U. X. Safarov, N. M. Karakulov



Download 4,1 Mb.
Pdf ko'rish
bet116/132
Sana16.03.2022
Hajmi4,1 Mb.
#495187
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   132
Bog'liq
\'Johon va MO Нурбол 2019

Qishloq xujaligi.
Respublika qishloq xo’jaligida paxtachilik yetakchi 
tarmoqlardan biridir. Bundan tashqari pillachilik, bog’dorchilik va uzumchilik, 
donchilik (bo’g’doy va boshqalar) va chorvachilik rivojlangan. 
Respublikada 1 mln tonnaga yaqin paxta yetishtiriladi. Farg’ona vodiysida 
oq, Vaxsh va Hisor vodiylarida ingichka tolali paxta ekiladi. Tojikiston Markaziy 
Osiyoda yetishtiriladigan qimmatbaho ingichka tolali paxtaning 50% ni yetkazib 
beradi. Paxtaning bu navida yuqori sifatli gazlamalar olinadi. 
Tojikistonning agroiqlim sharoiti bog’dorchilik va uzumchilik uchun ham 
qulay respublikada shaftoli, o’rik, olma, nok, olcha, gilos, behi, uzum, anjir, anor, 
bodom, xurmo kabi mevalar yetishtiriladi.
Chorvachilik qoramolchilik, qo’ychilik, yilqichilik, parrandachilik hamda 
go’sht-sut chorvachiligi tarmoqlariga bo’linadi. Qoramolchilik gusht, sut va teri 
yetkazib berishda muhim o’rin tutadi. Qo’ychilik asosan respublikadagi tabiiy 
yaylovlarda boqiladi. Mamlakatda hisor zotdor qo’ylari boqiladi. Bu qo’ylar 
yirikligi, tez semirishi bilan dunyoga mashqur. Uning oqirligi 120-130 kg dan 
ortadi. Respublikada qorako’l qo’ylarini boqish ham yaxshi yo’lga qo’yilgan. 
Pomir tog’li xalqlarning asosiy chorva moli bu qo’toslar bolqiladi. Bu xayvonlar 
sovuq iqlimga moslashgan bo’lib, ulardan sut olish bilan birga yuk tashishda 
foydalaniladi. 
Respublikaning barcha hududlarida (Tog’li Badaxshondan tashqari) 
qadimgi qishloq xo’jaligi tarmoqi - pillachilik rivojlangan.


231 
Transport tarmog’i.
Respublika iqtisodiyotini rivojlantirishda transportning 
ahamiyati beqiyosdir. Mintaqada transport turlaridan temir yo’li, avtomobil, havo 
transportlari yetakchi. Respublika hayotida temir yo’l va avtomobil transportlari 
yetakchi ahamiyatga ega. 
Temir yo’l transporti respublikaning ichki hududlararo, hamda uning tashqi 
aloqasida muhim o’rinni egallaydi.Respublika tashqi iqtisodiy aloqasida 
Dushanbe-Termiz temir yo’lining ahamiyati katta. Bu yo’l orqali Tojikiston 
Markaziy Osiyo va boshqa MDH davlatlari bilan bog’langan. Dushanbe-Yovon-
Qo’rqontepa hamda Vaxsh bilan Qo’lob vodiylarini tutashtiruvchi yangi temir 
yo’llar qurilgan. Rayonlararo yuk tashishda tog’li respublika bo’lganligi sababli 
avtomobil transportining ahamiyati kattadir. Avtomobil yo’llarining umumiy 
uzunligi 28 ming km. bo’lib uning 13 ming km. asfaltlangan. Yirik avtomobil 
yo’llari Dushanbe - Termiz, Dushanbe - Qo’rqontepa, Dushanbe – Ayni – Ura-
Tepa – Xo’jand - Konibodom, Dushanbe – Xorog – Murg’ob – Sari-Tash - O’sh 
avtomagistrallari mamlakat poytaxtini ichki va tashqi o’lkalar bilan bog’laydi. 
Dushanbe – Xorog – Murg’ob – Sari-Tash - O’sh avtomobil yo’llarida vaqtincha 
ishlaydi ya’ni qishki mavsumda dovonda qor ko’p bo’lgan davrlarda transport 
qatnovi to’xtatiladi. 
Asosan yo’lovchilar temir yo’l, avtomobil va havo transportlarida tashiladi. 
Ayniqsa, ularni uzoq masofaga tashishda havo transportining ulushi kattadir. Havo 
transporti orqali mamlakat poytaxti barcha yirik shaharlari bilan bog’langan. 
Shuningdek, Dushanbedan MDH davlatlarining Moskva, Sank-Peterberg, 
Novosibirsk shaharlari, Kavkaz orti mamlakatlari hamda boshqa xorijiy 
mamlakatlarga havo transporti qatnovi yo’lga qo’yilgan. 
 
O‘zbekiston bilan Tojikiston o‘rtasidagi konsruktiv va ochiq muloqot 
mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlashda hamda mintaqaning barqaror rivojlanishida 
muhim shartlardan biri hisoblanadi. 
O‘zbekiston Tojikiston bilan savdo-iqtisodiy, gumanitar sohalarda, mintaqa 
barqarorliginini ta’minlashda hamda mintaqa xavfsizligiga tahdid soluvchi omillar 


232 
bilan birgalikda kurashishda keng ko‘lamli hamkorlikni rivojlantirishdan 
manfaatdordir. 
2000-yil iyun oyida O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom 
Karimovning Tojikistonga davlat tashrifi amalga oshirildi. 
1998-yil yanvarda va 2001-yil dekabr oyida esa Tojikiston Respublikasi 
Prezidenti Emomali Rahmon O‘zbekiston Respublikasiga rasmiy tashrif 
uyushtirdi. 
Ikki mamlakat o‘rtasida Savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo 
qo‘shma komissiya tashkil qilingan. Shu kungacha qo‘shma komissiyaning to‘rtta 
majlisi bo’lib o‘tgan. Majlislar Dushanbe shahrida 2002-yil 22-avgust kuni hamda 
2009-yil 18-fevralda tashkil etilgan, Toshkent shahrida 2015-yil 23-iyun kuni 
hamda 2016-yil 28-dekabrda tashkil etilgan. 
O‘zaro tovar aylanmasi hajmi 2016-yil yakunlari bo‘yicha 196,8 million 
AQSH dollarini tashkil etdi. 
Nazorat uchun savollar. 
1.
Qozog’iston geografik o’rni, tabiiy sharoiti va tabiiy 
boyliklariga ta’rif bering. 
2.
Turkmaniston geografik o’rniga ta’rif bering. 
3.
Tojikiston geografik o’rni, tabiiy sharoiti va tabiiy boyliklariga 
ta’rif bering. 
4.
Qirg’izistonning tabiiy sharoiti va tabiiy boyliklariga ta’rif 
bering. 
5.
Qozog’iston aholisi, iqtisodiyotining rivojlanishi, sanoat 
tarmoqlari hamda qishloq-ho’jaligi o’sishi va rivojlanishini izohlang. 
6.
Qirg’izistonning aholisi, iqtisodiyotining rivojlanishi, sanoat 
tarmoqlari hamda qishloq-ho’jaligi o’sishi va rivojlanishini izohlang. 
7.
Tojikiston sanoat tarmoqlari rivojlanishini izohlang. 
8.
Turkmaniston iqtisodiyotining rivojlanishini izohlang. 
9.
Qozog’iston qishloq-ho’jaligi qanday rivojlangan.
10.
Qirg’izistonning qishloq-ho’jaligi qanday rivojlangan.


233 
11.
Qozog’iston nechta iqtisodiy rayonga ajratilgan. 
12.
Tojikiston nechta iqtisodiy rayonga ajratilgan. 
13.
Turkmaniston maydoni qancha? 
14.
Qozog’iston maydoni qancha? 
15.
Qirg’iziston maydoni qancha? 
16.
Qirg’iziston aholisi qanchani tashkil yetadi? 

Download 4,1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   132




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish