Elektr energiya texnologik isroflarini hisoblash.
Ushbu bo‘limda elkter energiya texnologik isroflarini hisoblash uslublari va algoritmalari ishlab chiqilgan.
Tayanch iboralar: 35/10kV tarmoq podstansiya shinasi, energiya isrofi, energiyani tejash chora tadbirlari, salt yurish
quvvati, qisqa tutash quvvati, yuklantirish koeffisienti, maksimal iste’mol quvvati
Elektr energiyani masalan, 35/10kV tarmoq podstansiya shinasidan, barcha istemolchilargacha, shu jumladan xonadonlargacha yetkazib berish jarayonida, energiyaning bir qismi albatta, EUY simlarining qizishiga, transformatorlarning elektrmagnit jarayonida sarf bo‘ladi. Bu sarf texnologik sarf bo‘lib energiya isrofi deyiladi, chunki energiyani barcha iste’molchilarga, har xil kuchlanish ostida yetkazib berish, texnologik jarayonda sarflangan, bevosita foydali ish bajarmaydigan energiyadir.
Bu energiya isrofi uchun elektr tarmoqlar elektr stansiyalarga haq to‘laydi va energiyani uzatish va taqsimlashning tan narxini tashkil qiladi. Demak, bu energiya isrofini, iloji boricha aniqlik bilan hisoblash lozim.
“O‘zbekenergiya” DAK amal hujjatiga asosan energiya isrofining uch ko‘rinishini hisoblashni tavsiya etadi.
O‘tgan vaqt hisoblar;
Joriy vaqt hisoblar;
Istiqbolli hisoblar
Bu hisoblarni bajarish usullari yuqorida ko‘rib chiqilgan formulalar asosida “O‘zbekenergiya” DAK tomonidan ishlab chiqilgan va dasturlangan.
Aynan shu usullar asosida energiya hisoblanib, haq to‘lanadi va hisobotlarga kiritiladi.
Bizlarning maqsadimiz boshqacharoq, chunonchi energiyani tejash usuli chora tadbirlarini ishlab chiqish va ularni samaradorligini nazorat qilish.
Demak, bu vazifa ko‘pincha yaqin kelajak hisoblariga kiradi. Bu hisoblash usulining vazifasi, amalga oshirilgan energiyani tejash chora tadbirlarining samaradorligini sutkalar davomida yaqin bir oy yoki chorakda aniqlaydi.
Yuqorida 1.1. va 1.2. paragriflarda keltirilgan EUY va transformatorning elektr energiya va quvvat isroflarining formulalariga kiritilgan kattaliklardan faqat iste’molchining quvvati, ya’ni iste’mollanadigan elektr energiyasi va bu kattalikning aniqlovchi iste’mollanadigan elektr toki vaqt davomida o‘zgaradi. Demak, elektr energiya isrofini hisoblarini aniqligi, mana shu kattalikning o‘sha vaqt davomida o‘zgarishini formulada aks ettirishga bog‘liq. Bu asosiy muammo mana shu maqsadda, barcha iste’molchilar guruhlarga bo‘linadi. Masalan, uy ro‘zg‘or iste’molchilari, metall kesuvchi iste’molchilar, paxta tozalash sanoati iste’molchilari va hokazo. Har bir guruh uchun bir yillik maksimal iste’mol vaqti Tnb, statistik kattaliklar asosida aniqlanadi. Maksimal iste’mol vaqt asosida, maxsus jadval yoki egriliklar asosida maksimal isroflar vaqti 𝑟 aniqlanadi. EUY bir yilllik isroflari quyidagicha aniqlanadi:
𝑈 ∙𝑐𝑜𝑠𝜑
∆𝐸𝐸𝑈𝑌 = 𝑃𝑖𝑠𝑡 ∙ 𝑡 = ( 𝐼𝑖𝑠𝑡
𝑛
) ∙ 𝑅0 ∙ 𝑙 ∙ 𝑟
Transformatorning bir yillik isrofi:
∆𝐸𝑡𝑟 = 𝑛(∆𝑃𝐾 × 𝛽2 × 𝑟 + ∆𝑃𝑠.𝑦𝑢. × 𝑇𝑖𝑠ℎ)
Bu formulalarda:
𝑃𝑖𝑠𝑡 - iste’molchining maksimal iste’mol quvvati (kVt)
𝛽 = 𝑆𝑖𝑠𝑡 - transformatorning qabul qilingan yuklantirish koeffisienti.
𝑆𝑛
∆𝑃𝑞𝑡 – transformatorning qisqa tutash quvvati, transformatorlarning tavsiflarida beriladi6.
∆𝑃𝑠.𝑦𝑢. - transformatorning salt yurish quvvati, transformatorlarning tavsiflarida beriladi.
𝑇𝑖𝑠ℎ - transformatorning bir yillik elektr tarmoqqa ulangan vaqti.
Isroflarning bu usulda aniqlanishi faqat taxminiy hisoblarda qo‘llaniladi, chunki “Tnb va 𝑟” taxminiy ma’lumotnomalardan olinadigan kattaliklar bo‘lgani uchun usulning xatoligi katta.
Isroflarni hisoblashning yana bir usuli, har bir iste’molchi uchun sutkali (bir kecha-kunduz) iste’mol grafiklarini tuzishga asoslangan (1.1.- rasm). Sutkali iste’mol grafigiga asoslangan isroflar quyidagi formulalar asosida aniqlanadi.
Elektr uzatish yo‘lining elektr energiya isrofi:
𝑛
∆𝐸𝐸𝑈𝑌 = ∆𝑃1 ∙ ∆𝑡1 + ∆𝑃2 ∙ ∆𝑡2 + ⋯ + ∆𝑃𝑛 ∙ ∆𝑡𝑛 = ∑ ∆𝑃𝑘 ∙ ∆𝑡𝑘
1
6 “Monitoring and reducing the consumption of home electric appliances”, Master’s thesis Student: Sunna Björg Sigurjónsdóttir, Primary supervisor: Prof. Dr. ir. Marco Aiello, Secondary supervisor: Prof. Dr. ir. Paris Avgeriou, 2013
Bu formulada:
n – sutkali grafikning pog‘onalar soni.
P – hozirgi pog‘ona quvvati va vaqt davomi.
1
∆𝐸𝐸𝑈𝑌 = 2 ∙ (∆𝑃𝑞𝑡 ∙ 𝛽2 + ∆𝑃𝑠𝑦𝑢 ∙ 𝑇𝑖𝑠ℎ)
= 2 ∙ (∆𝑃𝑞𝑡 ∙ 𝛽2 + ∆𝑃𝑞𝑡 ∙ 𝛽2 + ∆𝑃𝑞𝑡 ∙ 𝛽2 + ∆𝑃𝑠𝑦𝑢 ∙ 𝑇𝑖𝑠ℎ)
1 2 𝑛
=
𝑛
1
= 2 ∙ ∑ ∆𝑃𝑞𝑡 ∙ 𝛽2 + ∆𝑃𝑠𝑦𝑢 ∙ 𝑇𝑖𝑠ℎ
1
Bu usulning aniqligi sutkali grafikning aniqligidan bog‘liq, sutkali grafik iste’mol quvvatni qancha aniq aks ettirsa, hisoblarning aniqligi shuncha yuqori bo‘ladi. Bu usul asosida kelajak hisoblarni bajarish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |