Учебно-методический комплекс по "Энтомологии" подгатовлен на основе современной педтехнологии. Настоящий комплекс подготовлен на основании действующей


-rasm. To‘liq metamorfoz bilan rivojlanadigan hasharotlar lichinkalarining xillari



Download 11,19 Mb.
Pdf ko'rish
bet73/348
Sana20.04.2022
Hajmi11,19 Mb.
#566981
TuriУчебно-методический комплекс
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   348
Bog'liq
entomologiya

27-rasm. To‘liq metamorfoz bilan rivojlanadigan hasharotlar lichinkalarining xillari:
A-don 
vizildoq qo‘ng‘izi; B-oltinko‘z; D-don qo‘ng‘izi; E-filtumshuq qo‘ng‘iz; F-pashsha; J-karam kuyasi; 
H-raps arrakashining soxta qurti.
Keyinchalik lichinka xumchadan chiqib, tullaydi va soxta g‘umbakka aylanadi. 
Soxta g‘umbak harakatsiz, uning oyoqlari rudiment holida bo‘ladi. Kelgusi yil 
bahorida soxta g‘umbakdan uchinchi haqiqiy lichinka voyaga yetadi. Keyinroq bu lichinka 
yangi haqiqiy g‘umbakni hosil qiladi.
Hasharotlarning g‘umbagi tuzilish xususiyatlariga ko‘ra uchta guruhga bo‘linadi 
(28-rasm).
1. Erkin, harakatchan ochiq g‘umbaklar. Bunday g‘umbaklarda voyaga yetayotgan 
hasharotning qanotlari va oyoqlari tanasida ochiq joylashgan bo‘lib, tashqi tomondan 
yaxshi ko‘rinib turadi. Bu guruhga buloqchilar, chivinlar, suvda yashovchi to‘r qanotlilar 
va ayrim qo‘ng‘izlarning g‘umbaklari misol bo‘ladi. Bunday g‘umbaklar birmuncha 
harakatchan bo‘ladi. Masalan: chivinlarning suvdagi g‘umbagi qorin tomonini tez-tez 


96 
egish bilan suzib yuradi.
2. Erkin, qisman harakatchan yopiq g‘umbaklar. Bunday g‘umbaklarda boshlang‘ich 
qanotlar va oyoqlar maxsus xitin bilan qoplangan bo‘lib, tanaga zich yopishib turadi 
(kapalaklar 
va 
boshqa 
ayrim 
hasharotlar). Ularning tanasini biroz 
qimirlatishi mumkin.
Ko‘pchilik 
kapalaklar 
g‘umbagi 
maxsus pilla ichida rivojlanadi.
28-rasm. Hasharotlar g‘umbaklari: 
A-qo‘ng‘izning ochiq (erkin) g‘umbagi.
 
B-kapalakning yopiq g‘umbagi. D-pash-
shaning yashirin (bochkasimon) g‘umbagi: 
1-antenna, 2-oyoq, 3-qanotlar boshlang‘ichi, 
4-stigmalar. 
3. Harakatchan bochkasimon yoki aniq shaklga ega bo‘lmagan g‘umbaklar 
(pashshalarniki).
G‘umbaklik davrida hasharotning ko‘pchilik to‘qimalari va organlari 
(muskullari, og‘iz apparati, ovqat hazm qilish va nerv sistemalari, harakatlanish organlari 
va boshqalar) tamoman qayta shakllanadi. Buning uchun lichinkalarning to‘qimalari 
amyobasimon hujayralar, ya’ni fagotsitlar yordamida yemirilib bo‘tqasimon massaga 
aylanadi.
Voyaga yetayotgan hasharotning organlari maxsus imaginal disk deb ataladigan 
embrional hujayralar hisobidan hosil bo‘ladi. Imaginal disk ixtisoslashmagan hujayralar 
to‘plamidan iborat bo‘lib, hasharotlarda lichinkalik davridayoq tananing ayrim qismlarida, 
xususan kelajakda yangi organlar hosil bo‘ladigan joylarda, masalan, yurish oyoqlari 
asosida ko‘krakning qanotlar hosil bo‘ladigan qismida; ichakning so‘lak bezlari, oldingi va 
keyingi qismi hosil bo‘ladigan bo‘limlarida paydo bo‘ladi.
Lichinkalik to‘qimalar gistolizga uchrashi bilan imaginal disk hujayralari tez 
ko‘payib, aniq bir yo‘nalishda ixtisoslasha boshlaydi va yangi haqiqiy organlarni hosil 
qiladi. Ichki organlardan asosan nerv sistemasi va traxeyalar kam o‘zgarishga uchraydi. 
Organlar qayta qurilishi bilan g‘umbak ichidagi lichinka yana bir marta tullaydi va 
g‘umbak qobig‘i yorilib, undan voyaga yetgan hasharot chiqadi.
Metamorfoz jarayoni hasharotlarning gormonal sistemasi tomonidan boshqarilib 
turiladi. Lichinka bosh miyasidagi neyrosekretor hujayralar protorakal bezlari ishini 
faollashtiruvchi gormon ishlab chiqadi. Bu gormon nerv tolalari orqali kardial tanaga 
o‘tib, u yerda to‘planishi yoki protorakal bezlarga yoxud gemolimfaga chiqishi mumkin (29-
rasm).


97 
Aktivlashgan protorakal bezi maxsus tullash gormoni-
ekdizon 
ishlab chiqara boshlaydi. 
Ekdizon kutikulani yemiradigan ferment sintez bo‘lishini faollashtiradi. Metamorfoz 
jarayonining amalga oshirilishi yondosh tanalar ishlab chiqaradigan yuvenil gormoni 
tomonidan nazorat qilinib turiladi.
Gemolimfadagi 
gormonning 
miqdori 
ko‘p 
bo‘lganida, tullash navbatdagi lichinka davrining 
rivojlanishi bilan tugallanadi. Bu gormon kam ishlab 
chiqarilganida esa tullash metamorfoz bilan tugallanadi. 
Natijada lichinka g‘umbakka aylanadi. 
Yuvenil gormoni 
esa g‘umbakning voyaga yetgan hasharotga aylanishiga 
sabab bo‘ladi.

Download 11,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   348




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish