U. X. Safarov, N. M. Karakulov



Download 4,1 Mb.
Pdf ko'rish
bet118/132
Sana16.03.2022
Hajmi4,1 Mb.
#495187
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   132
Bog'liq
\'Johon va MO Нурбол 2019

Foydali qazilmalari
. O’zbekistonda yer osti va usti tabiiy boyliklari 
nihoyatda ko’p. Jumladan, oltin zahirasi bo’yicha jahonda 4-o’rinda, qazib olish 
bo’yicha sakkizinchi o’rinda turadi (Navoiyda:-Muruntov, Ko’kpatas; 
Samarqandda:-Zarmeton; 
Jizzaxda:-Marjonbo’loq, 
Toshkentda:-Qizilolma;, 
Namangan:-Chodaq), kumush (Toshkentda:-Olmaliq, Navoiyda), mis (Toshkent:-
Olmaliq), qo’rg’oshin, volfrom (Samarqandda:-Qo’ytosh, Langar), uran 
(Surxondaryoda:-Xondiza, 
Toshkentda, 
Navoiyda:-Markaziy 
Qizilqum, 
Namanganda), tabiiy gaz (Qashqadaryoda:-Muborak, So’rtan, Uchqir; Buxoroda:-
Gazli, Jarqoq; Ustyurtda:-Surg’il;), neft (1886y. Farg’onada:-Oltiariq; Andijonda:-
Janubiy Olamushuk, Polvontosh; Namangan:- Mingbuloq; Surxondaryoda:-
Hovdog’, Kukaydi, Lalmikor, Tolli; Qashqadaryoda:-Ko’kdumaloq; Buxoroda:-
Qorovulbozor; 
QQRda:-Oqsholoq, 
O’rga, SHoxpaxti, Ustyurt), ko’mir 
(Toshkentda:-Angren; 
Surxondaryoda:- 
SHarg’un, Boysun), temir ruda 
(Toshkentda:-Temirkon; QQRda:-Sulton Uvays; Navoiyda-Surenota), fosforit 
(Navoiy:-Qizilqum), kaliy (Tubekatan), osh (Xo’jaikon, Borsa Kelmas, 
Qo’ng’irot) va tosh (Boybichekan) tuzlari, turli qurilish materiallari-qum, gips, 
granit, marmar (G’ozg’on, Langar, Omonqo’ton, Kitob) hamda meniral suvlar 
mavjud. 
 
Rivojlanish tarixi
. Ko’hna tarixga ega bo’lgan O’zbekiston uzoq va yaqin 
o’tmishda bir necha marta qayta tashkil qilingan bo’ldi, turli nomlar bilan ataldi.
O’zbeklarning ajdodlari - baqtriyaliklar, sogdiylar, saklar, massagetlar 
Turkiston va Xuroson hududida istiqomat qilishgan. Bu hududdagi qadimiy 
Baqtriya o’rnida keyinchalik Tohariston davlati vujudga kelgan. Tez orada 
Tohariston Sogdiana davlati bilan qo’shilib Turkiston hududida yirik Kushan 
imperiyasiga birlashadi. Millodiy VII-VIII asrlarda o’lkaga arablar bostirib kiradi 
va Bag’dod xalifaligi o’rnatiladi. IX asrning oxiri (874yil)da Bag’dod xalifaligi 


238 
yemirilib uning o’rnida Samoniylar davlati barpo qilinadi. XII asrning o’rtalarida 
hududida Saljuqiylar davlati tarkib topadi. XIII asrning boshi (1219-1221 yillar)da 
hududni Chingizxon boshliq mug’ullar ishg’ol qildi. 1370 yilda Samarqandda yirik 
davlatchilik paydo bo’lib uning tepasiga Amir Temurning kelishi feodal urushlarga 
chek qo’ydi.
1500-1507 yillarda ko’chmanchi qabilalarning yetakchisi Muhammad 
Shaybonihon butun Turkistonni o’z qo’li ostiga oldi. SHaybonixon avlodlari 1598 
yilgacha davlatni boshqardi. So’ngra bu hududda Buxoro, Xiva va Qo’qon 
xonliklari vujudga keldi.
Ming yillar muqaddam bu o’lkada yashab o’tgan ajdodlarimizdan Sharqning 
buyuk allomasi Muhammad Iso Xorazmiy va Abu Rayhon Beruniy tomonidan 
Ma’mun akademiyasining ochilishi, o’sha davrda tibbiyot ilmining dahosi bo’lgan 
Abu Ali Ibn Sinoning jahonshumul kashfiyotlari, Xakim at-Termiziy, Iso 
Muhammad Termiziy, Ahmad Farg’oniy, Imom al-Buxoriy, sohibqiron Amir 
Temur, Mirza Ulug’bek va boshqalarning madaniy merosimizga qo’shgan hissalari 
tarixdan guvohlik beradi. 
O’zbekistonning ma’muriy-hududiy bo’linishi.
Buxoro amirligi, Xiva va 
Qo’qon xonliklari CHor Rossiyasi qo’shinlari tomonidan tor-mor etildi va uning 
o’rnida dastlab Turkiston general-gubernatorligi, keyinchalik Turkiston Avtonom 
Sovet Sotsialistik Respublikasi tashkil etilgan. 
1920 
yillarda 
Xorazm 
va 
Buxoro Xalq Sovet Respublikasi tuzilgan. 
Ma’lumki, 1924 yilda O’rta Osiyoda milliy davlat-chegaralanishlari 
o’tkazilib O’zbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasi tashkil qilindi.
1930 yilda Respublika poytaxti Samarqanddan Toshkentga ko’chirildi.
1936 yilda Qoraqalpog’iston ASSR O’zbekiston SSR tarkibiga kiritildi 
(Mustaqillikning dastlabki davridan boshlab QQR deb nomlandi). 1938 yilda 
Respublika tarkibida 5 ta viloyat Buxoro, Samarqand, Toshkent, Farg’ona, Xorazm 
viloyatlari tashkil qilindi; 


239 
1941 yilda Andijon, Namangan va Surxondaryo viloyatlari, 1943 yilda 
Qashqadaryo viloyati, 1963 yilda Sirdaryo viloyati, 1973 yilda Jizzax viloyati va 
1982 yilda Navoiy viloyati tashkil etildi.
O’zbekiston ma’muriy jihatdan 12 ta viloyat va 1 ta QQR hamda Toshkent 
shahridan iborat.
O’zbekiston Respublikasining ma’muriy-hududiy tuzilishi (2014 yil 1 
yanvar holatiga kura). 53-jadval. 
Respublika, viloyat
va shahar nomi 
Maydoni, 
ming km

Aholisi, 
ming kishi 
1. Qoraqalpog’iston Respublikasi 
166,6 
173,2 
2. Andijon viloyati 
4,3 
2805,2 
3. Buxoro viloyati 
40,3 
1756,5 
4. Jizzax viloyati 
21,2 
1226,8 
5. Navoiy viloyati 
111,0 
900,7 
6. Namangan viloyati 
7,4 
2504,0 
7. Samarqand viloyati 
16,8 
3444,8 
8. Sirdaryo viloyati 
4,3 
763,7 
9. Surxondaryo viloyati 
20,1 
2307,5 
10.Toshkent viloyati 
15,3 
2726,1 
11.Farg’ona viloyati 
6,8 
3386,1 
12.Xorazm viloyati 
6,1 
1683,7 
13.Qashqadaryo viloyati 
28,6 
2895,5 
14.Toshkent shahri 
0,3 
2351,8 

Download 4,1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   132




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish