Учебное пособие подготовлено на основе типовой программы дисциплины «Гидрология рек»


 O‘zbekistonda daryolar gidrologiyasining rivojlanishiga



Download 6,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/214
Sana18.02.2022
Hajmi6,22 Mb.
#455054
TuriУчебное пособие
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   214
Bog'liq
pdf (1)

1.6. O‘zbekistonda daryolar gidrologiyasining rivojlanishiga 
oid qisqacha ma’lumotlar 
 
Suv hayot bilan tenglashtiriladigan o‘lkamizdagi daryolar, soylar, 
buloqlar va hattoki uning baland tog‘laridagi doimiy qorliklar va muzliklar 
to‘g‘risidagi bilimlar asrlar davomida xalq xotirasida, tarixiy­arxeologik 
yodgorliklarda, yozma manbalarda to‘planib kelgan. Afsuski, bu masala 
O‘rta 
Osiyo, 
jumladan, 
O‘zbekiston 
misolida 
V.V.Bartold, 
YA.G‘.G‘ulomov, A.K.Bisvas, H.H.Hasanov, A.Muhammadjanov kabi 
olimlar asarlarini hisobga olmaganda, yaxshi yoritilmagan.
Ushbu mavzuda, dastlab, O‘rta Osiyo suv ilmiga oid ilk ma’lumotlar 
keltiriladi. Keyingi kichik mavzularda esa o‘lkamizda suv ilmining O‘rta 
Osiyo uyg‘onish davridagi holati, so‘ngra Temuriylar davri, XVI – XIX 
asrlar hamda Chor Rossiyasi va sobiq Ittifoq davrida daryolar 
gidrologiyasiga oid ma’lumotlar yoritiladi. Shuningdek, mavzuning 
yakunida mamlakatimiz mustaqilligi yillarida daryolar gidrologiyasining 
rivojlanishi masalalariga alohida e’tibor qaratiladi.
1.6.1. Daryolar gidrologiyasiga oid ilk ma’lumotlar 
Akademik Ya.G‘.G‘ulomov ma’lumotlariga ko‘ra, O‘rta Osiyo, 
jumladan, O‘zbekistonda sug‘orma dehqonchilik yangi eradan oldingi 
6000 yillikda ham mavjud ekan. O‘lkamizda miloddan oldingi 4000 
yillikning ikkinchi yarmi va 3000 yillikning boshlaridayoq daryolar oqimi 
to‘silib, ulardan sug‘orish maqsadida kichik kanallar orqali suv olingan.

Qadimshunos–arxeolog olima G.N.Lisitsinaning qayd etishicha, ana 
shunday kanallar Turkmanistondagi Tajan daryosining qadimiy deltasida 
qazilgan bo‘lib, ularning uzunligi -2,5 km dan ortiqroq, kengligi -3,5-5,0 
m, chuqurligi esa -1,2 m gacha bo‘lgan. Keyinchalik, yangi eradan oldingi 
2000 yillikda shu usulda sug‘orish Surxondaryo vodiysida, Farg‘ona 
vodiysining Sharqiy qismi (Chust)da, Amudaryo deltasida, Zarafshon 
bo‘ylarida ham qo‘llana boshlagan. Bu jarayon tobora rivojlana borib
yangi eraning boshlarida kanallar nisbatan uzaytirilgan, ulardan 
kichik­kichik suv taqsimlagich tarmoqlari ­ ariqlar ham qazila boshlangan. 
Bu davrlarda daryolardan kanallar orqali olinadigan suv miqdori bevosita 


20 
ularning suv rejimi bilan bog‘liq bo‘lgan. 
Yangi eraning I­IV asrlarida, ya’ni Kushon imperiyasi davrida 
sug‘orish ishlariga katta ahamiyat berilgan. Xuddi shu davrda 
Surxondaryodagi Zang, Toshkent vohasidagi Chirchiq daryosidan suv 
oladigan Bo‘zsuv va Salor, Samarqand va Buxoro vohalaridagi 
Zarafshondan suv oladigan Eski Angor, Tuyatortar, Shoxrud va 
Romitanrud, Quyi Amudaryodan suv oladigan Qirqqiz va boshqa ko‘plab 
kanallar qazilgan yoki qayta tiklangan. 
Shu davrlarga oid, yurtimiz suv havzalariga tegishli bo‘lgan yozma 
manbalar qadimgi yunon olimlari asarlaridagina saqlanib qolgan. Masalan, 
Gerodot
(miloddan oldingi 490­425-yillar) Kaspiy dengizi, unga 
quyiladigan daryolar haqida, uning berk havza ekanligini yozib qoldirgan. 
Undan qariyb 400 yil keyin yashagan 
Strabon
(63 yil eski era - 20 yil yangi 
era) esa mashhur "Geografiya" asarida Oksus (Amudaryo) haqida, uning quyi 
oqimida ikki tarmoqqa bo‘linishini, biri shimolga ­ dengizga (Orolga), 
ikkinchisi esa Kaspiyga quyilishini qayd etib o‘tgan. Shunga mos fikrlar 
ularga nisbatan keyinroq yashagan yana bir yunon olimi - 

Download 6,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   214




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish