Andijon Mashimasozlik Instituti Transport va Logistika Fakulteti TVM yo'nalishiK-28-20-gurux talabasi Yigitaliyev Muhammadalining Elektronika va Elektrotexnika fanidan tayyorlagan mustaqil ishi
2) Transformatorning nominal kattaliklari va ish rejimlari
3) Transformatorning ish rejimlari
Elektrotexnikaning asosiy vazifalaridan biri elektr energiyasini bir joydan ikkinchi joyga uzatishdir. Chunki elektr energiyasining iste’molchilari aksariyat hollarda yoqilg‘i va gidroresurslar tabiiy joylashgan rayonlarga qurilgan elektr stansiyalaridan bir necha o‘nlab va yuzlab kilometr masofalarda joylashadi. Elektr energiyasini uzatish liniyalarida esa quvvatning issiqlikka sarf bo‘ladigan isrofi ΔP= I2 Rl va kuchlanishning pasayuvi ΔU=IRl doimo mavjuddir. Liniyaning uzunligi ortgan sari bu ko‘rsatkichlar ham ortadi. Elektr tokining to‘la quvvati (S=I ·U) ni o‘zgartirmagan holda uni turli kuchlanish va tok bilan uzatish mumkin. Quvvat formulasidan ko‘rinib turibdiki, uzatishda kuchlanish qanchalik yuqori bo‘lsa S = const tok kuchi shunchalik kichik bo‘lib, u bilan bog‘liq isroflar ham shunchalik kam bo‘ladi. Tok kuchini kamaytirish uzatish simining ko‘ndalang kesimini kichik olishga va rangli metallarni tejashga imkon beradi.

Vp - Boshlang‘ich kuchlanish bo‘ladi (U1) VS - Chiqish kuchlanishi bo‘ladi (U2) Np - Birlamchi o‘ram simlarining soni (w1) NS - Ikkilamchi o‘ram simlarining soni (w2) Ф (phi) - Magnit oqimi bo‘ladi.
Transformatorlar bajaradigan vazifasiga ko‘ra quyidagi turlarga bo‘linadi:
Transformatorlar bajaradigan vazifasiga ko‘ra quyidagi turlarga bo‘linadi:
elektr energiyasini uzatish va taqsimlash uchun mo‘ljallangan katta quvvatli (uch fazali) transformatorlar;
kerakli joylarda kuchlanishni keng doirada o‘zgartirib berish va dvigatellarni ishga tushirish uchun mo‘ljallangan avtotransformatorlar;
taqsimlash tarmoqlaridagi kuchlanishni rostlab turish uchun mo‘ljallangan induksion rostlagichlar:
o‘lchov asboblari va himoya vositalarini sxemalarga ulash uchun mo‘ljallangan o‘lchov transformatorlari;
payvandlash, qizdirish pechlari sinov, to‘g‘rilash va hokazolar uchun mo‘ljallangan maxsus transformatorlar.
Transformatorlarning asosiy turlari: Bir fazali va uch fazali kuchli transformatorlar - ular elektr energiyani olisga uzatishda, iste’molchilarni elektr energiya bilan ta’minlashda ishlatiladi. Avtotransformatorlar - iste’molchiga beriladigan kuchlanishni biroz o‘zgartirish yoki noldan boshlab oshirish uchun ishlatiladi. O’lchov transformatorlar yuqori kuchlanishni va kata toklarni oddiy o‘lchov asboblari bilan lchashga imkon beradi. Payvandlash transformatorlari. Metall buyumlarni, konstruktsiyalarni va hokazolarni eritib, o’zaro ulash uchun xizmat qiladi.
Yuklama rejimi. Bu rejimda kuchlanish yuklamaga bog‘liq emas. Transformatorning ikkilamchi chulg‘amini biror yuklama ga ulaganimizda EYuK E2 ta’sirida undan I2 yuklama toki Z2n o‘ta boshlaydi. Bu tok hosil qilgan magnitlovchi kuch 𝐼2 w2 po‘lat o‘zak va havo orqali tutashgan, tarqalgan magnit oqimi Ф2S ni hosil qiladi (4.7-rasm).
Foydalanilgan adabiyotlar:
I.I.Ivanov., Frolov B Ya…«Elektrotexnika i osnivi elektroniki». Sant-Petrburg. Izd “LAN”. 2012g.740 st.
I.I. Aliev. Vertualnaya elektrotexnika. Kompyuternie texnologii v elektrotexnike i elektronike. 2003 g. — 86 s.
Xerniter Mark. E.MuItisim: Sovremennaya tizim kompyuternogo modelirovavniya i analiza sxem elektronnix ustroystv. Perevod s angl. Osipov A.I., M.:Izdatelg’skiy dom DMK press, 2006.-480 s.
Abdullayev V. va boshqalar. Elektrotexnika va elektronika fanidan laboratoriya ishlarini bajarishga o`quv-uslubiy qo`llanma. Toshkent, ToshDTU, 2011. — 136 b.