Soliq kodeksiga
muvofiq:
Davlat soliq xizmati organlarining mansabdor shaxslari va soliq to‘lovchi
soliq tekshiruvlarining ishtirokchilaridir. Soliq tekshiruvlarida soliq to‘lovchining
vakili ishtirok etishi mumkin.
Soliq to‘lovchi
moliya-xo‟jalik
faoliyatining tekshiruvini o‘tkazish (taftish
qilish) uchun
quyidagilar asos bo‟ladi:
tadbirkorlik sub‘ektlarining faoliyatini tekshirishlarni muvofiqlashtirish bo‘yicha
vakolatli organning tekshiruvni o‘tkazishga roziligi, ushbu rozilikda
tekshiriladigan ob‘ektning nomi, soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami,
tekshiruvning maqsadi, tekshiruv o‘tkazish muddatlari va uni asoslovchi sabablar
ko‘rsatiladi;
davlat soliq xizmati organining buyrug‘i, buyruqda tekshiruvni o‘tkazish
maqsadi, muddatlari va tekshiruvchi mansabdor shaxslarning tarkibi ko‘rsatiladi.
Soliq to‘lovchilar moliya-xo‘jalik faoliyatining rejali soliq tekshiruvlari
(taftishlari) bir yilda ko‘pi bilan bir marta, belgilangan normalar va qoidalarga o‘z
vaqtida hamda to‘liq hajmda rioya etayotgan soliq to‘lovchilar moliya-xo‘jalik
faoliyatining rejali soliq tekshiruvlari esa, ikki yilda ko‘pi bilan bir marta amalga
oshiriladi.
Xususiy bank va boshqa xususiy moliya institutlari moliya-xo‘jalik
faoliyatining rejali soliq tekshiruvlari (taftishlari) besh yilda ko‘pi bilan bir marta,
mikrofirmalar, kichik korxonalar va fermer xo‘jaliklari moliya-xo‘jalik
faoliyatining rejali soliq tekshiruvlari (taftishlari) to‘rt yilda ko‘pi bilan bir marta,
boshqa tadbirkorlik sub‘ektlari moliya-xo‘jalik faoliyatining rejali soliq
tekshiruvlari (taftishlari) uch yilda ko‘pi bilan bir marta amalga oshiriladi.
Yangi tashkil etilgan mikrofirmalar, kichik korxonalar va fermer xo‘jaliklarining
moliya-xo‘jalik faoliyati ular davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan paytdan e‘tiboran
dastlabki uch yil mobaynida rejali soliq tekshiruvlaridan o‘tkazilmaydi.
166
Aktsiz to‘lanadigan tovarlar ishlab chiqaruvchi yangi tashkil etilgan
mikrofirmalar, kichik korxonalar va fermer xo‘jaliklarining moliya-xo‘jalik
faoliyati, shuningdek mikrofirmalar, kichik korxonalar va fermer xo‘jaliklarining
byudjet hamda markazlashtirilgan mablag‘lar va resurslardan maqsadli foydalanish
bilan bog‘liq moliya-xo‘jalik faoliyati ular davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan paytdan
e‘tiboran dastlabki ikki yil mobaynida rejali soliq tekshiruvlaridan o‘tkazilmaydi.
Tadbirkorlik sub‘ektlarining moliya-xo‘jalik faoliyati soliqlar va boshqa majburiy
to‘lovlar moliya yili mobaynida muntazam ravishda to‘lanmagan taqdirda, rejali
tekshiruvlardan o‘tkazilishi mumkin.
Davlat soliq xizmati organi rejali soliq tekshiruvi o‘tkazishning boshlanishi
haqida tekshiruvni o‘tkazish boshlanishidan kamida o‘ttiz kalendar kun oldin
tadbirkorlik sub‘ektini tekshiruvdan o‘tkazish muddatlari va predmetini ko‘rsatgan
holda, yozma shaklda xabardor qilishi shart.
Tadbirkorlik sub‘ekti tomonidan belgilangan tartibda taqdim etilgan moliya
va soliq hisobotini, shuningdek tadbirkorlik sub‘ektining faoliyati to‘g‘risida
davlat soliq xizmati organida mavjud bo‘lgan boshqa hujjatlarni o‘rganish hamda
tahlil etish asosida o‘tkaziladigan kameral nazorat natijalari bo‘yicha
qoidabuzarliklar aniqlangan hollardagina davlat soliq xizmati organlari
tadbirkorlik sub‘ektlarining moliya-xo‘jalik faoliyatini tekshirish tashabbusi bilan
chiqishi mumkin.
Soliq monitoringi amalga oshirilgan soliq davri uchun moliya-xo‘jalik
faoliyati bo‘yicha rejali tekshiruvlar o‘tkazilmaydi. Soliq tekshiruvi o‘tkazilishi
soliq to‘lovchining faoliyatini to‘xtatib qo‘ymasligi kerak.
Davlat soliq xizmati organlari tomonidan boshqa tumanlarda (shaharlarda)
davlat ro‘yxatidan o‘tgan tadbirkorlik sub‘ektlarida soliq tekshiruvlari o‘tkazish,
ularning ishlab chiqarish binolari, savdo nuqtalari va xizmatlar ko‘rsatish (ishlar
bajarish) joyi qaerda joylashganligidan qat‘i nazar, takrorlashga yo‘l qo‘yilmagan
holda, tadbirkorlik sub‘ekti davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan joydagi tegishli davlat
soliq xizmati organlari bilan bir vaqtda amalga oshiriladi.
167
Soliq tekshiruvi davlat soliq xizmati organi rahbari yoki rahbar o‘rinbosari
tomonidan tasdiqlangan soliq tekshiruvi o‘tkazish dasturiga muvofiq amalga
oshiriladi.
Soliq tekshiruvini o‘tkazish dasturida quyidagilar ko‘rsatilishi kerak:
soliq tekshiruvi o‘tkazilayotganda o‘rganiladigan masala yoki masalalar doirasi;
soliq tekshiruvi soliq to‘g‘risidagi qaysi qonun hujjatlariga rioya etilishini
o‘rganish uchun o‘tkaziladigan bo‘lsa, shu qonun hujjatlarining ro‘yxati;
tekshiruv turidan kelib chiqqan holda boshqa ma‘lumotlar.
Soliq tekshiruvini o‘tkazish dasturini tuzish qoidalari nazorat qiluvchi
organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi maxsus vakolatli organ bilan kelishilgan
holda O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan belgilanadi.
Soliq tekshiruvi soliq to‘lovchining tekshiruv o‘tkazilayotgan yildan
bevosita oldingi ko‘pi bilan besh kalendar yildagi faoliyatini qamrab olishi
mumkin. Bunda tadbirkorlik sub‘ektlarining moliya-xo‘jalik faoliyatini rejali
tekshirishlar faqat oxirgi rejali tekshirishdan keyingi, lekin yangi tekshirish
o‘tkazilayotgan yildan bevosita oldingi besh kalendar yildan ko‘p bo‘lmagan
davrni qamrab oladi.
Soliq tekshiruvlari o‘tkazilayotganda davlat soliq xizmati organlari Soliq
kodeksda belgilangan tartibda soliq to‘lovchining hududi va joylarini tekshirishga,
mol-mulkni inventarizatsiya qilishga, hujjatlarni talab qilib olishga, hujjatlar va
predmetlarni olib qo‘yishga, soliq to‘lovchidan, shuningdek soliq to‘lovchining
rahbarlik vazifalarini yoki buxgalteriya hisobi va moliyaviy boshqaruvini amalga
oshirayotgan shaxslardan, boshqa moddiy javobgar xodimlaridan tushuntirishlar
olishga, bankdagi hisobvaraqlari bo‘yicha operatsiyalarni to‘xtatib turish
choralarini ko‘rishga, ekspertni jalb etish va ekspertiza tayinlashga, soliq
to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining aniqlangan buzilishlari bartaraf etilishini talab
qilishga, soliq kodeksi va boshqa qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa
harakatlarni amalga oshirishga haqlidir.
168
Soliq tekshiruvlari o‘tkazilayotgan davrda tekshirilayotgan davrning soliq
hisobotiga soliq to‘lovchi tomonidan o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritilishiga
yo‘l qo‘yilmaydi.
Soliq tekshiruvlari o‘tkazilayotgan davrda soliq tekshiruvlarini ro‘yxatga
olish kitobi to‘ldiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |