4.
Mustahkamlash.
Mustahkamlash uchun 8-sinf geometriya darsligidagi
masalalar sinf bilan
birgalikda ishlanadi.
Masalaning yechimi: Uchburchak yuzasini hisoblash formulasiga koʻra uning
yuzasi
= · 5.2 · 4.5 = 11.7
ga teng. Uchburchakni chizish uchun chizgʻichdan
foydalaniladi.
Masalaning yechimi: ha bir xil, sababi har ikkala uchburchak yuzasi oʻzi ichki
chizilgan toʻrtburchak yuzasining yarmiga teng.
Masalaning yechimi: Berilgan kvadrat yuzasidan toʻrtta toʻgʻri burchakli
uchburchak yuzalari ayiriladi, S=196-4·24=100 Javob: 100 ga teng.
26
5.
Oʻquvchilar bilimini baholash.
Dars davomida faol ishtirok etgan, savollar aniq va toʻgri
javob bergan,
mashqlarni toʻgʻri bajargan oʻquvchilar a’lo baholar bilan baholanadilar.
Matematik fikrlarini aniq, izchil va mantiqiy bogʻlangan holda, dadil bayon etgan
oʻquvchilar maqtovlar bilan etirof etiladi.
6.
Uyga vazifa.
Dars yakunida oʻtilgan mavzuga xulosa qilindi. Uyga vazifa sifatida
oʻtilganlarni takrorlash,
qoidalarni yod olish, shuningdek 8-sinf geometriya
darslikdagi 1127-mashqni bajarib kelish topshirigʻi berildi.
27
XULOSA
Yuqori bilimli, saloxiyatli kadrlarni tayorlash albatta umumiy oʻrta
maktablaridagi ta’lim sifatiga borib taqaladu, bu esa har
bir pedagog oldiga katta
mas’uliyat yuklaydi, aynan shu jihati ta’limning natijasini belgilab beradi. Bu
jihati, boshqacharoq qilib aytganda bu masala – “metodika” ya’ni uslub
masalasidir. Ya’ni oʻquvchiga faqatgina nimani oʻrgatish
masalasi emas, balki
oʻquvchiga buni qanday qilib oʻrgatish masalasi har doim pedagoglar oldidagi
tuganmas masaladir. Mavzuning oson yoki murakkab boʻlishidan qat’iy nazar,
ta’lim dasturida nazarda tutilgan barcha mavzular uchun, darsni tashkil etish uchun
pedagogga birinchi navbatda toʻgʻri metodikani tanlash kabi mas’uliyati fazifa
yuklatiladi. Tanlangan metodika darslarni oʻquvchilarga ularning mavzuga boʻlgan
qiziqishlarini yanada oshiruvchi
motivatsiyalar berishi, matematik qonuniyatlarni
ularning yoshiga va dunyoqarashiga mos keluvchi,
ular tasavvur qila oladigan
misollar keltirgan holda soddalik bilan mazmunan ochib bergan holda tushuntirish,
mavzuning inson hayotidagi oʻrnini kengroq yoritib berish, ularda fan haqida
“oson” yoki “tushunarli” kabi fikrlarni uygʻotishi zarur.
Yuqorida keltirilgan mavzularning dolzarbligini inobatga olgan holda, ushbu
kurs ishida “Uchbuchak yuzasini oʻqitish metodikasi” mavzusi yoritiladi.
Ushbu
kurs ishida uchburchak yuzasi tushunchasining aniq, sodda va tushunarli misollar
bilan
yoritilib berishga, oʻquvchilarga qiziqish uygʻotadigan savollar qoʻyilishga,
mavzuning oʻquvchilar xotirasida yaxshiroq saqlanib qolishi uchun qoʻllaniladigan
usullar, shuningdek mavzu boʻyicha tashkil etilgan bir soatlik ochiq dasr
ishlanmasi keltirildi.
Xulosa oʻrnida shuni atib oʻtish joizki, har bir mavzu oʻquvchilarga yanada
tushunarli boʻlishi uchun mavzuni kengroq oʻrganib chiqish,
darslarda faol
usullardan foydalanish, zamonaviy axborot texnologiyalrini joriy qilish kabi ishlar
ta’lim sifatini yaxshilaydi.