23
(1889-1929) va G‘.Musaxonovlar vodiyda tashkil etgan “Farg‘ona sayyor o‘lka
sayyoh
drama
truppasi”da
Hamzaning “Zaharli hayot, yohud
ishq qurbonlari” (1916) va ayrim
o‘zga
mualliflarning
muxtasar
inssenirovkalarida, G‘ulom Zafariy
(1899-1937)
Andijon,
so‘ngra
Toshkentda – “Baxtsiz shogird”
(1914), “Bahor”, “Yorqinoy”, “Binafsha”, “Quyon”, “To‘sqinchilik”, “Rahmli
o‘qituvchi”, “Maqtanchoq kishi” va, ayniqsa, “Halima”
ommaviy premyerasi
(1920-yilning 14-sentabrida) asarlarida jarayon tamal toshini o‘rnatdilar.
Hamza va Zafariylardan farqli o‘laroq, Shamsiddin
Xurshid
Sharafiddinov (1892-1960) – “Eskilik va yangilik” (1918), “Turkiston” (1920)
kabi o‘z asarlaridan so‘ng, Alisher Navoiyning “Layli va Majnun”, hamda
“Farhod va Shirin” dostonlarini 1922-yili Toshkentda – Sh.Shoumarov,
To‘ychi Hofizlar maslahati bilan ustuvor bir tarzda maqomlar (“Shashmaqom”,
Farg‘ona-Toshkent maqom yo‘llari)dan tanlab
olingan iqtiboslar evaziga
sahnalashtiradi. Bunday hol bir qator viloyat (Buxoro, Samarqand,
Farg‘ona)larda ham kuzatiladi.
Jarayonning
ikkinchi bosqichi
da, musiqiy
ijod sohasida avvalgilardan
farqli ravishda xalq musiqa merosi namunalari – asl ma’nodagi musiqali
dramalarga aylantirila boshlandi. Xususan, Xurshid librettosi va birlamchi
tanlangan “Shashmaqom” hamda Farg‘ona-Toshkent
maqom turkumlaridan
“iqtibos” tarzida kiritilgan deyarli barcha parchalar saqlanibgina qolmay,
mustaqil yondashishlar evaziga boyitilgan T.Sodiqov va N.Mironovlarning
“Layli va Majnun” (1933, avgustida), V.Uspenskiyning “Farhod va Shirin”
(1936, 2-fevral) musiqali dramalari sahnalashtirildi.
Boz ustiga, ayni shu davrda o‘ta zamonaviy tuyulgan – o‘zbek xotin-
qizlari ijtimoiy ozodligiga da’vat etuvchi T.Sodiqov va R.Glierlarning
“Gulsara” (K.Yashin librettosi, 1935, 5-may) asari ham katta muvaffaqiyat ila
24
sahna yuzini ko‘rdi.
Sanab o‘tilgan deyarli barcha musiqali dramalar nainki O‘zbekiston,
balki bir qator qo‘shni hududlardagi (O‘sh, Xo‘jand) teatrlarda ham 1920-
1930-yillardayoq ketma-ketiga sahnalashtirila boshlaganligi – tom ma’nodagi
o‘zbek musiqali teatri o‘zigagina xos xususiyatlari
bilan shakllanganligidan
dalolat beradi. Demak, hozirgi kunga qadar faqat O‘zbekistondagina odat tusini
olib kelayotgan va, ochig‘ini aytganda, jami 16ta
10
musiqali teatrlarimizdan –
13 tasi (!)ayni musiqali drama va komediyalarga mo‘ljallangan bo‘lib, mazkur
janr uzoq va yaqin o‘tmish, hamda zamonaviy pallada o‘zining voqe’bandligi,
ijtimoiy
hayotni
aks
ettirishda
hozirjavobligi
bois, boshqa (opera, balet,
operetta
kabi)
musiqali
sahnaviy janrlar orasida
Do'stlaringiz bilan baham: