170
xazinachi (kassir) ning ishida va uni nazorat qiluvchi mansabdor shaxslarning
faoliyatidagi kamchiliklarning, aniqlanishi korxonaning pul mablag‘larini, kassa va
bank operatsiyalarini hamda shu bilan bog‘liq korxonaning boshqa faoliyatlarini
taftishdan o‘tkazishda ma‘lum darajada aniq maqsadga yo‘naltiruvchi omil bo‘lib
xizmat qiladi. Korxonaning kassa va bank operatsiyalarini o‘rganib chiqish, pul
mablag‘larining saqlanishini tekshirilishi soliq organlari
hujjatli tekshiruvlarining
eng muhim qismi hisoblanadi. Soliqchi mansabdor shaxslar tomonidan amalga
oshirilayotgan tekshiruv tajribalari shuni ko‘satmoqdaki, ayrim korxonalarda
aynan pul operatsiyalarini bajarishda kassa intizomining buzilishi
oqibatida talon-
tarojlik va suiqast kabi jiddiy huquqbuzarliklar sodir etilmoqda. Pul mablag‘larini
taftishdan o‘tkazishning muhim vazifalari shundan iboratki, hujjatli tekshiruv
kassa va bank operatsiyalarining to‘g‘ri bajarilishini to‘liq asoslab berilishini talab
qiladi. Bundan tashqari qator kirim va chiqim operatsiyalari bo‘yicha korxonaning
boshqa uchastkalaridagi hujjatlar bilan taqqoslama
muqobil tekshiruvlar ham
o‘tkazilishi mumkin. Masalan, naqd pul tushumlarining kassaga kirim qilinishi
tegishli bankdagi xisob raqamlaridagi chiqim,
tovar moddiy qiymatliklar
realizatsiyasi va xisob-kitob operatsiyalariga oid ma‘lumotlar bilan solishtirib
ko‘riladi.
Korxonaning kassa va bank operatsiyalarini tekshirish natijasida soliq
inspektori tomonidan quyidagilarni aniqlash asosiy maqsad hisoblanadi:
- kassada bo‘lishi lozim bo‘lgan naqd pul va boshqa qimmatli qog‘ozlarning
mavjudligini;
- kassada saqlanayotgan pul va boshqa mablag‘larni to‘liq
kirim qilinib
rasmiylashtirilganligini;
- pul mablag‘larini mo‘ljallangan maqsadga sarflanganligini;
- kassadagi pul mablag‘larining saqlanishi va sarflanishi bo‘yicha qat‘iy
nazorat yuritilganligini;
- amalga oshirilgan kassa va bank operatsiyalarning haqiqiyligini;
- pul bilan bog‘liq hisob-kitob hujjatlarini to‘g‘ri rasmiylashtirilganligini;
- kassadagi pul mablag‘lari harakatining tegishli bank xisob-kitob
171
raqamlaridagi o‘zaro bog‘liq ma‘lumotlarga to‘g‘ri kelishini;
- chiqim qilingan pul mablag‘lari harajatlarining to‘g‘ri va asoslangan holda
rasmiylashtirilganligini.
Bunda ayniqsa harajatlar schyotlari, ish
haqi fondi va boshqa maxsus
manba‘lardan qilingan harajatlarga alohida e‘tibor qaratilishi lozim. Pul
mablag‘lari, kassa va bank operatsiyalarining taftishi korxonaning xisob-kredit
operatsiyalarining xisob-kitobini yurituvchi xizmatlarning faoliyatini,
ishchi-
xizmatchilar bilan ish haqi bo‘yicha xisob-kitoblar, tovar moddiy qiymatliklarning
realizatsiyasi, bajarilgan ishlar xajmi, harajatlar smetasi va boshqa sohalarning
tekshiruvlari bilan uzviy bog‘liqlikda o‘tkazilishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: