SIDDIKOV I.X., [TURDIEV M.T.], MAXMUDOV M.I., MIRZOYEV N.N., XUJAMATOV X.E.
ENERGIYA NAZORATI VA HISOBLASHNI AVTOMATLASHTIRILGAN TIZIMLARI
АННОТАЦИЯ
Ushbu o‘quv qo‘llanma Oliy o‘quv yurtlarining “Energiya nazorati va hisoblashni avtomatlashtirilgan tizimlar” fanining o‘quv dasturining barcha bo‘lim va mavzularining hisobga olgan holda yozilgan.
Ushbu o‘quv qo‘llanma muxandislik texnologiyalarda qo‘llaniladigan barcha axborot-kommunikatsion tizimlarning o‘rganuvchi ta’lim yo‘nalishlari talabalri uchun ham o‘quv qo‘llanma sifatida foydalanish mumkin.
АННОТАЦИЯ
Учебное пособие написано с учётом всех тем по разделам учебной программы для высших учебных заведений по предмету «Автоматизированные системы контрола и учета энергии».
Данное учебное пособие можно использовать как учебное пособие для студентов обучающихся по направлению изучающие все информационно – коммуникационные системы, использующиеся в инженерных технологиях
SUMMАRY
The manual is written taking into account all topics in the sections of the curriculum for higher educational institutions on the subject "Energy control and automated settlement systems".
This tutorial can be used as a textbook for undergraduate students in the direction of studying all information and communication systems used in engineering technologies.
Kirish so‘zi
O‘zbekiston Respublikasida energetik yoqilg‘ilarning tejash istiqbolini aniqlovchi hujjatlarda, innovatsion texnologiyalarni qo‘llash asosiy yo‘nalish sifatida aniqlangan. Bu barcha sohalarda kommunikatsion texnologiyalarni joriy etish demakdir. Barcha raqamli kommunikatsion texnologiyalarning asosi bu mikroprotsessorlardir.
O‘tgan asrning 70 - yillarida “Mikroelektrоnika” fanining tez rivojlanishi natijasida mikrosxemalar vujudga keldi. Mikrosxemalar juda kichik, kam hajmli tuzilma bo‘lib, uning asosiy vazifasi elektrik va noelektrik kattaliklar turtqi (impuls) ko‘rinishli elektr signalga aylantirishdir.
Mikrosxemalar asosida har xil tuzilmalar yaratilib butun dunyoda, jamiyatning barcha sohalari: ishlab chiqarish, o‘lchash va nazorat qilish, uy-ro‘zg‘orda qo‘llanila boshlandi.
Axborot-kommunikatsion texnologiyalar iqtisodiyotni modernizatsiyalash negizi bo‘lib, albatta hayotning barcha sohalariga ta’sir ko‘rsatdi. Masalan, turmushda bu ta’sir internet va uyali aloqa misolida yaqqol ko‘rinadi.
Xuddi shunga o‘xshash, ahamiyatli o‘zgarishlar barcha sohalarda yuz berishi iqtisodiyotning barcha sohalarida qo‘llanadigan energiya nazorati va hisoblashni avtomatlashtirish tizimlari (ENHAT) paydo bo‘lishiga olib keladi.
ENHAT suyuqlik, gaz va elektr energiya va hokazo, o‘lchov kattaliklarning uzluksiz, raqamli signal ko‘rinishida istalgan masofaga uzatish asosida uzluksiz nazoratni amalga oshiradi.
Ushbu tizim tegishli EHM dasturi bilan ta’minlanganda, tijorat iste’mol va barcha istalgan kattaliklarni uzluksiz nazorat, shunigdek boshqarishni amalga oshiradi. Texnologik isrof (yo‘qotishlarni) va "odam omili" ta’siridagi isroflarni tamoman yo‘qotish imkonini beradi.
Informasion-kommunikatsion texnologiyalar yoqilg‘i, gaz, elektr energiyasining iste’molini kamaytiradi va isroflarni me’yorlashtiradi demak, energiya tejash muammosini yechadi.
Avtomatik nazorat va qaydlov tizimi bozor iqtisodiyotining eng kerakli asbobi bo‘lib xizmat qiladi, tomonlarning o‘zaro muammolarni oydinlashtiradi.
Iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlarini modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlash, aynan axborot- kommunikatsion texnologiyalar asosida amalga oshiriladi. Hayotning barcha sohalarida, masalan, turmushda uyali telefon, kompyuter, internet misolida yaqqol ko‘rinadi va bular insonning ongiga kuchli ta’sir etuvchi omilga aylangan.
Shunga o‘xshash, ahamiyatli o‘zgarishlar hamma sohalarda yuz berishi iqtisodiyotning barcha modernizatsiyalangan sohalarida axborot-kommunikatsion texnologiyalari qo‘llanilyapti.
Do'stlaringiz bilan baham: |