tomonlar orasidagi burchak sinusi koʻpaytmasining yarmiga teng.
Ushbu usul yordamida uchburchak yuzasini hisoblash umumiy oʻrta ta’lim
maktablari 9-sinf oʻquvchilariga geometriya kursida oʻrgatiladi. Chunki ushbu
usuldan foydalanish uchun oʻquvchi burchakning sinusi tushunchasidan xabardor
boʻlishi ta’lab etiladi, burchakning sinusi tushunchasi mavzusi esa maktablarda 9-
sinfda oʻrgatiladi.
Uchburchak yuzasini hisoblashning keyingi usulini koʻrib chiqaylik. Ushbu
usul anchagina katta tarixga ega boʻlib, nomi ham tarixiy shaxs nomi bilan
bogʻliqdir. Ushbu usuldan uchchala tomonlari uzunliklari ma’lum boʻlgan
uchburchaklarning yuzalarini hisoblashda foydalaniladi.
11
Unga koʻra: tomonlari uzunliklari a, b va c ga teng boʻlgan uchburchakning
yuzasi
=
( − )( − )( − )
(11)
formula yordamida hisoblanadi. Bu yerda p-bu yarim perimetr, yani
=
(12)
Ushbu formula Geron formulasi deb nomlanadi. Uchburchak yuzasini
hisoblashning ushbu usuli 8-sinf oʻquvchilari dasturi uchun moʻljallangan.
12
II
BOB.
“UCHBURCHAK
YUZASI”
MAVZUSINI
OʻQITISH
METODIKASI.
2.1. Umumiy oʻrta ta’lim maktablarida “uchburchak yuzasi” mavzusini
oʻqitishning oʻziga xosliklari, kuzatilishi mumkun boʻlgan muammoli jihatlar
va ularning yechimlari.
Umumiy oʻrta ta’lim maktablarining yuqori sinflarida yuza tushunchasi 5-
sinfdan boshlab oʻrgatiladi. 2020-yilda nashr qilingan 5-sinflar uchun matematika
oʻquv darsligida toʻgʻri toʻrtburchak yuzasini kvadratchalarga achratish orqali
hisoblash keltiriladi, 6-sinflar matematika darsligida esa uchburchak yuzasini asos
va unga tushurilgan balandlik yordamida hisoblash usuli keltirilgan. Keyinroq 8-
sinfda geometriya kursida oʻquvchilar uchburchak va toʻrtburchaklarning
paralellogramm, romb va bazi turlarining yuzalarini hisoblash usullari bilan, 9-
sinfda esa doira va doira boʻlaklari, shuningdek ba’zi murakkabroq shakllar,
masalan koʻbburchaklarning yuzalarini hisoblash usullari bilan tanishadilar.
Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda ayta olamizki umumiy oʻrta ta’limda
yuza tushunchasini oʻrgatish bosqichli, oʻquvchining yoshini hisobga olgan holda,
soddadan murakkablikka tamoyili asosida tashkil etilgan. Mavzularning bunday
berilishi ta’lim sifatini oshirishga xizmat qiladi.
Biroq oʻquvchilarga uchburchak yuzasini hisoblash mavzusini oʻrgatish
jarayonida ba’zi bir muammolarning uchrab turishi ham ehtimoldan yiroq emas
albatta. Shulardan ba’zilarini quyida koʻrib oʻtamiz.
Birinchi muammo shundan iboratki, uchburchak yuzasini hisoblash usullari
bilan birinchi bor oʻquvchilar matematika fanidan 6-sinfda tanishadilar. Unda
uchburchak yuzasini asos va balandlik orqali topishi oʻrgatiladi. Biroq
uchburchakning balandligi tushunchasining oʻzi geometriya fanida 7-sinfda
batafsilroq oʻrgatiladi. Ya’ni 6-sinf oʻquvchilari toki 7-sinfda geometriyadan
uchburchakning asosiy elementlari mavzusi oʻtilganiga qadar uchburchak
balandligining nima ekanligini, uni qanday oʻtkazilishini yaxshi tushunmasliklari,
natijada uchburchak yuzasini hisoblashda qiyinchiliklarga duch kelishlari
mumkun.
Bunday muammoning yuzaga kelishini oldini olish maqsadida oʻqituvchidan
8-sinf geometriya fanidan oʻquvchilarga uchburchak yuzasi mavzusini oʻtish
vaqtida uchburchak balandligi haqida batafsilroq tushuncha berish talab etiladi.
Uchburchak balandligini oʻtkazish koʻnikmasini egallashlari uchun oʻquvchilarga
asosi gorizontal holatda boʻlmagan uchburchakning balandligini oʻtkazib
13
koʻrsatish maqsadga muvofiq, bu keyinchalik murakkab shakllarning yuzani
topishga doir masalalarni ishlashda oʻquvchiga qoʻl keladi.
Ikkinchi muammo shundan iboratki, maktab darsliklarida ba’zi hollarda
mavzudan tashqari masalalar beriladi. Albatta bu yaxshi holat, lekin mavzudan
tashqari mashqlar mavzu yoki bob oxirida berilgani maquldir. Misol uchun, 8-sinf
geometriya darsligida uchburchak yuzasi mavzusida, mavzu boʻyicha jami 23 ta
mashq berilgan. Mavzu 3 soatlik, ya’ni 3 ta dars mashgʻulotiga moʻljallangan. Shu
mashqlarni mavzu boʻyicha saralagan holda koʻrib chiqaylik. Dastlabgi 4 ta mashq
uchburchak yuzasini topishga doir. 5-mashq uchburchak perimetri mavzusiga doir
boʻlib uni yechish uchun tenglama tuzish talab etiladi. Keyingi 4 ta mashq ham
uchburchak yuzasini topishga doir. Keyingi 10-mashq esa uchburchak ichki
burchaklariga doir boʻlib, uni yechish uchun oʻquvchilardan uchburchak ichki
burchaklari haqidagi teoremani bilish va tenglama tuzish talab etiladi. Uchburchak
yuzasi mavzusi oʻqituvchi tomonidan tushuntirilgan mavzudagi mashqlarni
bajarishga kirishgan oʻquvchilarda mavzuga oid boʻlmagan 5- va 10- mashqlarni
bajarishga kelganda toʻxtab qolish kuzatiladi. Amaliyotda kuzatishlar natijasida
deyarli 90 % oʻquvchilar yuqoridagi mashqlarni bajarishda oʻqituvchidan yordam
soʻrashadi. Bu holat birinchidan, masalani ishlashda qiyinchilikka duch kelgan
oʻquvchining fanga boʻlgan qiziqishni susaytiradi, ikkinchidan, oʻqituvchi bu
masalalarni tushuntirib berishi uchun mavzudan tashqari narsalarni tushuntirib
berishga majbur boʻladi, bu dars vaqti taqsimotiga ta’sir qilmay qolmaydi.
Uchinchidan oʻquvchiga yetkaziladigan ma’lumot hajmi ortishi, bu oʻrganish
samarasiga ta’sir qilishi mumkun.
Bunday muammoning yechimi shundan iboratki, oʻqituvchi mavzuga oid
boʻlmagan masalalarni vaqtinchalikka qoldirib turishi va qoldirilgan masalalarni
mavzuga ajratilgan oxirgi darsda oʻquvchilar bilan birgalikda koʻrishlari maqsadga
muvofiq boʻladi.
14
2.2. “Uchburchak yuzasi” mavzusini oʻqitish metodikasiga qoʻyiladigan
talablar, metodikaning oʻziga xosliklari va afzalliklari.
Boshlang‘ich ta’lim matematika kursida o‘rganilgan o‘quv materiallari,
jumladan, geometrik materiallar, umumiy o‘rta ta’lim matematika kursida
aniqlashtirilib, chuqurlashtirilib o‘rganiladi. Shuning uchun ham umumiy o‘rta
ta’lim maktabi matematika o‘qituvchisi 5-sinfdan boshlab matematika kursida
geometrik materialni ongli ravishda o‘qitish uchun boshlang‘ich maktabni
bitirgan o‘quvchi qanday bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishi haqida
aniq tasavvvurga ega bo‘lishi talab etiladi.
Ma’lumki, umumiy o‘rta ta’lim maktabining 1-6- sinflarida geometriyaning
propedevtik (tayyorlov) kursi o‘qitiladi, ya’ni bu sinflarda o‘rganilgan geometrik
material 7-sinfdan boshlab o‘quvchilarni geometriyaning sistematik kursini
o‘rganishi uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. Shuning uchun ham bu sinflarda,
ya’ni boshlang‘ich (1-4- sinflar) hamda umumiy o‘rta ta’lim maktabi 5-6
sinflar matematika kursida o‘rganiladigan geometrik materiallar o‘ziga
xos xususiyatlarga ega bo‘lib, ular quyidagilarda:
a) o‘zlashtirilishi zarur bo‘lgan o‘quv materialining hajmi va uning
joylashuvida;
b) geometrik bilimlarni umumlashtirish darajasi va ularni
matematikani o‘rganishda tutgan o‘rnida;
v) geometrik materialni o‘qitish metodlari , shakllari va vositalarida;
g) o‘quvchilarda tarkib toptiriladigan bilim va ko‘nikmalarning
darajasida namoyon bo‘lib, boshlang‘ich va umumiy o‘rta ta’lim matematika
kurslari o‘quv dasturlari, darsliklari va metodik qo‘llanmalarida o‘z ifodasini
topgandir.
5-6-sinflarda geometriya elementlarini o‘rganishda ko‘pburchak nafaqat
arifmetika va algebra elementlarini o‘rganish vositasi bo‘libgina emas balki
o‘rganish ob’ekti sifatida ham qatnashadi.
6-sinf matematika kursida oʻquvchilarga aynan uchburchak va uning turlari
tushunchalari oʻrgatiladi.
Uchburchak va uning turlari mavzusini oʻqitishda koʻrgazmalilik tamoyili
nihoyatda muhimdir. Sababi geometrik shakllar haqidagi malumotlarni tahlil
qilish, ularni tushunishi uchun oʻquvchi ularni bevosita kuzatishi kerak. Shu yerda
oʻqituvchi axborot texnologiyalari vositalaridan, oʻquvchilarga oʻrgatilayotgan
15
geometrik shaklni aniq va sifatli namoyish qiluvchi vositalardan foydalanishi
ta’limda yaxshi samara beradi.
5-6 sinflarda ko‘pburchaklarni kuzatish, o‘lchash, yasash jarayonida
o‘quvchilar figuralar elementlarini ajrata boshlaydilar, shuningdek, elementlari
o‘rtasida munosabatlarni ham o‘rnata boshlaydilar. Agar boshlang‘ich
sinflarda geometrik figuralar va ular orasidagi munosabatlarni o‘rganish,
ko‘p hollarda, tasavvur darajasiga etkazilib, ular biri ikkkinchisidan
umumlashtirish darajasi bilan farqlansa, 5-6- sinflar matematika fani o‘quv
dasturiga asosan geometrik materialni o‘rganishning asosiy xususiyati
boshlang‘ich sinflarda o‘rganilgan o‘quv materialini chuqurlashtirish (
masalan, kesma, to‘g‘ri chiziq, burchak, uchburchakning burchaklari va tomonlari
bo‘yicha klassifikatsiya va hokazo ) o‘rganilishi lozim bo‘lgan geometrik
ma’lumotlar hajmini kengaytirishdan ( masalan, nur, parallel to‘g‘ri chiziqlar,
perpendikulyar to‘g‘ri chiziqlar, burchak bissestrisasi va hokazo ) iborat
bo‘ladi. Bunda tarkib toptirilgan bilimlarni ongli ravishda mustahkamlash
uchun ba’zi hollarda ko‘proq, ba’zi hollarda kamroq darajada
umumlashtirishlardan foydalaniladi. Geometrik materialni o‘rganish
jarayonini bunday tashkil etish o‘quvchilar ongida sekin-asta
o‘rganilayotgan figuralar haqida shunday tasavvurlar paydo bo‘lishiga olib
keladiki, ular tushuncha elementlarini o‘zida saqlaydi. Masalan, o‘quvchilar
kesmaning uchlarini ajrata oladilar, kesmada nuqtalarni belgilash va natijada
hosil bo‘lgan kesmalarning sonini aniqlashni, kesma uzunligini
o‘lchashni biladilar, kesma boshqa figuraning elementi bo‘la olishligini
tushunib etadilar, ya’ni shunday tasavvurga ega bo‘ladilarki, ularga tayangan holda
kesma tushunchasini tarkib toptirish uchun imkoniyat yaratiladi.
Burchak haqida boshlang‘ich sinf o‘quvchilari chegaralangan
ma’lumotlarga ega bo‘ladilar. To‘g‘ri va to‘g‘ri emas burchaklarni
farqlab, geometrik figuralarda burchaklarni topib, burchakning uchi va
tomonini ajrata oladilar.
Uchburchak yuzasi mavzusini oʻrgatishdan avval oʻquvchilarda uchburchak
va uning turlari haqidagi tushunchaning shakllangan boʻlishi mavzuni
oʻzlashtirishning muhim shartidir. Shu sababdan oʻquvchilarda dastlab uchburchak
shakli haqidagi koʻnikmalar beriladi. Mavzuni yoritish boshlanishida
uchburchakka ta’rif beriladi.
Ta’rifni quyidagicha berish mumkun. Bir toʻgʻri chiziqda yotmaydigan uchta
Do'stlaringiz bilan baham: |