U. X. Safarov, N. M. Karakulov



Download 4,1 Mb.
Pdf ko'rish
bet119/132
Sana16.03.2022
Hajmi4,1 Mb.
#495187
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   132
Bog'liq
\'Johon va MO Нурбол 2019

 
Aholisi.
O’zbekiston aholisi 2015 yil 1 yanvar ma’lumatiga ko’ra 31 million 
kishidan oshib ketdi. 
O’zbekiston aholisi Yoshi jihatidan past ko’rsatgichga ega: aholining 3/1 
qismi 15 yoshdan kichik. Islom diniga sig’inuvchilar aholining 88%ni tashkil 
qiladi. Aholining ko’p qismi O’zbek, rus va fors-tojik tilarida so’zlashadi. 


240 
Mamlakat bo’yicha aholi zichligi 1 kv.km.ga 68 kishidan iborat bo’lgan 
holda, u Navoiy viloyatidagi 8,1 kishidan Andijon viloyatida 652,4 kishiga farq 
qiladi. O’zbekistonda 2013 yilgi ma’lumotga ko’ra aholining 51,2%i shaharlarda 
yashaydi va hududda 119 ta shahar, 1065 ta shaharcha mavjud. Tug’ilish
koeffitsienti 2013 yilda har ming kishi hisobiga nisbatan tug’ilish 21,4, o’lim 4,9 
va tabiiy ko’payish 16,5 kishini tashkil etadi. Aholining ko’payish va kamayishida 
migratsiyaning ham roli bor.
Masalan: 2012 yilda kelganlar 169,7 ming, ketganlar 210,6 ming kishi va 
aholining kamayishi 40,9 ming kishiga teng. 2013 yilgi ma’lumotga ko’ra 25 mln 
yoki jami aholining 83%i respublikaning tub millati - o’zbeklarga to’g’ri keladi.
Sanoat.
Yoqilg’i-energetika sanoati. Respublikada yoqilg’i sanoati tarkibiga 
ko’mir, neft va gaz qazib chiqarish kiradi. 
Neft.
Mamlakatning Oltiariq, 
Polvontosh, Mingbuloq, Ko’kaydi, Lalmikor, Tolli, Ko’kdumaloq, Qorovulbozor, 
Ustyurtdagi neft konlarida neft qazib chiqaruvchi zavod, korxonalari ishlab turibdi 
va ulardan yiliga 3,5 mln tonna neft va suyultirilgan gaz bilan birga qazib 
olinmoqda.
Tabiiy gazning
yirik korxonalari Muborak, SHo’rtang, Gazli, Jarqoq,
Ustyurtdagi Surg’ildagi havzalardadir. Yiliga mamlakatda o’rtacha 60 mlyard kub 
m. atrofida gaz qazib chiqariladi. 
Ko’mir sanoati
Angren (97%), SHarg’un, Boysun ko’mir havzalarda 
rivojlangan bo’lib, yiliga o’rtacha 2700 ming tonna qo’ng’ir va toshko’mir qazib 
olinadi.
Elektr energiya
ko’mir, yonuvchi slanets, torf, neft va gaz, suv, quyosh 
radiatsiyasi, shamol va boshqalar asosida ishlab chiqariladi. Elektr 
stantsiyalar ikki xil IES (90%)-Sirdaryo, Toshkent, Navoiy, Yangi Angren, 
Tolimarjon va SES (GES) CHarbog’, Xo’jakent, Andijon, CHirchiq-Bo’zsuv, 
Farhod va boshqalar. Mamlakatda har yili o’rtacha 50-52 mlyard kVt/s miqdorida 
elektr energiya ishlab chiqaroqda. 


241 
Metallurgiya majmuasi.
Qora metallurgiya sanoatining asosiy korxonasi 
Bekobod metallurgiyasidir va u po’lat (2013 yilda 761,0 ming tonna) hamda prokat 
ishlab chiqarishda (2013 yilda 718,0 ming tonna) yetakchi. 
Rangli metallugiya sanoati rivoji ham yuqori. Mamlakatimiz oltin, mis, uran, 
volfram, molibden kabi metallar qazib olinadi. Navoiy va Olmaliq TMK, CHirchiq 
o’ta chidamli va qiyin eruvchi metallar kombinatining o’rni kattadir. 
Kimyo va neft kimyo sanoati
. Ayniqsa, kimyo-farmatsevtika va lak-bo’yoq 
sanoati rivojlandi. Mineral o’g’it (sun’iy ammiak, oltingugurt kislatasi, kaltsiy 
sodasi, kaliy, fosfor o’g’iti) ishlab chiqarish CHirchiq, Navoiy, Samarqand, 
Farg’ona, Qo’qon, Olmaliq, Dehqonobod, Qo’ng’irot shaharlarida faoliyat olib 
borayotgan zavodlarda yetakchidir. 
Mashinasozlik va metalni qayta ishlash sanoati
. Og’ir sanoat hisoblanib, 
uning tarmoqlari transport, traktor va q/h mashinasozligi, elektrotexnika, 
stanoksozlik va asbobsozlik, priborsozlik kabi tarmoqlarga bo’linadi. Mamlakatda 
2013 yil yakunlariga kura 251,3 ming dona avtomobillar (205011 dona yengil va 
722 dona yuk mashinalar), shu jumladan 1136 ta avtobus, 2,4 ming dona traktor, 
933 dona traktor pritseplari ishlab chiqarilgan. 
Engil sanoati.
Mamlakatda 2850 ga yaqin yengil sanoat tarmoqlari, shu 
jumladan 1345 ta tikuv va1160 ta to’qimachilik korxonalari mavjud. So’ngi 
yillarda yiliga o’rtacha 1650 ming t. chigit, 250 t. ipak tolasi, 180 ming t. paxta ip 
kalavasi, 90 mln dona trikotaj mahsulotlari, 650 ming kv. m. gilam va gilam 
mahsulotlari ishlab chiqarilmoqda. 
Oziq-ovqat sanoati
mahsulotlari ham xilma-xil. Ularga un va un mahsulot, 
vino, aroq, piva, o’simlik va hayvon yog’i, go’sht, sut, kalbasa, sigaret, turli
alkogalsiz ichimliklar va h. k.. 
Qishloq ho’jaligi.
Dehqonchilik.
G’allachilik (g’alla, bug’doy). Don ekinlari 
maydoni 1628 ming gektarni tashkil etadi. 2015 yilda mamlakatda 7 mln tonnadan 
ko’proq g’alla yetishtirildi. Har yili o’rtacha 235 ming t. makkajg’xori, 210 ming 
tonna sholi, 1.700 ming tonna kartoshka yetishtiriladi. Paxta ekiladigan maydon 


242 
2012 yilda 1308,3 ming gektarni tashkil qilgan va 2015 yilda 3.350 ming tonna 
paxta xam-ashyosi yetishtirildi. 
Chorvachilik. 
Qishloq xo’jaligining ikkinchi asosiy tarmog’i chorvachilik 
hisoblanadi. Respublikada 2014 yil 1 yanvar holatiga ko’ra 10607 ming bosh yirik 
shoxli qoramol, 17720,2 ming bosh qo’y va echki, 200 ming bosh ot-yilqilar, 
52337 ming bosh parranda boqilgan va 25 ming tonna pilla yetishtirilgan. 
SHuningdek, 1673 ming tonna gusht, 7310 ming tonna sut, 3873,7 mln dona 
tuxum, 31069 tonna jun yetishtirilgan. 
Transport tarmoqlari.
O’zbekistonning transport tarmoqlarini temir yo’l, 
avtomobil, havo, quvur va suv transporti tashkil etadi. 
O’zbekistonda temir yo’llar
XIX asr oxiri va XX asr boshlarida dastlab Krasnovodsk-Samarqand-Toshkent-
Andijon, Orenburg-Toshkent, Qo’ng’irot-Beynau-Makat-Saratov, Samarqand-
Dushanbe yo’nalishlarida dastlabki temir yo’l qurildi. Mustaqillik yillarida 
Uchquduq-Miskin-Nukus va Toshg’uzor-Boysun-Qumqurg’on yangi davr temir 
yo’li qurildi. 2016 yilda ishga tushishi kutilayotgan Toshkent viloyatidan baland 
Qamchiq davoni orqali Farg’ona vodiysiga o’tayotgan “Angren – Pop” temir yo’li 
tez fursat bilan barpo etilmoqda. Mavjud temir yo’llar ketma-ket 
elektrlashtirilmoqda va ularda tez yurar poezdlar(“Afrosiyob” va boshqa) 
qatnamoqda. 2013 yilda O’zbekiston temir yo’l orqali 60 mln. tonna yuk tashilgan 
va unda 15,0 mln kishi qatnagan. Temir yo’lning uzunligi 43 ming km.ni tashkil 
etadi. 
Qattiq qoplamali avtomobil yo’llar
uzunligi Respublikada 42,0 ming km. 
bo’lib barcha qo’shni davlatlarga chiqish yoki ulardan kirish yo’llari ya’ni 
tranzыtmagistrial avtomobil harakatlar mavjud. 2013 yilda mamlakat 
avtomobillarda 1156 mln. tonna yuk va 6280 mln. yo’lovchi tashilgan. SHu kabi 
havo va quvur transportining ham ahamiyati katta. Dunyoning 20 dan ortiq 
shaharlariga havo yo’nalishlarida samolyotlar parvoz qilmoqda. Ayniqsa, Navoiy 
shahri aeroporti negizida tashkil etilgan erkin iqtisodiy-industrial zonaning turli 
yuklarni tashishda o’rni katta. Quvur transportining uzunligi (asosan gaz quvuri) 
14,3 ming km. bo’lib mamlakatning ichki hududida va davlatlararo o’tkazilgan.


243 
O’zbekistonning iqtisodiy rayonlari.
O’zbekistonni ma’muriy-hududiy 
birliklarga ajratish bilan birga uni iqtisodiy rayonlarga ajratish ham muhim 
ahamiyatga ega.
Tarixiy rivojlanish hususiyatlari, mustahkam iqtisodiy aloqalar, yagona 
resurslar va infratuzilma, ishlab chiqarish aloqalari, rivojlanish istiqbollariga qarab 
mamlakat ichidagi iqtisodiy rayonlar bitta emas, balki bir nechta viloyatni o’z 
ichiga olishi ham mumkin (Masalan: Farg’ona iqtisodiy-geografik rayoni va h.k.). 
O’zbekiston rivojlantirish va boshqa omillarni inobatga olib 8 ta iqtisodiy 
rayonga ajratilgan. Bular:
1. Toshkent iqtisodiy-geografik rayoni (Toshkent viloyati va Toshkent 
shaxri); 
2. Mirzacho’l iqtisodiy-geografik rayoni (Sirdaryo va Jizzax viloyatlari); 
3. Farg’ona iqtisodiy-geografik rayoni (Farg’ona, Andijon, Namangan 
viloyatlari); 
4. Zarafshon iqtisodiy-geografik rayoni (Samarqand, Buxoro, Navoiy 
viloyatlari); 
5. Janubiy iqtisodiy-geografik rayoni (Qashqadaryo va Surxondaryo 
viloyati); 
6. Quyi Amudaryo iqtisodiy-geografik rayoni (Xorazm viloyati va 
Qoraqalpog’iston Respublikasi). 

Download 4,1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   132




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish