105
Bulardan issiqlik (termik) omilning roli ayniqsa muhimdir. Chunki hasharotlar
sovuqqonlik
(poykiloterm)
organizmlardir. Shuning uchun ham hasharotlarning hayot
funksiyasi, ularning turqi, o‘sishi, rivojlanishi, populyatsiya dinamikasi tashqi muhit
harorati bilan aniqlanadi.
Ma’lum turga mansub hasharotlarning past yoki yuqori haroratda
rivojlanishining ma’lum bir chegarasi bor, ya’ni ma’lum harorat nuqtasidan pastda
yoki yuqorida rivojlanish to‘xtasa, o‘sha harorat rivojlanishning pastki yoki yuqorigi
mezoni deb ataladi.
Hasharotlar odatda 10° - 40°C o‘rtasidagi issiqlikda harakatchan bo‘ladi.
Harorat pasayganda hasharotlar ovqatlanishdan, so‘ngra harakatlanishdan to‘xtaydi
va nihoyat, nobud bo‘ladi. Haroratning normadan ortiq ko‘tarilishi ham hasharotlarga
salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Harorat hasharotlar jinsiy mahsulotining yetilishiga ham ta’sir etadi. Masalan,
suli shved pashshasi g‘umbakdan chiqqandan keyin 22°C issiqlikda 10 kundan so‘ng,
17°C issiqlikda 14 kundan so‘ng, 14°C issiqlikda 36 kundan so‘ng va 4°C issiqlikda
esa 50 kundan so‘ng tuxum qo‘yadi. Lekin harorat normadan ortganda
hasharotlarning nasldorligi pasayadi yoki to‘xtaydi. Masalan, g‘o‘za bitining tirik
tug‘ilishi issiqlik 30°C dan ortganda pasayadi.
Hasharotlarning embrional va postembrional taraqqiyoti yuqori haroratda
tezlashadi. Natijada taraqqiyot sikli qisqaradi va hasharot tezroq ko‘payadi. Beda
mo‘ri qurti 17°C da 56 kunda, 21°C da 34 kunda, 22°C da 31 kunda rivojlanadi.
Har xil turga mansub hasharotlarning yuqori temperaturada tez rivojlanishining
ma’lum chegarasi bor. Masalan, o‘tloq parvonasi g‘umbagining rivojlanishi faqat
26°C issiqlikkacha tezlashib boradi, temperatura bundan ortsa rivojlanish sekinlashib,
so‘ngra to‘xtaydi va nihoyat, chegaradan oshganda hasharot o‘ladi. Ma’lum harorat
nuqtasidan pastda yoki yuqorida rivojlanish to‘xtasa, o‘sha harorat rivojlanishining
pastki yoki yuqorigi chegarasi deb aytiladi.
Hasharotlarning sovuqqa chidamliligi ularning soni va tarqalishida muhim ro‘l
o‘ynaydi. Ko‘p tur hasharotlar sovuqqa chidamli. Masalan, ko‘kqurt - 11°C gacha,
o‘tloq parvonasi qurti-30°C gacha bardosh beradi. Sovuqqa chidamlilik organizmning
holatiga va sovitishning sekin yoki tezligiga, umuman biokimyoviy hamda fiziologik
xususiyatlariga bog‘liq.
Yog‘
tanachalari ko‘p, erkin suv miqdori kam bo‘lsa, hasharot sovuqqa ko‘proq
chidaydi. Masalan, ko‘kqurtda yog‘ tanachasi ko‘p va suvi kam bo‘lsa, u -8-11°C
o‘rtasida halok bo‘ladi, yog‘ tanachalari yaxshi taraqqiy etmagan va erkin suv ko‘p
miqdorda uchrasa qurt -5-6°C da nobud bo‘ladi. Sovuq va iliq haroratlarning notekis
almashinishi hasharotlar uchun halokatlidir.
Do'stlaringiz bilan baham: