Mavzu: Tarix fani tadqiqotlarida matematik modellashtirishning qo’llanilishi



Download 19,98 Kb.
Sana25.06.2022
Hajmi19,98 Kb.
#705221
Bog'liq
matematik modellashtirish


Saydqulova Sevara
Mavzu: Tarix fani tadqiqotlarida matematik modellashtirishning qo’llanilishi
Reja:
1.Matematik uslublar.
2. Ommaviy jarayonlarning rivojlanishida qonuniyatlarni va tendensiyalarni aniqlashda matematik uslublar.
3.Matematik modellashtirish.
4.Ikki turi: imitatsion modeli va ko‘rsatish o'rganish modeli
Tarix fanida matematik uslublardan foydalanishning boshlanishi XIX asr oxiri — XX asr boshlariga to‘g‘ri keladi. Tarixchilar ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarning statistik tahlili bilan shug‘ullana boshladilar
Matematik uslublardan foydalanishning yangi bosqichi ikkinchi jahon urushidan so‘ng, XX asrning 50—60-yillarida EHM lari paydo bo‘lgandan boshlandi. 1962-yilda AQSH dagi bir qator universitetlar va kollejlar siyosiy tadqiqotlar konsorsiumini tashkil etdilar va bu faoliyat davomida AQSH tarixini ham o‘rganib m a’lumotlar toplashni boshladilar. Yangi tadqiqot uslublariga asoslangan holda «yangi iqtisodiy tarix», «yangi siyosiy tarix», «yangi ijtimoiy tarix» tushunchalari shakllandi. «Kliometriya» deb nom olgan yangi fan haqida fikrlar paydo bo‘la boshladi va dasturlar hamda ma’lumotlar bazalari yaratildi. Bu faoliyat natijasida ikki nafar kliometrist D.Nort va G.Fogel Nobel mukofoti bilan taqdirlandi. Ulargacha va ulardan keyin ham bunday nufuzli mukofotga biron-bir tarixchi musharraf bo’lmagan. Bu uslublarni qo‘llash borasida strukturalistlar dastlabkilardan bo‘ldilar. Ayni vaqtda «tavsifiy» tarix tarafdorlari tarixiy jarayonlarni haddan tashqari abstraktlashtirishga qarshi chiqdilar va manbalarda miqdoriy m a’lumotlar (dalillar, faktlar)ning yetarli emasligini asos sifatida ko‘rsatib, tarixning fan sifatida ocz qiyofasini yo‘qotishi mum kinligini ta ’kidladi
XX asrning 60-yillarida tarix fani tadqiqotlarida matematik uslublardan foydalanishni kuchaytirdi va ayni vaqtda matematiklar tarix fani tadqiqotlarida bag‘ishlangan ishlarga o‘z takliflarini kirita boshladilar, matematik uslublarga berilayotgan urg‘u kuchayib bordi. Biroq bu jarayonlarda tarixchilar tarixda barcha narsani miqdor jihatdan asoslab berish mumkin emasligini va tadqiqotlar jarayonida tarixiy uslublar hech qachon o‘z ahamiyatini yo‘qotmasligini yaxshi tushunib turardilar. Ayni vaqtda tarixchilar tarix fani tadqiqotlari sohasida yaxshi samara berishi mumkin bo‘lgan matematik uslublarni ham o‘zlashtirish kerak deb hisobladilar. Bundan kelib chiqadiki, tadqiqotlar jarayonida matematik uslublardan zarur hollarda boshqa maxsus tarixiy va umumfan uslublaridan ham foydalangan holda foydalanish maqsadga muvofiqdir, aks holdagi qo‘llashlarda esa tarixiy jarayonlarni tushunishda xatoliklarga olib kelishi mumkin. Matematik uslublar umumiy jarayonlarning rivojlanishidagi qonuniyatlar va an’analarni aniqlab berishi mumkin. Ko‘plab iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy jarayonlar matematik uslublar yordamida o‘rganilmoqda. Matematik uslubsiz tizimli yondashuv tadqiqot yuzasidan keng va atroflicha tushuncha bermasligi mumkin. Tipologik klassifikatsiya (tasniflash) jarayonida u bir xilda bo‘lmay ko‘p tomonlama (turli xil) bo‘lishi mumkin va bunda shu taxlitda yondashuv va tahlil talab etiladi
Matematik uslublar turli holatlar va omillar, u yoki bu hodisalarning sabablari, asosiy faktlar (dalillar)ni aniqlash, ularning qiyosiy aham iyatini aniqlashda qo‘l keladi. Shuningdek, bu uslublar gneseologik muammolar — manbalardagi ma’lum otlarning haqqoniyligini tekshirish, manbadan ko‘proq axborotlarni olish darajasini oshirish kabilarni hal etishda ham yordam beradi. Ayni vaqtda mazkur uslublardan foydalanishning me’yorlari va tadqiqotlardagi o‘rnini aniqlab olish muhim aham iyat kasb etadi, chunki uning tadqiqot obyektining xususiyatlari, ayni vaqtda tarix fanining va matematika fanining taraqqiyoti bilan holatlarini ham diqqat-e’tibordan chetda qoldirmaslik lozim. Matematik uslublardan tadqiqot jarayonida eng zarur holatlarda va qo‘llash imkoniyati mavjud bo‘lgan holatlarda foydalanish mumkin va qo‘lga kiritilgan natijalarni va xulosalarni an’anaviy uslublardan foydalangan holdagi natijalar bilan taqqoslab borish maqsadga muvofiqdir. Bunda tarixchining matematika fani sohasidan ham yetarli bilimga ega bo‘lishi muhim o‘rin tutadi va har ikki fan yuzasidan yuqori darajadagi bilimga ega tarixchi mutaxassislar tadqiqotlar jarayonida katta natijalarga erishishlari mumkin.
Matematik modellashtirish. Modellashtirish — tarixiy hodisalarning shartli ravishdagi andozasini, shaklini, holatini tuzish, shakllantirishdir. Har qanday model (andoza, shakl) — bu tadqiq etilayotgan hodisalar va jarayonlar mohiyatining abstraktlashgan ko‘rinishidr. Modellashtirish asosida o‘xshashlik nazariyasi yotadi, bunda model (andoza, shakl) tadqiq etilayotgan hodisalar va jarayonlarning yaqinlashtirilgan o‘xshashligidir. Modellashtirish o‘z tarkibiga sifat va miqdor jihatdan tuzilgan modellashtirishni kiritadi (ya’ni mohiyat-mazmun jihatdan va tuzilish-miqdoriy jihatdan). Tuzilish miqdoriy modellashtirish — bu mohiyat-mazmunli shaklning (andozaning) tuzilish shaklidir. Uning aniq-konkret ma’lumotlar bilan toidirilishi va bu ma’lumotlarning matematik uslublar yordamida tahlil qilinishi tadqiq etilayotgan hodisalar haqida yangi ma’lumotlar berishi mumkin. Q o’lga kiritilgan bu ma’lumotlarni talqin qilish va tushuntirib berish mohiyat-mazmunli shakl orqali amalga oshiriladi va bunda tadqiq etilayotgan hodisaning mohiyati ochib beriladi.
Tuzilish miqdoriy modellashtirish — bu mohiyat-mazmunli shaklning (andozaning) tuzilish shaklidir. Uning aniq-konkret ma’lumotlar bilan toidirilishi va bu ma’lumotlarning matematik uslublar yordamida tahlil qilinishi tadqiq etilayotgan hodisalar haqida yangi ma’lumotlar berishi mumkin. Qo’lga kiritilgan bu ma’lumotlarni talqin qilish va tushuntirib berish mohiyat-mazmunli shakl orqali amalga oshiriladi va bunda tadqiq etilayotgan hodisaning mohiyati ochib beriladi. Tuzilish — miqdoriy model (andoza, shakl) ikki ko‘rinishda bo‘ladi: birinchisi aks ettiruvchi — (mezonli) oichamli (tarixiy hodisalarning haqiqiy tuzilishini aks ettiradi va uni o’lchovchi, mezonini aniqlab beruvchi sifatida namoyon bo’ladi) bo‘lib, ikkinchi turi imitatsion model (andoza, shakl) boiib, tadqiqot obyektining tuzilishini asliga taqlidan talqin qilishga imkon beradi va bunda u modellashtirishning muqobil ko‘rinishi sifatida namoyon bo’ladi
Aks ettiruvchi — (mezonli) o’lchamli model (andoza, shakl) tadqiqot jarayonida tadqiqotchi uchun samarali va zarur bo’ladigan muhim uslublardan biri bo’lib, tarixiy jarayonlarning ichki ro‘y berish hodisalarini tushunish imkoniyatini beradi, manbalardagi ayrim yetishmaydigan ma’lumotlarning o‘rnini to’ldirishda duch kelinadigan qiyinchiliklarni bartaraf etishda yordam beradi. Imitatsion-muqobillik modeli tushunishni chuqurlashtirishning muhim vositalaridan biri sanalib, tushunishning rivojlantirib borilishi turlarini va qo’llanilishi mumkin an’analarni tushunishda yordam beradi. Shuningdek holatlar va jarayonlarni muqobil holatda imitatsiyalash ham mumkin. Asosiysi, tarixchi model (andoza, shakl)ni qanday shakllantirishni o‘zi o‘zlashtirib olgan bo’lshi talab etiladi. U yoki bu sohadagi tayyor model (andoza, shakl)larni to‘g‘ridan to‘g‘ri qo’llash maqsadga muvofiq emas, bunday model (andoza, shakl)lar tarixiy tadqiqotlar uchun moslashtirilishi kerak. Bu murakkab jarayon ma’lum bilim va malaka hamda ko‘nikmalarga ega bo’lshni talab etadi va tadqiqot jarayonida bundan foydalana olgan tarixchi ilmiy jihatdan katta samaralarga erishishi mumkin
Download 19,98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish