Учебно-методический комплекс по "Энтомологии" подгатовлен на основе современной педтехнологии. Настоящий комплекс подготовлен на основании действующей



Download 11,19 Mb.
Pdf ko'rish
bet162/348
Sana20.04.2022
Hajmi11,19 Mb.
#566981
TuriУчебно-методический комплекс
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   348
Bog'liq
entomologiya

Mantispalar 
(
Mantispidae
)
oilasi
vakillarining xarakterli belgisi, oldingi juft 
oyoqlari beshiktervatarlarnikidek tutuvchi tipda tuzilgan (62,V-rasm). Rivojlanishi 
gipermetamorfoz tariqasida. Lichinkasi kompodesimon, harakatchan, u o‘rgimchaklar 
pillasi ichiga kirib olib, o‘rgimchak tuxumi yoki yosh o‘rgimchaklar bilan oziqlanadi 
va chuvalchangsimon shaklga o‘tadi. Bular faqat issiq iqlimli hududlarda tarqalgan. 
Bizning mamlakatimiz janubida bir nechta turlari, masalan oddiy mantispa 
(Mantispa 
styriaca)
uchraydi.


200 
 
Muhоkаmа uchun sаvоllаr:
1. To‘rqanotlilar turkumining tuzilishi, tarqalishi va ahamiyati haqida 
ma’lumot bering.
Uchinchi sаvоl bo‘yichа dаrs mаqsаdi:
Talabalarga to‘liq o‘zgarish bilan 
rivojlanadigan hasharotlardan kapalaklar va burgalar turkumlari haqida ma’lumot 
berish.
Idеntiv o‘quv maqsadlari:
3.1. Kapalaklar turkumi haqida ma’lumot beradi.
3.2. Burgalar turkumi haqidagi ma’lumotni bayon qila oladi.
Uchinchi sаvоlning bаyоni: 
Tangacha qanotlilar, ya’ni kapalaklar
 
(Lepidoptera) 
turkumi 
vakillarining 
qanotlari mayda tangachalar bilan qoplangan. Kapalaklar qanotining chiroyli rangda bo‘lishi 
ana shu tangachalardagi pigmentga bog‘liq. Og‘iz organlari so‘ruvchi xartumdan iborat. 
Xartumi spiral shaklda boshining ostida taxlanib turadi. Bosh qismida bir juft murakkab ko‘zlari 
va har xil shakldagi mo‘ylovlari bor.
Mo‘ylovlari ko‘plab kapalaklarda ipsimon yoki qilsimon, ayrim turlarida 
to‘g‘nag‘ichsimon, yoysimon, patsimon bo‘lishi mumkin, odatda erkaklarining 
mo‘ylovlari urg‘ochilarinikiga nisbatan kuchliroq taraqqiy yetgan.
Erkak kapalaklar qorin bo‘limining oxirgi bo‘q’imida kopulyativ apparati bor. 
U urug‘lantirish vaqtida urg‘ochisini tutib turishga xizmat qiladi. Urg‘ochisida 
haqiqiy tuxum qo‘ygichi yo‘q, lekin ba’zilarida qorin bo‘limining oxirgi bo‘g‘imlari 
maydalashgan va ikkilamchi tuxum qo‘ygichga aylangan. Urg‘ochi kapalaklar 
tuxumlarini ko‘proq yakkalab yoki guruh qilib o‘simlikka qo‘yadi. Ularning shakli 
har xil. Tuxumlarining shakliga qarab kapalaklarning turi va avlodlarini aniqlash 
mumkin.
Kapalaklarning lichinkasi qurt deyiladi. Ularning tanasi silindr shaklida. 
Qurtlarida uch juft ko‘krak oyoqlaridan tashqari 3-5 juft soxta qorin oyoqlari ham bo‘ladi. 
Soxta oyoqlari bo‘g‘imlarga bo‘linmaganligi bilan ko‘krakdagi haqiqiy yurish oyoqlaridan 
farq qiladi. Qisman turlarida qorin oyoqlari 2-3 juftga kamaygan (masalan: odimchilar 
(
Geometridae
) oilasi va ba’zi tur tunlamlar - 
Noctuidae
). Bir qator sodda guruhlarida 
qorin oyoqlari 7-8 juftgacha bo‘lishi mumkin. Barglarda g‘urra yasovchilar yoki 
g‘ilof ichida yashovchilarda oyoqlari kuchsiz taraqqiy yetgan yoki bo‘lmasligi 
mumkin. Qurtlar tanasidagi tuklar tarkibi, o‘rnashishi, shuningdek, qorin oyoqlar 
soni, tuzilishi kapalaklarni qurtlar bo‘yicha diagnostika qilishda muhim ahamiyatga 
ega. Qurtlar orasida bir-biridan farqlanuvchi qator biologik guruhlari mavjud. 
Ularning ko‘pchiligi erkin yoki ochiq hayot kechiradi, lekin ba’zilari tuproqda, 
boshqalari o‘ralgan yoki yopishtirilgan barglar oralig‘ida yashaydi. Ba’zilari esa 
(mevaxo‘rlar va kaprofaglar) meva ichida yashaydi. Barglarda yo‘llar yasovchi 
“minyorlar”, yog‘ochlarda yo‘l solib oziqlanuvchi ksilofaglar va g‘urra yasovchilar 


201 
ham bor.
Kapalaklar g‘umbagi odatda yopiq tipda, harakatsiz bo‘ladi, uning hamma 
o‘simtalari tanaga yopishgan. Lekin ba’zi sodda guruhlarida g‘umbagi erkin, jag‘lari 
qimirlovchi, ular yordamida pillani teshadi va hatto tashqariga chiqa oladi. 
G‘umbaklanish qurt oziqlanadigan yerda bo‘lmasdan, balki ko‘plarida tuproqda 
o‘tadi. Ochiq holdagi g‘umbaklar ko‘pincha turli narsalarga aralashib ketgan ipak 
toladan, ba’zan yuza ipakdan yasalgan pilla ichiga joylashadi.
Tangacha qanotlilar turkumi vakillari o‘simlikxo‘r. Yetuk individlari gul 
nektari bilan oziqlanadi. Bir qancha kapalaklarning og‘iz organlari reduksiyaga 
uchragan, voyaga yetgan davrida oziqlanmaydi. Kapalaklar qurtlarining og‘iz 
organlari kavshovchi tipda bo‘lib, qattiq oziqni chaynashga moslashgan. Qurtlar 
o‘simlik to‘qimalari bilan oziqlanadi. Ular orasida mevali daraxtlar va ekinlarga 
ziyon keltiradigan turlari ko‘p uchraydi.
Bir qancha kapalaklarning qurtlari don, un, yung kabi o‘simlik va chorvachilik 
mahsulotlari bilan oziqlanib, katta zarar keltiradi. 
Tangacha qanotlilar turkumiga 140 mingdan ortiq tur kiradi. Shulardan MDH 
da 8 mingga yaqin turi aniqlangan. Kattaligi qanotlarini yoyganda 3-8 mm dan 
(mayda kuya kapalaklari) 20-30 sm gacha (ayrim kunduzgi tovusko‘z kapalaklar) 
boradi. 
Ko‘pchilik turlari iqtisodiy ahamiyatga ega bo‘lmasada, tabiatning insonga 
estetik zavq bag‘ishlovchi muhim tarkibiy qismi sifatida himoya qilinadi. Kapalaklar 
orasida bir qancha turlari zararkunandalar hisoblanadi. 
Tut ipak qurti ipak olish maqsadida xonakilashtirilgan. Tangacha qanotlilar 
turkumi 3 ta kenja turkumga ajratiladi. 

Download 11,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   348




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish