Учебное пособие подготовлено на основе типовой программы дисциплины «Гидрология рек»



Download 6,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/214
Sana18.02.2022
Hajmi6,22 Mb.
#455054
TuriУчебное пособие
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   214
Bog'liq
pdf (1)

ilmiy-nazariy tahlil
 
usuli ham keng qo‘llanilmoqda. Bu usulni qo‘llash 
daryolarda amalga oshirilgan kuzatishlar natijasida to‘plangan gidrologik 
ma’lumotlar va boshqa turdagi ilmiy axborotlarni tahlil qilib, ulardan 
tegishli amaliy xulosalar chiqarishga asoslangan. Masalan, daryo oqimini 
hisoblash va prognozlash usullarini takomillashtirish, yangilarini yaratish 
ilmiy-nazariy tahlil usulini qo‘llash asosida amalga oshiriladi. 
1.5. Shakllanish tarixi va rivojlanish bosqichlari 
 
Daryolar gidrologiyasi alohida fan sifatida o‘tgan XX asrning 
o‘rtalarida shakllandi. Lekin gidrologiyaning alohida va eng muhim 
tarmog‘i sifatida uning ayrim bo‘limlari juda qadimiy tarixga ega. 
Taniqli gidrolog olim O.A.Spenglerning yozishicha, gidrologiya, 
aniqrog‘I, daryolar gidrologiyasi haqidagi ilk ma’lumotlar 6000 yil avval 
qadimgi Misrda paydo bo‘lgan. O‘sha paytdayoq misrliklar Nil daryosida 
oddiy gidrologik kuzatishlarni amalga oshirganlar. Ular hozirgi Asvon 
to‘g‘onidan 400 km yuqorida tog‘ qoyalarida Nil daryosi suvi sathining 
o‘zgarishini belgilaganlar, daryoda bo‘ladigan har yilgi toshqinlarning 
qaysi vaqtlarda kuzatilganligini qayd etib borganlar. Keyinroq esa quyi 
Nilda 30 ga yaqin o‘z davriga xos bo‘lgan "gidrologik" kuzatish joylari 
(postlar) tashkil etilgan. 
Qadimgi misrliklarni yuqoridagi ishlarni bajarishga hayot talabi 
majbur qilgan, Chunki hosil taqdiri daryodagi suvning oz yoki ko‘pligiga 


16 
bog‘liq bo‘lgan. Bu davrlarda insoniyat daryolardan ichimlik va 
sug‘orishga olinadigan suv hamda kemalarda harakatlanish manbai sifatida 
foydalangan. Shu maqsadda odamlar daryolarda suv sathini kuzatishning 
oddiy usullarini qo‘llaganlar, ularda kechadigan jarayonlarni o‘rganishga, 
ularning sabablarini bilishga harakat qilganlar. Demak, daryolar 
gidrologiyasi o‘sha davrlardayoq inson ehtiyojini qondirishga xizmat 
qiladigan hayotiy fanlardan biri sifatida shakllana boshlagan.
Alohida ta’kidlash lozimki, daryolar gidrologiyasi qadimgi Misrda 
Nil daryosida amalga oshirilgan kuzatishlardan boshlanib, toki alohida fan 
sifatida e’tirof etilishiga qadar bir necha ming yillik rivojlanish bosqichini 
bosib o‘tdi. 
Qadimgi yunon madaniyati rivojlangan yangi eradan oldingi VI-III 
asrlarda daryolardan suv oladigan ancha yirik irrigatsiya tarmoqlari 
qurilgan, shaharlar maxsus quvurlar orqali suv bilan ta’minlangan. 
Tabiatshunos - faylasuflar Fales Miletskiy, Anaksimandr, ulardan keyin 
Demokrit, Platon va boshqalar tabiatda suvning aylanishi sirlarini bilishga, 
daryolarning kelib chiqishini tushuntirib berishga uringanlar. Lekin ular 
bayon etgan fikrlarning ayrimlari haqiqatdan ancha yiroq bo‘lgan. Bu 
borada eng to‘g‘ri fikrlarni Aristotel (yangi eradan oldin 384-322 y.) bayon 
etgan. Uning fikricha, quruqlikka suv okeanlardan ko‘tarilgan suv 
bug‘laridan tushadi, yer osti suvlari esa atmosfera yog‘inlarining yer 
sirtidagi tuproq-gruntlarga sizib o‘tishi natijasida hosil bo‘ladi. Bu 
dunyoqarash keyinchalik rimlik muhandis Mark Vitruviy Pollio (yangi 
eradan oldingi I asr) tomonidan ilk bor ilgari surilgan yer osti suvlarining 
infiltratsion nazariyasiga asos bo‘lgan. 
Ayrim obyektiv va subyektiv sabablar bilan bog‘liq holda uzoq 
muddat davom etgan turg‘unlik davridan so‘ng boshlangan YYevropa 
uyg‘onish davrida olimlar yana yer sirtida namlikning aylanishi masalasiga 
qaytdilar. Aristotelning qarashlari XV asr oxiri - XVI asr boshlarida 
italiyalik olim Leonardo da Vinchi (1452-1519) asarlarida rivojlantirildi. 
Lekin atmosfera yog‘inlari bilan daryo oqimi, yer osti suvlari va bug‘lanish 
orasidagi miqdoriy munosabatlar masalasi ochiq qoldi. 
Shu tufayli XV-XVI asrlarda olimlarni yer osti suvlarining kelib 
chiqishi masalasi ham qiziqtirdi. Fransuz olimi Bernar Palissi (1510-1590), 
o‘z kuzatishlariga asoslangan holda, 1580-yilda yer osti suvlari, ulardan 
shakllanadigan buloqlar yomg‘ir, qor suvlaridan to‘yinadi, degan xulosaga 
keldi. Shu davrlarda daryolarda suv transporti va gidrotexnik inshootlar 
qurish ishlarining rivojlanishi bilan ularni gidrografik nuqtai nazardan 
o‘rganish, daryolarda suv sathini kuzatish ishlari miqyosi yanada kengaydi. 
Daryolar gidrologiyasining rivojlanish tarixida XVII asrning ikkinchi 


17 
yarmida fransuz olimlari Pyer Perro (1608-1680) va Edm Mariott (1620-
1684) tomonidan amalga oshirilgan tadqiqotlar muhim ahamiyatga ega 
bo‘ldi. Ular Parij yaqinidan oqib o‘tadigan Sena daryosi oqimini uning 
havzasiga tushadigan yog‘in miqdori bilan solishtirdilar va yog‘inning 
ma’lum bir qismigina daryo oqimini tashkil etishini isbotlab berdilar. 
Natijada, ular suv balansi tenglamasining asosiy tashkil etuvchilari 
orasidagi munosabatni aniqladilar va "daryolar yer osti suvlaridan yoki 
qandaydir manbalardan hosil bo‘ladi" degan chalkash fikrlarga barham 
berdilar. 
Ana shu davrda ingliz astronom olimi Edmund Galley (1656-1742) 
tajriba asosida O‘rta dengiz yuzasidan bo‘ladigan bug‘lanish miqdorini 
aniqladi. Ayni paytda olim mazkur dengizga quyiladigan yirik daryolar 
keltirib quyadigan suv miqdorini ham aniqlagan. Bu bilan u Yer sharida 
suvning aylanish sxemasini tuzishga yakun yasadi. 
Yuqorida nomlari tilga olingan olimlarning tajriba jarayonidagi 
o‘lchov ishlarida va hisoblashlarida kamchiliklar bo‘lishiga qaramay, ular 
olgan natijalar ilmiy gidrologiyaning, jumladan, daryolar gidrologiyasining 
kelgusi rivojlanishiga katta turtki bo‘ldi. 
Xalqaro tashkilot - YUNESKO (Birlashgan Millatlar Tashkilotining 
maorif, fan, madaniyat masalalari bilan shug‘ullanuvchi qo‘mitasi) taklifi 
bilan 

Download 6,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   214




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish