohlasak bu muammoga jiddiy
qarashimiz kerak. Bunga axborotni yetkazish
tezligi va axborotni
qabul qilish tezligi o'rtasidagi nomutanosiblikni ham qo'shadigan
bo'lsak, muammo yanada chigallashadi.
O'quv jarayonining axborot manbalariga auditoriya darslari,
o'quv va ilmiy adabiyotlar, ommaviy axborot vositalari, Internet va
kundalik jonli muloqotlar kiradi. Talabalar ma'ruza, amaliy va
laboratoriya mashg'ulotlari bo'yicha ilmiy va o'quv
adabiyotlaridan
ko'plab axborotlarni yozib oladilar va o'rganadilar. Axborotlarni
og'zaki yetkazish tezligi ularni yozish tezligidan deyarli 10 barobar
yuqori bo'lganligi sababli darsda barcha
axborotlarni yozib ulgurib
bo'lmaydi. Shuningdek, ma'ruza darsini ham diktantga aylantirib
bo'lmaydi, aks holda 90% axborot yetkazilmasdan qolib ketadi. Agar
axborotlar yuqori tezlikda berilishda davom etadigan bo'lsa,
auditoriya bilan muloqot yo'qolishi mumkin.
Agar talabalar zarur axborotlarni tanlash
va qisqartirib yozish
malakasiga ega bo'lishsa, konspektlash tezligi 7-10 marta oshar edi.
Agar talabalar tez o'qish mahoratiga ega bo'lishsa, u holda axborotni
qabul qilish tezligi 4-5 marta ortadi
1
.
1
Минько Э.В. Методы и техника ускоренного коспектировния и чтения. СПбГУАП. СПб., 2001. c. 12-15.
Hozirgi kunda barcha fanlarning nazariy materiallari ma'ruza
matnlari shaklida yetarli darajada chop qilingan. Ularning mazmuni
aksariyat hollarda talaba uchun qulay qilib tuzilgan. Demak, yozib
olish muammosini kun tartibidan olib tashlash mumkin,
asosiy
muammo esa - axbototnlarni o'zlashtirish bo'lib qoladi. Bu yo'ldagi
birinchi qadam esa axborotni izlash, tanlash va uni qabul qilish
mahoratiga borib taqaladi.