Учебное пособие для вузов. Т.: Тфи, 2019. с. A. S. Djuraev- doctor of Economics, Professor of the Department of «Taxes and Taxation»


-BO`LIM.“SOLIQ MAMURLARININING SOLIQ TEKSHIRUVLARI



Download 4,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet66/146
Sana31.03.2022
Hajmi4,14 Mb.
#520764
TuriУчебное пособие
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   146
Bog'liq
fayl 1954 20210924

 
4-BO`LIM.“SOLIQ MAMURLARININING SOLIQ TEKSHIRUVLARI 
NATIJALARI SAMARALI TASHKIL ETISH” 
 
13- MAVZU.SOLIQ TEKSHIRUVI NATIJALARINI 
RASMIYLASHTIRISH VA UNI KO`RIB CHIQISH TARTIBI 
 
1.Soliq tekshiruvi natijalarini rasmiylashtirish tartibi. 
2.Soliq tekshiruvi materiallarini soliq idoralarida ro‟yxatdan o‟tkazish tartibi. 
3. Ro‟yxatdan o‟tkazilgan soliq tekshiruvi materiallari, shuningdek soliqqa 
oid huquqbuzarliklar to‟g‟risidagi materiallarning harakatini nazorat qilish 
va uning hisobini yuritis. 
 
1.Soliq tekshiruvi natijalarini rasmiylashtirish tartibi. 
Soliq tekshiruvi 
davlat soliq xizmati organlari tomonidan, qonun 
hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda esa, prokuratura organlari tomonidan amalga 
oshiriladigan soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining bajarilishini tekshirishdir.
Soliq tekshiruvi natijsi bo`yicha dalolatnoma tuziladi. 
 
Soliq tekshiruvi
dalolatnomasi: kirish, asosiy va yakuniy qismlardan iborat bo‘ladi. Soliq tekshiruvi
dalolatnomasining kirish qismida o‘tkazilayotgan tekshirish va tekshirilayotgan 
sub‘ekt (soliq to‘lovchi) haqida umumiy ma‘lumotlar;
- soliq organi rahbari (rahbar o‘rinbosari) tomonidan hujjatli tekshirishni 
o‘tkazish to‘g‘risidagi buyruqning raqami, sanasi;
- tekshirilayotgan tadbirkorlik sub‘ektining ta‘sis hujjatlariga ko‘ra to‘liq va 
qisqacha nomi; 
- soliq to‘lovchining identifikatsion raqami (STIR) va kodi; 


183
- tekshirish o‘tkazilgan joyning nomi (tekshirish o‘tkazilgan hudud, aholi 
maskani); 
- tekshiruv dalolatnomasi rasmiylashtirilgan sana tekshiruv o‘tkazgan 
shaxslarning dalolatnomaga imzo qo‘ygan sanasi.
Soliq tekshiruviga soliq xizmatining boshqa organlari mutaxasislari jalb 
etilgan taqdirda, tekshirish dalolatnomasida ularning ham familiyasi, ismi, mansabi 
va ular xizmat qilayotgan soliq organlari nomi ko‘rsatilib o‘tiladi. Tadbirkorlik 
sub‘ektining tekshiruv o‘tkazilayotgan faoliyat davri, tekshirish boshlangan va 
tugallanish sanasi. Bunda, tekshirishning boshlanish sanasi bo‘lib, tekshirilayotgan 
sub‘ekt rahbariga (vazifasini vaqtinchalik bajaruvchi shaxsga), hujjatli tekshirishni 
o‘tkazish to‘g‘risida soliq organi boshlig‘ining (o‘rinbosarlari) buyrug‘ini taqdim 
qilingandagi sanasi, tekshirishni tugatilish sanasi esa - tekshiruvni amalga oshirgan 
tekshiruvchilarning dalolatnomaga imzo qo‘ygan sanasi hisoblanadi.
Ammo, tekshirishga taqdim etilishi lozim bo‘lgan hujjatlar bo‘lmagan yoki 
ularni tekshiruvga taqdim etilmagan holatlarda, tekshirishni boshlanish sanasi 
bo‘lib, tekshiruvga hujjatlar taqdim etilgan sana hisoblanadi.
- tekshirilayotgan davrda, tekshirilayotgan sub‘ekt mansabdor shaxslarining 
(rahbari, bosh hisobchisi yoki ularning vazifasini bajaruvchilar) familiyasi, ismi, 
sharifi;
Agarda tekshirilayotgan davr maboynida yuqorida qayd etilgan shaxslar 
tarkibida o‘zgarish yuz bergan bo‘lsa, mazkur shaxslarning, qaysi vaqtdan boshlab 
(buyruq, farmoyish, ta‘sischilar yig‘ilish qarori yoki ishga tayinlash va bo‘shatish 
to‘g‘risidagi boshqa hujjatlar) tegishli mansabga, ishga tayinlangani yoki 
bo‘shatilgani ko‘rsatib o‘tiladi;
- tekshirilayotgan sub‘ekt joylashgan manzili (xususiy tadbirkorning yashash 
manzili), shuningdek, ular tomonidan xo‘jalik faoliyati amalga oshirilayotgan 
manzil (davlat ro‘yxatidan o‘tgan manzil bilan solishtirish);
- maxsus ruxsatnoma (litsenziya) asosida amalga oshirilayotgan faoliyat 
to‘g‘risidagi malumotlar (sanasi, raqami, bergan tashkilotning nomi, ruxsatnoma 
amal qilishining boshlanish va tugash sanasi);


184
- sub‘ektning haqiqatda amalga oshirayotgan moliya-xo‘jalik faoliyati turi, 
shu jumladan qonun bilan taqiqlangan faoliyat turi yoki maxsus ruxsatnoma 
olmasdan faoliyat ko‘rsatayotganligi to‘g‘risidagi malumot;
- tekshirish o‘tkazish uslubi, uning birlamchi hujjatlarni (to‘liq yoki tanlash 
yo‘li bilan) tekshirilishi tartibi;
- tekshirish bilan bog‘liq bo‘lgan hujjatlar va buyumlarni olib qo‘yilganligi, 
ekspertiza, soliq to‘lovchining mulklari sanoqdan o‘tkazilganligi, korxona hududi 
va binolari ko‘zdan kechirilganligi va tekshiruv davrida amalga oshirilgan boshqa 
tadbirlar to‘g‘risida malumot; 
- bank muassasalaridagi hisob raqami (shu jumladan Respublikadan 
tashqarisida mavjud bo‘lganlari) va boshqa malumotlar to‘g‘risida;
- ilgari o‘tkazilgan tekshirishlar (Moliya vazirligi, soliq idoralari, huquqni 
muxofaza qilish idoralari va auditorlik tashkilotlari tomonidan), ular natijalari 
bo‘yicha qabul qilingan choralar (soliq idorasiga qayta topshirilgan hisobotlar, 
keltirilgan zararning qoplanishi, ko‘zg‘atilgan jinoyat ishlari) haqida qisqacha 
malumot; 
- tashkil etilgan sho‘ba korxonalari, vakolatxonalar, filiallar va boshqa 
tarkibiy tuzilmalari haqida ma‘lumot; 
- ta‘sischilar va ta‘sis hujjatlariga asosan nizom fondining miqdori va 
tekshiruv kuniga qadar nizom fondining haqiqatda shakllantirilganligi haqida 
ma‘lumot (pul mablag‘lari hisobida - so‘m yoki valyuta, asosiy vositalar, 
intellektual mulk, nomoddiy aktivlar va h.k.);
- aksionerlik jamiyatlarida aksiyalarning chiqarilishi va ularning 
joylashtirilishi (foiz hisobida, pul mablag‘lari va miqdor ko‘rinishida) hamda 
aksionerlar va xususiylashtirish haqida boshqa zarur bo‘lgan ma‘lumotlar.
Soliq tekshiruvi (taftish) natijasi bo‘yicha tuzilgan dalolatnomaning tavsif 
qismida, tekshirish natijasida aniqlangan hujjatli tasdiqlangan soliq va boshqa 
qonunbuzarlik faktlari yoki qonunbuzarliklarni aniqlanmaganligi holatlari
shuningdek tekshirish natijalari bo‘yicha qaror qabul qilishga ta‘sir etadigan 
holatlar tizimli ifodalaniladi. Tekshiruv davomida soliq qonunchiligiga taalluqli 


185
bo‘lmagan lekin nazorati soliq idoralariga yuklatilgan qonunbuzarliklar 
aniqlanganda bunday faktlar ham hujjatli tekshiruvlar natijasi bo‘yicha tuziladigan 
dalolatnomada aks ettirilishi lozim. 
Soliq tekshiruvi dalolatnomasi kamida uch nusxada tuziladi. 
Soliq tekshiruvi dalolatnomasining barcha nusxalari davlat soliq xizmati 
organlarining soliq tekshiruvini o‘tkazayotgan mansabdor shaxslari tomonidan 
imzolanadi. Soliq tekshiruvi dalolatnomasining bir nusxasi soliq to‘lovchiga 
topshiriladi. 
Soliq to‘lovchi soliq tekshiruvi dalolatnomasini olganda 
dalolatnomaning barcha nusxalariga uni olgan sanani ko‘rsatgan holda imzo 
qo‘yishi shart. Soliq tekshiruvi dalolatnomasining davlat soliq xizmati organida 
qolgan nusxalari soliq tekshiruvi materiallariga qo‘shib qo‘yiladi. 
Soliq to‘lovchining soliq tekshiruvi dalolatnomasidagi imzosi uning soliq 
tekshiruvi natijalaridan rozi ekanligini anglatmaydi. 
Soliq to‘lovchi soliq tekshiruvi dalolatnomasini olishdan bosh tortgan 
taqdirda davlat soliq xizmati organining mansabdor shaxsi bu haqda soliq 
tekshiruvi dalolatnomasiga tegishli yozuv kiritadi. Mazkur holda soliq tekshiruvi 
dalolatnomasining bir nusxasi soliq to‘lovchiga pochta orqali buyurtma xat bilan 
yuboriladi va shu paytdan e‘tiboran soliq tekshiruvi tugallangan hisoblanadi. 
Soliq tekshiruvi dalolatnomasi soliq to‘lovchiga topshirilgan kun soliq 
tekshiruvi tugallangan kun hisoblanadi. 
Soliq tekshiruvini o‘tkazish uchun asos bo‘lgan, soliq Kodeksining 88-
moddasida belgilangan quyidagilarning nusxalari: 
tadbirkorlik sub‘ektlarining faoliyatini tekshirishlarni muvofiqlashtirish 
bo‘yicha vakolatli organning tekshiruvni o‘tkazishga roziligi, ushbu rozilikda 
tekshiriladigan ob‘ektning nomi, soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami, 
tekshiruvning maqsadi, tekshiruv o‘tkazish muddatlari va uni asoslovchi sabablar 
ko‘rsatiladi;
davlat soliq xizmati organining buyrug‘i, buyruqda tekshiruvni o‘tkazish 
maqsadi, muddatlari va tekshiruvchi mansabdor shaxslarning tarkibi ko‘rsatiladi, 
soliq tekshiruvi doirasida sodir etilgan harakatlar to‘g‘risidagi bayonnomalar, 


186
inventarizatsiya dalolatnomalari, ekspertlarning xulosasi, soliq tekshiruvi o‘tkazish 
paytida olingan materiallar, shuningdek soliq tekshiruvi doirasida harakatlar sodir 
etilganligini tasdiqlovchi boshqa hujjatlar soliq tekshiruvi dalolatnomasiga qo‘shib 
qo‘yilishi lozim. 
Soliq tekshiruvi materiallari O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq 
qo‘mitasi belgilagan tartibga binoan soliq to‘lovchi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan 
joydagi davlat soliq xizmati organida soliq tekshiruvi tugallangan kundan e‘tiboran 
keyingi ish kunidan kechiktirmasdan ro‘yxatdan o‘tkazilishi lozim.

Download 4,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   146




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish