Учебное пособие для вузов. Т.: Тфи, 2019. с. A. S. Djuraev- doctor of Economics, Professor of the Department of «Taxes and Taxation»


 Ro‟yxatdan o‟tkazilgan soliq tekshiruvi materiallari, shuningdek



Download 4,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet68/146
Sana31.03.2022
Hajmi4,14 Mb.
#520764
TuriУчебное пособие
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   146
Bog'liq
fayl 1954 20210924

3. Ro‟yxatdan o‟tkazilgan soliq tekshiruvi materiallari, shuningdek 
soliqqa oid huquqbuzarliklar to‟g‟risidagi materiallarning harakatini nazorat 
qilish va uning hisobini yuritis. 
Davlat soliq inspektsiyalari tomonidan o‘tkazilgan, shuningdek belgilangan 
tartibda ko‘rib chiqish uchun davlat soliq inspektsiyalariga kelib tushgan soliq 
tekshiruvi materiallari hamda soliqqa oid huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi materiallar 
davlat soliq inspektsiyasining Navbatchi qismida yuritiladigan 2-shakl kitobida 
ro‘yxatdan o‘tkazilgan kundan e‘tiboran keyingi ish kunidan kechiktirmasdan uni 
Navbatchi qismidan qabul qilib olgan mansabdor shaxs tomonidan davlat soliq 
inspektsiyasining tegishli funktsional bo‘limida yuritiladigan 4-shakl kitobida 
hisobga olinishi shart. 
Davlat soliq qo‘mitasining Bozorlar va savdo komplekslari faoliyatini 
nazorat qilish bosh boshqarmasi va uning hududiy bo‘limlari boshliqlarining 
buyruqlariga asosan o‘tkazilgan soliq tekshiruvi materiallari hamda aniqlangan 
soliqqa oid huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi materiallar belgilangan tartibda va 
muddatda soliq to‘lovchi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan joydagi davlat soliq 
inspektsiyasining Navbatchi qismidagi 2-shakl kitobida ro‘yxatdan o‘tkazilgan 
kundan e‘tiboran keyingi ish kunidan kechiktirmasdan tegishli ravishda Bozorlar 
va savdo komplekslari faoliyatini nazorat qilish bosh boshqarmasi va uning 
hududiy bo‘limlarida yuritiladigan 4-shakl kitobida hisobga olinishi lozim. 
Davlat soliq qo‘mitasi va davlat soliq boshqarmalarining buyruqlariga 
asosan o‘tkazilgan soliq tekshiruvi materiallari hamda aniqlangan soliqqa oid 
huquqbuzarlik to‘g‘risidagi materiallar belgilangan tartibda va muddatda soliq 
to‘lovchi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan joydagi davlat soliq inspektsiyasining 
Navbatchi qismidagi 2-shakl kitobida ro‘yxatdan o‘tkazilgan kundan e‘tiboran 
keyingi ish kunidan kechiktirmasdan soliq tekshiruvini o‘tkazgan mansabdor 
shaxs, tekshiruv bir nechta mansabdor shaxs tomonidan o‘tkazilgan taqdirda guruh 
rahbari tomonidan, Davlat soliq qo‘mitasida Rais o‘rinbosarining, davlat soliq 
boshqarmalarida esa, boshliq yoki uning o‘rinbosarining munosabat belgisi 
(rezolyutsiyasi) asosida tegishli ravishda Davlat soliq qo‘mitasi va davlat soliq 


189
boshqarmalarining Navbatchi qismida yuritiladigan 3-shakl kitobida hisobga 
olinishi shart. 
Davlat soliq qo‘mitasi va davlat soliq boshqarmalarining Navbatchi qismida 
yuritiladigan 3-shakl kitobida hisobga olingan soliq tekshiruvi materiallari hamda 
soliqqa oid huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi materiallar, ular 3-shakl kitobida 
hisobga olingan kundan e‘tiboran keyingi ish kunidan kechiktirmasdan, ularni 
Navbatchi qismidan qabul qilib olgan mansabdor shaxs tomonidan Davlat soliq 
qo‘mitasi
yoki davlat soliq boshqarmalarining tegishli tarkibiy tuzilmasida yuritiladigan 4-
shakl kitobida hisobga olinishi shart. 
Davlat soliq qo‘mitasi va davlat soliq boshqarmalarining Navbatchi qismida 
yuritiladigan 3-shakl kitobida hamda davlat soliq inspektsiyalarining Navbatchi 
qismida yuritiladigan 2-shakl kitobida ro‘yxatdan o‘tkazilgan har bir material 
bo‘yicha ularni ko‘rib chiqish natijalari material ro‘yxatdan o‘tkazilgan kundan 
boshlab yigirma ish kunidan kechiktirmasdan tegishli 3 va 2-shakl kitoblariga qayd 
etilishi lozim.Bunda, 3 va 2-shakl kitoblariga: 
materialni Soliq kodeksining 102-moddasida belgilangan tartibda ko‘rib 
chiqish natijalari hamda soliqlar, boshqa majburiy to‘lovlar va penyani hisoblash 
yoki buni rad etish, shuningdek soliq to‘lovchini soliqqa oid huquqbuzarlik sodir 
etganligi uchun javobgarlikka tortish yoki buni rad etish to‘g‘risida qabul qilingan 
qaror to‘g‘risidagi ma‘lumotlar materialni ko‘rib chiqishga tayyorlagan funktsional 
tuzilmaning mas‘ul (material bo‘yicha ijrochi) xodimi tomonidan; 
soliq to‘lovchi yuridik shaxsning mansabdor shaxslarini hamda yakka 
tartibdagi tadbirkorlar va jismoniy shaxslarni ma‘muriy javobgarlikka tortish 
to‘g‘risida qabul qilingan qaror yoki ma‘muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi 
bayonnoma va materiallarni ma‘muriy ishni ko‘rib chiqish vakolatiga ega bo‘lgan 
organlar (sud)ga yuborilganligi hamda ular tomonidan qabul qilingan qaror 
to‘g‘risidagi ma‘lumotlar ma‘muriy amaliyot bo‘limi (sho‘‘basi, mas‘ul xodimi) 
tomonidan; 


190
Bozorlar va savdo komplekslari faoliyatini nazorat qilish bosh boshqarmasi 
va uning hududiy bo‘limlari boshliqlarining buyruqlariga asosan o‘tkazilgan soliq 
tekshiruvi materiallari va aniqlangan soliqqa oid huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi 
materiallar bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilganligi, jinoyat ishi qo‘zg‘atish rad 
etilganligi, shuningdek belgilangan tartibda ko‘rib chiqish uchun vakolatli 
organlarga yuborilganligi va ular tomonidan qabul qilingan qaror (ajrim, hukm)lar 
to‘g‘risidagi ma‘lumotlar Bozorlar va savdo komplekslari faoliyatini nazorat qilish 
bosh boshqarmasi va uning hududiy bo‘limlarining mas‘ul (material bo‘yicha 
ijrochi) xodimlari tomonidan qayd qilinadi va tegishli qarorlar nusxalari davlat 
soliq inspektsiyasining Navbatchi qismiga taqdim etiladi. 
Davlat soliq inspektsiyalari tomonidan ko‘rib chiqish yakuni bo‘yicha 
jinoyat alomatlari aniqlangan soliq tekshiruvi materiallari, shuningdek soliqqa oid 
huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi materiallar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga 
yuborilgan taqdirda, materialni huquqni muhofaza qiluvchi organga yuborish 
to‘g‘risidagi xatni tayyorlagan bo‘lim (sho‘‘ba)ning mas‘ul (material bo‘yicha 
ijrochi) xodimi tomonidan materialni huquqni muhofaza qiluvchi organga yuborish 
to‘g‘risidagi xat imzolangan kunning o‘zida uning nusxasi davlat soliq 
inspektsiyasining Navbatchi qismiga taqdim etilgan holda, 1-shakl kitobida 
hisobga olinishi shart. 
Bunda, shu kunning o‘zida ushbu mas‘ul xodim tomonidan 2-shakl kitobiga 
ham material huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborilganligi to‘g‘risida 
tegishli ma‘lumot qayd qilinadi. 
Soliq tekshiruvi materiallari, shuningdek soliqqa oid huquqbuzarliklar 
to‘g‘risidagi 
materiallar 
Davlat 
soliq 
qo‘mitasi
va davlat soliq boshqarmalari tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi organlarga 
yuborilgan taqdirda, materialni huquqni muhofaza qiluvchi organga yuborish 
to‘g‘risidagi xatni tayyorlagan tuzilmaning mas‘ul (material bo‘yicha ijrochi) 
xodimi tomonidan materialni huquqni muhofaza qiluvchi organga yuborish 
to‘g‘risidagi xat imzolangan kunning o‘zida uning nusxasi Navbatchi qismiga 
taqdim etilgan holda, 3-shakl kitobida tegishli ma‘lumot qayd etilishi, shuningdek 


191
material huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborilganligi to‘g‘risida ushbu 
material ro‘yxatdan o‘tkazilgan davlat soliq inspektsiyasiga materialni huquqni 
muhofaza qiluvchi organga yuborish to‘g‘risidagi xat nusxasini ilova qilgan holda 
ma‘lumot yuborilishi lozim. 
Soliq tekshiruvi materiallari, shuningdek soliqqa oid huquqbuzarliklar 
to‘g‘risidagi materiallar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborilganligi 
to‘g‘risidagi ma‘lumot Davlat soliq qo‘mitasi va davlat soliq boshqarmalaridan 
davlat soliq inspektsiyasiga kelib tushgan kunning o‘zida, davlat soliq 
inspektsiyasi boshlig‘i yoki uning o‘rinbosarining munosabat belgisi 
(rezolyutsiyasi) asosida, rezolyutsiyada ijrochi sifatida ko‘rsatilgan xodim 
tomonidan materialni huquqni muhofaza qiluvchi organga yuborish to‘g‘risidagi 
xat nusxasi davlat soliq inspektsiyasining Navbatchi qismiga taqdim etilgan holda, 
1-shakl kitobida hisobga olinishi hamda 2-shakl kitobiga material huquqni 
muhofaza qiluvchi organlarga yuborilganligi to‘g‘risida tegishli ma‘lumot qayd 
qilinishi lozim. 
Huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborilgan soliq tekshiruvi 
materiallari hamda soliqqa oid huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi materiallar asosida 
jinoyat ishi qo‘zg‘atilganligi yoki jinoyat ishini qo‘zg‘atish rad etilganligi haqidagi 
ma‘lumotlar kelib tushgan kundan kechiktirmasdan davlat soliq inspektsiyasi 
boshlig‘i yoki uning o‘rinbosarining munosabat belgisi (rezolyutsiyasi) asosida, 
rezolyutsiyada ijrochi sifatida ko‘rsatilgan xodim tomonidan davlat soliq 
inspektsiyasining Navbatchi qismidagi 1-shakl kitobga tegishli yozuvlar kiritiladi 
hamda tegishli qaror nusxasi Navbatchi qismga taqdim etiladi. 
Bozorlar va savdo komplekslari faoliyatini nazorat qilish bosh boshqarmasi 
va uning hududiy bo‘limlari tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan soliq tekshiruvi 
materiallari hamda soliqqa oid huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi materiallar va ularni 
ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha material ro‘yxatdan o‘tkazilgan davlat soliq 
inspektsiyasining Navbatchi qismiga 1-shakl kitobiga hisobga olish uchun jinoyat 
ishi qo‘zg‘atilgan, shuningdek jinoyat ishini ko‘rib chiqish yakuni bo‘yicha qaror 


192
qabul qilingan kunning o‘zida, tegishli qaror nusxasi ilova qilingan holda 
ma‘lumot taqdim etilishi shart. 
Har bir material bo‘yicha qabul qilingan qarorlarning hamda materialni 
huquqni muhofaza qiluvchi organlarga va sudga yuborilganligi to‘g‘risidagi 
xatlarning, shuningdek huquqni muhofaza qiluvchi organlar va sud tomonidan 
qabul qilingan qarorlarning Navbatchi qismga taqdim etilgan nusxalari davlat soliq 
xizmati organlarining Navbatchi qismi tomonidan xronologik ketma-ketlikda 
jildlarga tikilib, saqlanishi lozim. 
Huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborilgan materiallarning ko‘rib 
chiqish natijalari to‘g‘risidagi ma‘lumotlar, ular yuborilgan kundan e‘tiboran o‘n 
ish kuni mobaynida davlat soliq xizmati organiga kelib tushmagan taqdirda, davlat 
soliq xizmati organining Ma‘muriy amaliyot bo‘limi (sho‘‘basi, mas‘ul xodimi), 
shuningdek Bozorlar va savdo komplekslari faoliyatini nazorat qilish bosh 
boshqarmasi va uning hududiy bo‘limlarining Surishtiruv bo‘limi (sho‘‘basi, 
surishtiruvchisi) tomonidan ushbu organga materialni ko‘rib chiqish natijalarini 
taqdim etish to‘g‘risida xat tayyorlanib, belgilangan tartibda yuboriladi. 
Davlat soliq qo‘mitasi va davlat soliq boshqarmalarining 3-shakl kitobida va 
davlat soliq inspektsiyalarining 2-shakl kitobida ro‘yxatga olingan materiallarni 
ko‘rib chiqishning yakuniy natijalari bo‘yicha davlat soliq xizmati organlarining 
Navbatchi qismi tomonidan davlat soliq xizmati organining tegishli funktsional 
tuzilmalari, Ma‘muriy amaliyot bo‘limi (sho‘‘basi, mas‘ul xodimi) hamda Bozorlar 
va savdo komplekslari faoliyatini nazorat qilish bosh boshqarmasi va uning 
hududiy bo‘limlari o‘rtasida har oy yakuni bo‘yicha keyingi oyning beshinchi 
sanasiga qadar solishtiruv dalolatnomalari tuzilib, tegishli ravishda 3 va 2-shakl 
kitoblariga tegishli yozuvlar kiritib boriladi. 
Soliq tekshiruvi materiallari hamda soliqqa oid huquqbuzarliklar 
to‘g‘risidagi materiallar 2 va 3-shakl kitoblarida belgilangan muddatda va tartibda 
ro‘yxatdan o‘tkazilishi ustidan nazorat tegishli ravishda davlat soliq xizmati 
organining soliq tekshiruvini o‘tkazgan va/yoki soliqqa oid huquqbuzarlikni 
aniqlagan tuzilmasi rahbari tomonidan amalga oshiriladi. 


193
Soliq tekshiruvi materiallari shuningdek, soliqqa oid huquqbuzarliklar 
to‘g‘risidagi materiallar davlat soliq xizmati organlarining 4-shakl kitobiga o‘z 
vaqtida hisobga olinishi hamda ularning belgilangan muddatda va tartibda ko‘rib 
chiqilishi (ijro etilishi) ustidan nazorat va javobgarlik quyidagi mansabdor shaxslar 
zimmasiga yuklatiladi: 
Davlat soliq qo‘mitasida tegishli ravishda Hujjatlar bo‘yicha tekshirishlarni 
tashkil etish va o‘tkazish boshqarmasi, Nazorat tartibidagi va qisqa muddatli 
tekshirishlarni tashkil etish boshqarmasi va Jismoniy shaxslarga soliq solish bosh 
boshqarmasi boshliqlariga; 
davlat soliq boshqarmalari va davlat soliq inspektsiyalarida Soliq 
tekshiruvlari va Jismoniy shaxslarga soliq solish bo‘limlari boshliqlariga hamda 
boshliqning ushbu tuzilmalar faoliyatini nazorat qiluvchi o‘rinbosarlariga; 
Davlat soliq qo‘mitasining Bozorlar va savdo komplekslari faoliyatini 
nazorat qilish bosh boshqarmasi va uning hududiy bo‘limlarida tegishli ravishda 
Bozorlar va savdo komplekslari faoliyatini nazorat qilish bosh boshqarmasi va 
uning hududiy bo‘limlari boshliqlariga. 
Davlat soliq xizmati organlarining Navbatchi qismi, Ma‘muriy amaliyot 
bo‘limi (sho‘‘basi, mas‘ul xodimi), tegishli funktsional tuzilmalari hamda Bozorlar 
va savdo komplekslari faoliyatini nazorat qilish bosh boshqarmasi va uning 
hududiy bo‘limlari boshliqlari tomonidan 1, 2, 3 va 4-shakl kitoblarga ro‘yxatga 
olingan materiallar va ularni ko‘rib chiqish natijalari to‘g‘risida har oy yakuni 
bo‘yicha keyingi oyning 10 sanasiga qadar solishtiruv dalolatnomalari tuzilib, 
aniqlangan tafovutlar va kamchiliklar bartaraf etib boriladi. 
Davlat soliq xizmati organlarining Navbatchi qismida yuritiladigan 1, 2 va 
3-shakl kitoblariga ro‘yxatga olingan materiallarning ko‘rib chiqish natijalari 
to‘g‘risidagi ma‘lumotlarni belgilangan muddatda taqdim etmaslikning har bir 
holati yuzasidan Navbatchi qism tomonidan davlat soliq xizmati organi rahbariga 
yoki o‘rinbosariga bildirgi kiritib boriladi. 

Download 4,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   146




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish