O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS
TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
FIZIKA-MATEMATIKA FAKULTETI
“
MATEMATIKANI OʻQITISH METODIKASI
”
FANIDAN
KURS ISHI
MAVZU
:
8-SINF GEOMETRIYASIDA “UCHBURCHAKNING YUZI”NI
OʻQITISH METODIKASI.
BAJARDI:
302-MOʻM – guruh talabasi ISROILOV AKBAR
KURS ISHI RAHBARI: MATEMATIKA VA UNI OʻQITISH METODIKASI
KAFEDRASI DOTSENTI F.X.SAYDALIEVA
TOSHKENT 2022
1
MUNDARIJA
KIRISH
I BOB. GEOMETRIK SHAKLLAR UCHUN YUZA TUSHUNCHASI.
UCHBURCHAK YUZASINI HISOBLASH USULLARI.
1.1.
Yuza tushunchasining paydo boʻlish tarixi va geometrik shakllarning
yuzasini hisoblashga boʻlgan ehtiyoj.
1.2.
Uchburchak yuzasini hisoblash usullari.
II BOB. “UCHBURCHAK YUZASI” MAVZUSINI OʻQITISH METODIKASI.
2.1. Umumiy oʻrta ta’lim maktablarida “uchburchak yuzasi” mavzusini
oʻqitishning oʻziga xosliklari, kuzatilishi mumkun boʻlgan muammoli jihatlar va
ularning yechimlari.
2.2. “Uchburchak yuzasi” mavzusini oʻqitish metodikasiga qoʻyiladigan talablar,
metodikaning oʻziga xosliklari va afzalliklari.
2.3. Umumiy oʻrta ta’lim maktablari 6-sinflarida “Uchburchak yuzasi” mavzusi
boʻyicha tuzilgan namunaviy dars ishlanmasi.
XULOSA
ILOVALAR
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ROʻYXATI
2
KIRISH
Ma’lumki oxirgi yillarda mamlakatimizda ta’limga boʻlgan e’tibor salmoqli
kuchaygan. Xususan, aniq fanlarning eng yetakchisi sanalgan matematika fanini
oʻqitishga aloxida e’tibor qaratilmoqda. Viloyatlarda “matematika maktablari”ning
tashkil
etilayotganligi,
ta’lim
dasturlarining
isloh
etilayotganligi,
mukammallashuvi va zamonaviy matematika fanining yangi, zamon bilan birga
rivojlanayotgan
yangi
sohalari
haqidagi
dastlabgi
tushunchalar
bilan
boyitilayotganligi, bu boradagi ilgʻor chet el mamlakatlarining oʻqitish tizimlari
oʻrganilayotganligi va ular bilan hamkorliklar yoʻlga qoʻyilganligi kabi bir qancha
ishlarni yuqoridagi fikrimizga misol tariqasida keltira olamiz.
Olib borilayotgan ishlarning barchasi bir maqsadni, ya’ni matematika fanini
chuqur oʻzlashtirgan, fanning eng soʻngi yangiliklaridan va yutuqlaridan xabardor
boʻlgan, shuningdek bu yutuqlarni ishlab chiqarish, foydali qazilmalarni qayta
ishlash, ijtimoiy soha, texnika va texnologiyalar, informatika va axborot xavfsizligi
va yana koʻplab boshqa sohalarda qoʻllay oladigan, yetuk, salohiyatli, izlanuvchan
va teran fikrlovchi kadrlarni tayorlashni nazarda tutadi.
Olib borilayotgan har bir isloxot, sohaga kiritilayotgan har bir yangilik albatta
koʻzlangan maqsadga erishish yoʻlida alohida ahamiyat kasb etadi. Oʻzining
“effekt”ini ya’ni samarasini koʻrsatmay qolmaydi. Yuksak natijalarni qoʻlga
kiritish uchun yana shu narsani ham e’tiborga olish kerakki, “matematikani
oʻqitish” deganda avvalo umumiy oʻrta ta’lim maskanlari (bundan keyingi oʻrinda
maktablar deb yuritiladi), maktablar koʻz oldimizda gavdalanadi. Sohadagi ilk
yutuqlar ham, ilk muammolar ham aynan maktablardan boshlanadi. Chunki
oʻquvchilarga matematika boʻyicha boshlangʻich bilimlar aynan umumiy oʻrta
ta’lim maktablarida beriladi.
Matematika fanini oʻqitishning maktablarda isloh qilinishi, ta’lim sifatini
yanada yaxshilash tizimdagi ba’zi masalalarni isloxot qilish zaruratini oldimizga
qoʻyadi. xususan, yuksak bilimli va salohiyatli kadrlar masalasi, ta’lim dasturi va
darsliklar masalasi, ta’limni tashkil etish va boshqa masalalar.
Yuqori bilimli, saloxiyatli va ishida ba’zi yutuqlarni qoʻlga kiritayotgan
pedagoglarni ragʻbatlantirish ishlari, maktab darsliklarining isloh qilinayotganligi,
darsliklardagi afzalliklar va kamchiliklar tahlil qilinayotganligi, yanada
boyitilayotganligi, qayta ishlangan nashrlar targʻib etilayotganligi bu borada
oʻzining samarasini bermay qolmaydi.
3
Shu bilan birga ta’lim deganda yana bir muhim jihat borki, u har bir pedagog
oldiga katta mas’uliyat yuklaydi, aynan shu jihati ta’limning natijasini belgilab
beradi. Bu jihati, boshqacharoq qilib aytganda bu masala – “metodika” ya’ni uslub
masalasidir. Ya’ni oʻquvchiga faqatgina nimani oʻrgatish masalasi emas, balki
oʻquvchiga buni qanday qilib oʻrgatish masalasi har doim pedagoglar oldidagi
tuganmas masaladir. Mavzuning oson yoki murakkab boʻlishidan qat’iy nazar,
ta’lim dasturida nazarda tutilgan barcha mavzular uchun, darsni tashkil etish uchun
pedagogga birinchi navbatda toʻgʻri metodikani tanlash kabi mas’uliyati fazifa
yuklatiladi. Tanlangan metodika darslarni oʻquvchilarga ularning mavzuga boʻlgan
qiziqishlarini yanada oshiruvchi motivatsiyalar berishi, matematik qonuniyatlarni
ularning yoshiga va dunyoqarashiga mos keluvchi, ular tasavvur qila oladigan
misollar keltirgan holda soddalik bilan mazmunan ochib bergan holda tushuntirish,
mavzuning inson hayotidagi oʻrnini kengroq yoritib berish, ularda fan haqida
“oson” yoki “tushunarli” kabi fikrlarni uygʻotishi zarur.
Yuqorida keltirilgan mavzularning dolzarbligini inobatga olgan holda, ushbu
kurs ishida “Uchbuchak yuzasini oʻqitish metodikasi” mavzusi yoritiladi.
Kurs ishi tadqiqot obyekti umumiy oʻrta ta’lim maktablari geometriyasini
oʻqitish jarayoni. Tadqiqot predmeti uchburchak yuzini oʻqitish metodikasi.
Ushbu kurs ishida uchburchak yuzasi tushunchasining aniq, sodda va
tushunarli misollar bilan yoritilishi, oʻquvchilarga qiziqish uygʻotadigan savollar
qoʻyilishi, mavzuning oʻquvchilar xotirasida yaxshiroq saqlanib qolishi uchun
qoʻllaniladigan usullar, shuningdek mavzu boʻyicha tashkil etilgan bir soatlik
ochiq dasr ishlanmasi keltiriladi.
Ishdan
maqsad
tanlangan
mavzu
boʻyicha
oʻquvchilar
bilimini
shakllantirishning samarali usullarini, metodlarini ishlab chiqish va bu boradagi
muammolarni tahlil qilishdan iborat.
4
I BOB. GEOMETRIK SHAKLLAR UCHUN YUZA TUSHUNCHASI.
UCHBURCHAK YUZASINI HISOBLASH USULLARI.
1.1.
Yuza tushunchasining paydo boʻlish tarixi va geometrik shakllarning
yuzasini hisoblashga boʻlgan ehtiyoj.
Ma’lumki geometriya matematikaning fazoviy shakllarni oʻrganadigan
boʻlimidir. Geometriya fani tabiatda mavjud boʻlgan jismlarning shakllarini
oʻrganish va ularning xususiyatlarini kashf etishdan iborat. Ma’lumki biror
mahsulot yoki buyum ishlab chiqarilayotganida yoki yasalayotganida uning
qanday shaklda ishlab chiqarilishi yoki yasalishi ta’lab va estetik jihatdan
nihoyatda muhim masaladir, tanlangan shaklda ishlab chiqarish uchun qancha
xomashyo sarf etilishi esa iqtisodiy jihatdan juda muhim. Shu va shunga oʻxshash
masalalarni hal qilishda faqatgina geometrik bilimlar ta’lab etiladi. Bundan
tashqari arxitektura va qurulish, dizayn, yer osti va usti transporti, texnika,
mexanika va mashinasozlik kabi koʻplab sohalar borki, bu sohalardagi har bir
yutuq, har bir natijada geometriya fanining salmoqli oʻrni bor. Qisqaroq qilib
aytganda “qayerdaki shakl bor, oʻsha yerda geometriya bor”.
Geometriyaga oid dastlabki tushunchalar qadimgi Misrda paydo boʻlgan.
Oʻsha kezlarda Nil daryosining suvi har yili toshib, ekin maydonlarini yuvib
turgan. Shuning uchun, ekinzorlarni qayta taqsimlash va soliq miqdorini aniqlash
uchun bu maydonlarda belgilash va oʻlchash ishlarini bajarishga toʻgʻri kelgan
va bu geometriya fanining shakllanishi sabab boʻlgan. (1-rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: |