U. X. Safarov, N. M. Karakulov



Download 4,1 Mb.
Pdf ko'rish
bet108/132
Sana16.03.2022
Hajmi4,1 Mb.
#495187
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   132
Bog'liq
\'Johon va MO Нурбол 2019

Qishloq xo’jaligi.
Dehqonchilik.
Qozog’iston qishloq xo’jaligida yaroqli 
yerlar 78,6 mln. ga.ni tashkil etadi. Asosan donli ekinlar yetishtiriladi. Donli 
ekinlardan bug’doy (yiliga o’rtacha 14,5 mln. t.) eng ko’p ekilib, u barcha donli 
ekin maydonining 2/3 qismini egallaydi. Bundan tashqari donli ekinlardan tariq, 
sholi, arpa ekiladi. Texnika ekinlaridan paxta, kungaboqar, qand-lavlagi, 
makkajuxori ko’proq ekiladi. 
Chorvachilik
qishloq xo’jaligining ixtisoslashgan tarmoqlaridan biri bo’lib, 
ayniqsa qo’ychilik (25 mln. bosh) yaxshi rivojlangan. Bundan tashqari qoramol (10 
mln.bosh), yilqichilik (1,6 mln. bosh), tuyachilik (200 ming bosh), chuchqachilik, 
parrandachilik bilan ham shug’ullanib kelishadi. 
Transporti va tashqi iqtisodiy aloqalari.
Qozog’istonning transport
tarmoqlarini temir yo’l, avtomobil, havo, quvur va suv transporti tashkil etadi. 
Qozog’istonda quruqlik transportida jami yuk va yo’lovchilarning 97% tashiladi. 
Shu jumladan, yo’lovchilarning 85% ga yaqini avtomobil, 11,4% temir yo’l, 2,9% 
havo transportida tashiladi. 

So’nggi yillari mamlakatda quvur transportining ahamiyati oshib bormoqda. 
Sababi respublika hududida yangi neft va tabiiy gaz konlarining o’zlashtirilishi 
hamda yoqilg’i mahsulotlari eksportining ortib borishidir. 
Iqtisodiy geografik rayonlari.
Qozog’iston Respublikasida 5 ta iqtisodiy 
rayon mavjud. Janubiy, Markaziy, Sharqiy, G’arbiy va Shimoliy iqtisodiy 
rayonlar. 


207 
1. Janubiy Qozog’iston (Almati, Jambul, Qizilo’rda, Turkiston viloyatlari) 
respublika hududining 26.1% ini egallaydi va hududda aholining 47%i istiqomat 
qiladi. Mamlakatdagi aholi eng zich yashaydigan hudud hisoblanadi (1 km.kv.ga 
10 kishi). Bu iqtisodiy rayonda rangli metallar va fosforit qazib olish, 
mashinasozlik, paxta va qand lavlagi yetishtirish, sholi, bog’dorchilik, uzumchilik 
va boshqalar rivojlangan. Shaharlari: Almati, Chimkent, Taraz, Qizilo’rda, 
Taldiqo’rg’on, Kentau, Turkiston. 
2. Markaziy Qozog’iston. (Qarag’anda viloyati) Respublika hududining 
15,7% i qamrab olgan va unda aholisining esa 8,1%i yashaydi. Aholisining 82% i 
shaharlarda yashaydi. Mamlakatning eng urbanizatsiyalashgan qismi hisoblanadi.
Bu rayon nafaqat Qozog’istonda balki MDHdagi eng yirik ko’mir va temir rudasi 
havzasi hisoblanadi. Bu yerda rangli metallurgiya, mashinasozlik va kimyo sanoati 
ham yaxshi rivojlangan. Shaharlari: Qarag’anda, Jezqazg’an, Qo’ng’irot, Temirtau, 
Abay, To’rg’ay, Balxash. 
3. Shimoliy Qozog’iston (Aqmo’la, Kustanay, Pavlodar va Shimoliy 
Qozog’iston viloyatlari kiradi). Respublika hududining 20,8% ini va aholisining 
21,6 % ini egallaydi. Shimoliy Qozog’iston hududida mamlakat poytaxti- Astana 
shahri joylashgan. Aholi zichligi 1 km.kv.ga 8 kishi to’g’ri keladi. Milliy tarkibida 
ruslar ko’pchilikni tashkil etadi. Iqtisodiy rayon elektroenergetika, qora va rangli 
metallar qazib olish va boyitish, don yetishtirish va chorvachilikka ixtisoslashgan. 
Shaharlari: Astana, Kustanay, Pavlodar, Ekibastuz, Petropavlovsk, Kukchatau. 
4. Sharqiy Qozog’iston. (Sharqiy Qozog’iston viloyati). Respublika 
hududining 10,4% ini, aholisining esa 8,1% ini tashkil etadi. O’lka hududida qora 
va rangli metallurgiya (qo’rg’oshin, rux, mis, titan, oltin, kumish, surma, temir, 
vismut, simob va boshqa metallar uchraydi), gidroelektronika, don yetishtirish 
hamda rekreatsion resurslaridir (Oltoy tog’ yonbag’ri, ko’plab daryo va ko’l 
bo’ylarida turizm rivojlangan). Rayon asosiy agrosanoat majmuasi markazi 
hisoblanadi. Bu yerda chorvachilik va dehqonchilik mahsulotlari qayta ishlanadi. 
Shaharlari: Uskemen, Ziryan, Semey, Ayaguz, Ridder, Leninagorsk. 


208 
5. G’arbiy Qozog’iston (Aqto’be, Atirau, G’arbiy Qozog’iston, Mang’istov 
viloyatlari). Respublika hududining 27%i, aholisining 15,2%ini tashkil etadi. 
Mamlakatning asosiy neft va gaz mintaqasi hisoblanadi. Bundan tashqari kimyo 
sanoati, xrom va nikel qazib chiqarish, chorvachilik, baliqchilik yaxshi 
rivojlangan. Shaharlari: Aqto’be, Yeraliev, Bautino, Aqtau, Ural, Janauzen.

Download 4,1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   132




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish