1974-yilda ilmiy gidrologiyaning 300 yilligi
nishonlanishi yuqoridagi
fikrlar dalilidir. Bu sananing boshlanishi sifatida P.Perroning "Suv
manbalarining kelib chiqishi haqida" nomli kitobi bosilib chiqqan sana –
1674-yil
qabul qilingan.
Alohida qayd etish lozimki, "gidrologiya" atamasi birinchi marta
XVIII asr oxirida, aniqrog‘I, 1694-yilda nemis olimi Ebergard Melxiorning
"Uch qismdan iborat gidrologiya" kitobida ishlatilgan. Rus tilidagi
adabiyotlarda esa bu atama XVIII asrning ikkinchi yarmida paydo bo‘ldi.
Nemis olimi I.Kant Kenigsberg universitetida 1774-1793-yillarda tabiiy
geografiyadan o‘qigan ma’ruzalarida "gidrologiya" so‘zini ishlatmasa ham
daryolar, ularning hosil bo‘lishi, okeanlar, dengizlar haqidagi masalalarga
alohida to‘xtalgan.
Bu jarayon
XIX asr oxirlarigacha davom etgan, ya’ni
gidrologiya tabiiy geografiyaning bir qismi sifatida o‘rganilgan. Bu
davrlarda talabalar gidrologiya asoslari bilan iqlimshunoslik, melioratsiya
kabi kurslar yordamida tanishganlar.
Yevropada XVIII asrning ikkinchi yarmi - XIX asrlarda daryolardagi
suv yo‘llari holatini yaxshilash maqsadida ularda gidrologik kuzatishlar
keng yo‘lga qo‘yildi. Masalan, Rossiyada 1875-yildan boshlab kema
qatnaydigan daryolarda suv sathini doimiy kuzatish ishlari amalga
oshiriladigan bo‘ldi. Ularning natijasi sifatida 1881-yildan boshlab,
18
daryolar suv sathi haqidagi ma’lumotlar to‘planib, chop etila boshlandi.
XIX asr oxirlari - XX asr boshlarida rus olimlari: A.I.Voeykov,
V.M.Loxtin,
N.S.Lelyavskiy,
V.V.Dokuchayev,
V.G.Glushkov,
E.N.Oldekop va boshqalar tomonidan daryolar gidrologiyasiga oid qator
nazariy tadqiqotlar amalga oshirildi.
Sobiq Ittifoq davrida daryolar gidrologiyasining rivojlanishi
V.G.Glushkov,
M.A.Velikanov,
B.V.Polyakov,
B.D.Zaykov,
L.K.Davidov, B.A.Apollov, G.I.Shamov, G.V.Lopatin, G.P.Kalinin va
boshqa olimlarning nomlari bilan bog‘liqdir. Bu davrda Ittifoq miqyosida
o‘tkazilgan gidrologik syezdlar ham daryolar gidrologiyasining
rivojlanishiga sezilarli ta’sir ko‘rsatdi.
O‘tgan XX asrning boshlaridan gidrologiyaning tadqiqot yo‘nalishi
aniqlasha bordi. Bir qancha mamlakatlar - AQSH, Fransiya, Germaniya va
Rossiyadagi oliy o‘quv yurtlarida gidrologiyadan maxsus kurslar o‘qitila
boshlandi. Shu davrlarda gidrologiyadan bir qancha o‘quv qo‘llanmalari,
keyinchalik darsliklar paydo bo‘ldi. Rossiyada birinchi marta gidrologiya
kursi 1914-yilda Peterburg politexnika institutida professor S.P.Maksimov
tomonidan o‘qilgan. Umuman olganda, XIX asr oxiri - XX asr boshlarida
gidrologiya, uning asosiy qismi bo‘lgan daryolar gidrologiyasi haqidagi
fikrlar
Yu.M.Shokalskiy,
A.I.Voeykov,
E.Oldekop,
A.Penk,
V.M.Lelyavskiy kabi rus olimlarining asarlarida umumlashtirildi.
Ba’zi adabiyotlarda sobiq Ittifoq hududida “Daryolar gidrologiyasi”
fanining taraqqiyotiga 1920-yilda qabul qilingan GOELRO rejasi turtki
bo‘lganligi qayd etiladi. O‘sha yillarda mamlakatni elektrlashtirishni
ko‘zda tutgan bu rejani amalga oshirish uchun daryolarda gidrologik
postlar va stansiyalar tashkil etilib, ularda kompleks kuzatish ishlari
amalga oshirilgan. Rossiyada, aniqrog‘i, SanktPeterburgda 1919-yilda
V.G.Glushkov
rahbarligida
asosiy
faoliyat
yo‘nalishi daryolarni
o‘rganishga qaratilgan Davlat Gidrologiya instituti (DGI) tashkil etilgan.
Daryolar gidrologiyasiga oid dastlabki o‘quv adabiyoti 1952-yilda
B.A.Apollov tomonidan “Ученые о реках”, ya’ni “Daryolar haqida
ta’limot” nomi bilan e’lon qilindi. Oradan o‘n yildan ko‘proq vaqt o‘tib,
aniqrog‘i, 1963-yilda uning to‘ldirilgan ikkinchi nashri chop etildi. Bu
kitob universitetlarning geografiya fakulteti quruqlik gidrologiyasi
mutaxassisligi talabalari uchun darslik sifatida tavsiya etilgan.
Keyinchalik,
1976-yilda
Moskva
davlat
universiteti
professori
A.N.Vajnovning “Гидрология рек”, ya’ni “Daryolar gidrologiyasi” nomli
darsligi chop etildi.
Mamlakatimiz mustaqilligi sharofati bilan respublikamiz oliy ta’lim
tizimida “Gidrologiya” bakalavriatura bosqichi ta’lim yo‘nalishi faoliyati
19
yo‘lga qo‘yildi. Mazkur yo‘nalishning Davlat Ta’lim Standarti hamda
namunaviy o‘quv rejasida “Daryolar gidrologiyasi”ni alohida fan sifatida
o‘qitish ko‘zda tutilgan. O‘quvchilarga taqdim etilayotgan ushbu o‘quv
qo‘llanma ana shu maqsadni amalga oshirish doirasida tayyorlandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |