U. X. Safarov, N. M. Karakulov



Download 4,1 Mb.
Pdf ko'rish
bet117/132
Sana16.03.2022
Hajmi4,1 Mb.
#495187
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   132
Bog'liq
\'Johon va MO Нурбол 2019

10.
 
 O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI.
Tayanch tushunchalar: 
tabiiy karta, siyosiy karta, 
Qizilqum cho’li, 
Mingbuloq botig’i, Hazrati Sulton tog’I, Islom dini, Afg’oniston, Arnasoy, 
Aydarko’l va Tuzkon ko’llari, Muruntog’, Angren, Boysin, Mustaqillik kuni, 
O’zbek so’mi, Ko’kdumaloq neft koni, import, savdo aylanmasi. 
Maydoni 448,9 ming kv.km. Aholisi 33,0 million kishi. Poytaxti -
Toshkent shahri. Davlat tili o’zbek tili. Dini- Islom. Pul birligi — O’zbek so’mi. 
Mustaqillik kuni 1 sentabr (1991 y.). O’zbekiston 5 ta davlat (Qozog’iston, 
Qirg’iziston, Tojikiston, Turkmaniston va Afg’oniston) bilan 6221 km.masafada 
chegaradosh.
O’zbekiston Yevrosiyo materigining markaziy qismida, qadimiy Markaziy 
Osiyo (O‘rta Osiyo) deb atalmish o’lkaning markaziy qismida, asosan, Amudaryo 
bilan Sirdaryo orasida joylashgan. O‘zbekistonning eng shimoliy nuqtasi Ustyurt 
platosining shimoli sharqida bo‘lib, 45° 36′ shimoliy kenglikdadir. Eng janubiy 
nuqtasi Тermiz shahri yonida, Amudaryo qirg‘og‘ida bo‘lib, 37° 11′ shimoliy 
kenglikda. Eng g‘arbiy nuqtasi Ustyurt platosida bo‘lib, 56° 00′ sharqiy uzoqlikda, 
eng sharqiy nuqtasi esa Farg‘ona vodiysining sharqiy qismida, 73° 10′ sharqiy 
uzunlikdadir.
O’zbekiston shimoldan janubga 930 km, g’arbdan sharqga 1425 km. ga 
chuzilgan. 
Chegaralari.
O’zbekiston Respublikasi shimol va shimoli-g’arbda 
Qozog’iston, sharq va shimoli-sharqda Qirg’iziston, sharq va janubi-sharqda 


234 
Tojikiston, g’arb va janubi-g’arbda Turkmaniston, janubda esa Afg’oniston bilan 
chegaralanadi.
Respublika chegaralari siyosiy va iqtisodiy jihatdan ancha qulayliklarga ega. 
An’anaviy yaxshi qo’shnichilik tufayli O’zbekiston-qo’shni davlatlar bilan 
chegarasi eng tinch hududlardan bo’lib kelmoqda
O’zbekiston chegaralarining muhim hususiyatlaridan biri uning aksariyat 
qismi tekisliklardan o’tganligidir. Hatto uning ulkan tog’li o’lkalari Qirg’iziston 
va Tojikiston Respublikalari o’rtasidagi chegaralar ham asosan qulay tog’ oralig’i 
vodiylari yoki u qadar baland bo’lmagan tog’ tizmalari orqali o’tgan.
Geografik o’rni.
O’zbekiston geografik o’rniga ko’ra juda qulay joylashgan. 
Chunki uning hududi Turkistonning markazidagi tabiiy sharoiti qulay va tabiiy 
boyliklarga ega bo’lgan yerlarni o’z ichiga oladi. O’zbekistonning hududining ko’p 
qismi tekislik (O’zbekistonning eng past no’qtasi Qizilqum cho’lidagi Mingbuloq 
botig’i-minus 12 metr)dan iborat bo’lishi hamda serunum vohalarning Chirchiq-
Ohangaron, Farg’ona, Zarafshon, Qashqadaryo, Surxondaryo, Quyi 
Amudaryoning mavjudligi, Orol dengiz-ko’li, Arnasoy, Aydarko’l va Tuzkon suv 
havzalarining, Amudaryo, Sirdaryo (Qoradaryo, Norin), Zarafshon (Oqdaryo va 
Qoradaryo), Chirchiq, Ohangaron, Qashqadaryo, Surxondaryo, Sherobod kabi 
daryolar, Charbog’, Andijon, Tuyabo’g’iz, Ohangaron, Chimqo’rg’on, Talimorjon, 
Tuyamo’yin, Kattaqo’rg’on, Janubiy Surxon, Tupalang va boshqa suv 
omborlarning suv ta’minotdagi roli mamlakat iqtisodiyotining rivojlanishiga qulay 
sharoit yaratib bergan. 
O’zbekiston hududining shimoliy qismi ochiq bo’lib, qishda shimoldan va 
shimoli-sharqdan esuvchi sovuq, quruq havo oqimi bemalol ichki qismlarigacha 
yetib keladi. Shuningdek, janub va janubi-sharqda baland (G’arbiy Tyan-Shan 
tizmalari: Qarjontov, Ugom, Piskom, Chatqol, Qurama tizmalari; Farg’ona, Oloy, 
Turkiston, Manguzar, Zarafshon, Hisor (O’zbekistondagi eng baland nuqta Hazrati 
Sulton cho’qqisi - 4643 metr), Bobotog’, Kuhitang, Nurota) tog’larning mavjudligi
Hind okeanidan esadigan nam va iliq havo massalarini O’zbekiston hududiga 
o’tishiga to’siqlik qiladi.


235 
Yer yuzasining tuzilishi jihatidan O‘zbekiston hududi ikki qismga bo‘linadi, 
katta (78,7 foiz) qismi tekislikdan, qolgan (21,3 foiz) qismi tog‘lardan va tog‘ 
ralig‘idagi botiqlardan iboratdir. Respublikamiz yer yuzasi g‘arb va shimoli 
g‘arbdan sharq va janubi sharq tomon ko‘tarilib boradi.
Tekisliklari. O‘zbekistonning tekislik qismi Turon tekisligining bir qismi 
bo‘lib, uning g‘arbi va shimoli g‘arbini egallagan. Tekislikning shimoli-g‘arbiy
chekkasida Ustyurt platosi joylashgan. U atrofidagi tekisliklardan va Orol dengizi 
yuzasidan tik ko‘tarilib turadigan yonbag‘irlar bilan o‘rab olingan, ular chinklar 
deb yuritiladi. Platoning O‘zbekiston joylashgan qismining okean sathidan 
balandligi 120—180 m atrofida bo‘lib, uning eng yuqori nuqtasi Qorabovur qirida 
(292 m). Ustyurtning yer yuzasi butunlay tekis bo‘lmasdan bir qancha 
botiqlar (Borsakelmas, Asaka-Оvdon va boshqalar) uchraydi, platoning janubi-
sharqiy qismida esa Sariqamish botig‘i joylashgan. 
Amudaryoning quyi oqimida juda katta delta hosil bo‘lgan. Uning yuzasi 
daryoning qadimgi (Ko‘hnadaryo, Daryoliq) va hozirgi o‘zanlari bilan kesilgan. 
Uning o‘rta qismida tub tog‘ jinslaridan tuzilgan kichik-kichik balandliklar ko‘zga 
tashlanadi.
Amudaryo deltasidan sharqda Qizilqum cho‘li boshlanadi. Yer yuzasining 
tuzilishi juda xilma-xil. Bu yerda past tog‘lar — Bo‘kantov, Tomditov, 
Ovminzatov, Quljuqtov, Yetimtov, uning g‘arbiy qismida esa Sulton Uvays tog‘i 
qumli va gilli tekisliklar orasida qad ko‘tarib turibdi. Qizilqumning katta qismini 
qumli tekisliklar egallagan. Past tog‘lar orasida esa botiqlar (Mingbuloq, 
Oyoqog‘itma, Qoraxotin va boshqalar) joylashgan. Ulardan Mingbuloq botig‘ining 
tubi okean sathidan 12 m pastda joylashgan. Qizilqum hududida Amudaryo, 
Sirdaryo va Zarafshon daryolarining qadimgi o‘zanlari ham uchraydi. Qizilqum 
cho‘lidan sharq va janubi sharqda Mirzacho‘l, Qarnob, Qarshi, Malik gilli cho‘llari 
joylashgan.
Tog‘lari. Tyanshan va Hisor-Oloy tog‘ tizmalarining g‘arbiy va janubi-
g‘arbiy tarmoqlari O‘zbekiston hududida joylashgan. Ularning okean sathidan 


236 
balandligi janub va g‘arb tomon astasekin pasayib borib, tekisliklarga tutashib 
ketadi. 
O‘zbekistonning shimoli-sharqiy qismida G‘arbiy Tyanshanning bir qancha 
tog‘ tizmalari (Qorjontov, Ugom, Piskom, Chatqol, Qurama) joylashgan. Bular 
Talas Olatovidan boshlanadi. Bu tog‘ tizmasida Manas nomli cho‘qqi bo‘lib, uning 
okean sathidan balandligi 4484 m dir. Chatqol tog‘ tizmasining O‘zbekiston 
hududida joylashgan qismida esa Katta Chimyon nomli cho‘qqi bo‘lib, uning 
balandligi 3309 m ga yetadi. 
Chatqol va Qurama tog‘ tizmalari orasida Ohangaron platosi joylashgan. 
G‘arbiy Tyanshan tog‘ tizmasining okean sathidan balandligi 2500—4000 m 
bo‘lib, uning yuqori qismlarida muzliklar uchraydi. 
Farg‘ona botig‘ining markaziy qismi O‘zbekistonda joylashgan bo‘lib, 
g‘arbdan Qurama, shimoldan Chatqol, sharqdan Farg‘ona, janubdan Oloy, 
Turkiston tog‘ tizmalari o‘rab olgan. Turkiston tog‘idan shimoli g‘arbga qarab 
Morguzar va Chumqor tog‘lari ajralib chiqqan. Chumqor tog‘ining faqat shimoliy 
yonbag‘rigina O‘zbekistonga qaraydi. Morguzar tizmasining shimoli g‘arbida 
Nurota tog‘ tizmalari o‘rin olgan bo‘lib, ular bir-biridan Sangzor daryosining 
«Amir Temur darvozasi» darasi bilan ajralib turadi. Nurota ikki qismdan - 
Shimoliy va Janubiy Nurota tizmalaridan iborat. Shimoliy tog‘ tizmasidagi 
Hayotboshi cho‘qqisining balandligi 2169 m ga yetadi. Janubiy Nurota alohida 
ko‘tarilmalar (Oqtov, Qoratov, Qarachatog‘, G‘ubdintog‘)dan iborat. 
Zarafshon daryosi vodiysining janubida Zarafshon tizma tog‘lari joylashgan 
bo‘lib, u O‘zbekiston hududida Chaqilkalon va Qoratepa nomlari bilan ataladi va 
ancha pasayib qoladi. Bu tog‘larning g‘arbida esa Zirabuloq, Ziyovuddin nomli 
past tog‘ tizmalari bo‘lib, ularning eng baland qismi 1115 m ga yetadi. Zarafshon 
tizma tog‘larining janubida Hisor tog‘ tizmasining janubi-g‘arbiy tarmoqlari 
(Yakkabog‘, Surxontog‘, Ko‘hitang va boshqalar) joylashgan. O‘zbekistonning 
eng baland cho‘qqisi H a z r a t S u l t o n (4643 m) Hisor tog‘ida joylashgan. 
Janubiy O‘zbekistonda Bobotog‘ tizmasi ko‘tarilgan bo‘lib, Z a r k o s a 
cho‘qqisining balandligi 2289 m dir. 


237 
O‘zbekistonning tog‘li qismida quyidagi tog‘ oraliq botiqlari joylashgan:1. 
Chirchiq-Ohangaron botig‘I 2. Farg‘ona tog‘ oraliq botig‘i (vodiysi) 3. Sangzor-
Nurota tog‘ oraliq botig‘I 4. Zarafshon botig‘I 5. Kitob-Shahrisabz tog‘ oraliq 
botig‘I 6. Surxon-Sherobod botig‘i 

Download 4,1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   132




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish