U. X. Safarov, N. M. Karakulov



Download 4,1 Mb.
Pdf ko'rish
bet106/132
Sana16.03.2022
Hajmi4,1 Mb.
#495187
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   132
Bog'liq
\'Johon va MO Нурбол 2019


Davlat 
Loyiha ishtirokchilari 
ulushi, % 

Kazmunaygaz 
16,877 

AgipCaspian Sea 
B.V. (Eni) 
16,807 

Total
 
16,807 

ExxonMobil
 
16,807 

Royal Dutch Shell
 
16,807 

CNPC
 
8,333 

Inpex
 
7,563 


198 
Tabiiy gaz (200 dan ortiq kon) asosan janubiy Mang’ishloq va Ustyurt 
platolaridan, shuningdek, Emba va Mang’ishloq neft konlaridagi yo’ldosh 
gazlardan iborat bo’lib, tabiiy gaz zahirasi 6 trln m
3
tashkil qiladi
Qozog’istonning shimoli-g’arbiy qismlarida yirik temir rudasi konlari 
topilgan. Eng yirik konlari Temirtov, Rudniy, Kustanay, Sokolov-Sarboy, 
Lisakovsk va boshqalardir.
Mis zahiralarining ( MDH davlatlari orasida birinchi o’rinda turadi) eng 
katta konlari (74 ta mis kon) Jezqazg’an, Balxash, Markaziy Qozog’istondagi
Bozshaqol, Shimoliy Qozog’istondagi Orlov, Nikolaev, Sharqiy Qozog’istondagi 
Chotirko’lda, G’arbiy Qozog’istondagi Yubileyniy) da bor. 
Qo’rg’oshin va rux Sharqiy, Janubiy va Markaziy Qozog’istonda, baksit 
Kustanayda, volfram (Qozog’iston past tog’larida), xrom (Aqto’be viloyatida), 
oltin va kumush (Oltoy, Qoratov, Junqoriya Olatovida), titan va magniy, molibden 
kabi boyliklar ham hududda uchraydi. 
Yirik fosforit konlari Qoratov, Chimkent, Jambul va Aqto’be viloyati 
hududida, natriy sulfat va kimyoviy vositalar konlari Janubiy va Markaziy 
Qozog’iston va Pavlodarda, yirik osh tuzi konlari Pavlodar va Qizilo’rda 
viloyatlarida, yirik kaliy tuzi koni Aqto’be yaqinida mavdud. 
Qozog’iston iqlimi mo’tadil bo’lib, keskin kontinental, quruq iqlim tipidir. 
Shuning uchun daryolar ayniqsa, respublikaning markaziy qismida juda kam. Suv 
tanqisligi har qanday qurilishni avval suv izlab topish va suv omborlari qurishdan 
boshlashga majbur etadi. Suv muammosi hal etilmasa Qozog’istonda mineral 
boyliklaridan to’lik foydalanib bo’lmaydi. 
Qozog’istonning umumiy qishloq xo’jaligiga yaroqli yerlar 225 mln. ga. ni 
tashkil etadi. O’tloq va yaylovlar 190 mln. ga, shudgor qilinadigan yerlar 36 
mln.ga.ga yaqindir. Aholi jon boshiga hisoblaganda 2,2 ga shudgor qilinadigan yer 
to’g’ri kelsa, dunyo bo’yicha 0,23 ga, O’zbekistonda (4,4 mln ga) 0,2 ga to’g’ri 
keladi. Shunga qaramasdan suv tanqisligi bu yerda qishloq xo’jaligidan yuqori 
hosil olishga imkon bermaydi. 


199 
 Aholisi.
 
Qozog’istonda 18,5 million kishi yashaydi va u ko’p millatli 
mamlakatdir. Bu yerda 110 dan ortiq millat va elatlar istiqomat qiladi. Tub joy 
aholisi qozoqlar bo’lib, davlat nomi ham shu nom bilan ataladi. Aholisining 
zichligi 1 km.kv.ga. 6,3 kishi to’g’ri keladi. Aholi hududlar bo’yicha notekis 
joylashgan. SHimolda va Janubda aholi zichroq, g’arbda va markaziy qismida 
siyrak o’rnashgan. Qozog’istonda sanoat rivojlanganligi sababli urbanizatsiya 
darajasi Markaziy Osiyo davlatlarida eng yuqori hisoblanadi. Hozirgi kunda 
aholisining 58% i shaharlarda istiqomat qiladi. Ayniqsa bu ko’rsatkich Qarag’anda 
viloyatida yuqori. Eng yirik shaharlardan Almati (1.175.4 mingdan ko’proq), 
Qarag’anda (520 ming), Shimkent, Uskemen, Pavlodar, Jambul, Astana va 
boshqalardir. 
Millioner shaharlarga Almati, Nur-Sulton va Shimkent kiradi.
Aholi milliy tarkibida 1990 yili ruslar ko’pchilikni tashkil qilgan bo’lsa 1995 
yildan boshlab tub aholi qozoqlar soni ortib bormoqda. Aholining 68 %ni 
qozoqlar, 19.8 %ni ruslar, 3.1 %ni o’zbeklar, 1.5%ni ukrainlar, 1,4%ni uyg’urlar 
va qolgan foizlarni tatar, qirg’iz va boshqa millatlar tashkil etadi. 
Tabiiy ko’payish millatlar orasida ham keskin farq qiladi. Eng yuqori tabiiy 
ko’payish o’zbeklarda 24,7 %, ozarbayjonlarda 24.3%, qozoqlarda 21.9% bo’lsa, 
eng past ko’rsatkich ruslarda 2.7%, ukrainlarda 10%, nemislarda 3,7% va hokazo. 
Katta songa ega aholining etnik tarkibi (2012) 

Qozoqlar – 10,764,253 kishi 

Ruslar – 3,726,722 kishi 

Oʻzbeklar – 493,783 kishi 

Ukrainlar – 313,698 kishi 

Uygʻurlar – 237,582 kishi 

Tatarlar – 203,371 kishi 

Nemislar – 180,832 kishi 

Koreyslar – 103,456 kishi 

Turklar – 101,416 kishi 

Ozarbayjonlar – 93490 kishi 


200 

Beloruslar – 62,694 kishi 

Dunganlar – 57,819 kishi 

Kurdlar – 40,626 kishi 

Tojiklar – 39,612 kishi 

Polyaklar – 33,301 kishi 

Chechenlar – 31,809 kishi 

Qirgʻizlar – 23,274 kishi 

Boshqirdlar – 17,073 kishi 

Ingushlar – 15,120 kishi 

Moldavanlar – 14,245 kishi 

Yunonlar – 8,846 kishi 

Boshqa millatlar – 1,350 kishi 
Qozogʻistonda 
75 % 
musulmonlar
 (etnik 
musulmonlar 
bilan 
hisoblaganda), 25 % 
xristianlik va boshqa dinlar

Respublika aholisining 
48,2%ni erkaklar, 51,8%ni ayollar tashkil etadi. 
Qozogʻiston ma’muriy-hududiy bo’linishi 14 ta viloyatdan va 3 ta 
respublika ahamiyatiga ega shahardan iborat. 
Qozogʻiston ma’muriy-hududiy bo’linishi. 47- jadval 
Ma’muriy-
hududiy 
birlik 
nomi
Ma’muriy 
markazi
Hududi 
ming km2 
Aholisi 
soni,
Zichligi 
Respublikaga bo’ysinubchi shaharlar 

Nur-sultan 
Nur-sultan 
796,97 
1 078 384 
1094,47 

Almati 
Almati 
1 854 656 1 854 656 
2497,77 

Shimkent 
Shimkent 
1162,8
1 023 768
761,8
Viloyatlar 

Aqmola
Kukshetau 
146132
738 587
5,09

Akto’be 
Akto’be 
300 629
869 637
2,78

Almati 
Taldikurgan 
223560
2 038 934
8,53 

Atirau 
Atirau 
118 631
633 791
5,01

Sharqiy 
Qozog’iston 
Uskemen 
283 226
1 378 527
4,93

Jambul 
Taraz 
144 264
1 125 442
7,70

G’arbiy 
Oral 
151 339
653 775
4,21


201 
Qozog’iston 

Qarag’anda 
Qarag’anda 
427 982
1 378 533
3,24

Qustanay 
Qustanay 
196 001
872 795
4,51
10 
Qizil Orda 
Qizil Orda 
226 019
794 334
3,39 
11 
Mang’istau 
Aktau 
165 642
678 199
3,78 
12 
Pavlodar 
Pavlodar 
124 755
753 853
6,08 
13 
Shimoliy 
Qozog’iston 
Petropavl 
97 993
554 517
5,81 
14 
Turkiston 
Turkiston 
116086
1 983 967
24,23 
jami 
2 724 902 18 411 699 6,48 
Qozogʻiston – 
industrial-agrar 
mamlakat. 
Yalpi 
ichki 
mahsulotda
 sanoat 23 %, savdo va umumiy ovqatlanish 18 %, qishloq xoʻjaligi va 
oʻrmon xoʻjaligi 12,7 %, transport va aloqa 11,8 % ni tashkil etadi. Yalpi ichki 
mahsulot hajmi 167 mlrd dollar (2018 y) va bu borada Markaziy Osiyodagi mutloq 
yetakchi davlat.
 
Nominal Yalpi ichki mahsulot hajmi, mlrd.AQSh dollari 29- rasm 
yillar 
hajmi 
2008 
135.2 
2009 
115.3 
2010 
148.0 
2011 
180.1 
2012 
200.6 
2013 
224.9 
2014 
225.6 
2015 
195.0 
2018 
167.0 


202 
Manba - 
CIA World Factbook
 
Mamlakat Yalpi ichki mahsulot hajmi 2008 yilda jahon moliyaviy 
iqtisodiy inqirozi ta’sirida ancha tushib ketdi. Hukumat tomonidan olib 
borilayotgan iqtisodiy islohotlar tufayli iqtisodiyot ancha o’zini tiklab bormoqda. 
YaIM hajmi eng yuqori ko’rsatkichga 2014 yilda ( 29 rasm) erishildi. 
Qozogʻiston chetga avtomobillar, turli harbiy tehnikalar, lokomotivlar, neft 
va tabiiy gaz, qora metall, mis, gʻalla, koʻmir, oziq-ovqat va boshqa turli hil yuqori 
sifatli 
mahsulotlar 
chiqaradi. 
Tashqi 
savdoda 
Italiya, Finlyandiya, Janubiy 
Koreya, BAA, Rossiya, Ukraina, Qirgʻiziston, Germaniya, Xitoy bilan 
faol 
hamkorlik qiladi. Pul birligi – tenge. Qozog'iston Markaziy Osiyodagi eksporti eng 
kuchli davlat. 
Eksport hajmi, mlrd.AQSh dollari 30- rasm 
yillar 
hajmi 
2008 
72.0 
2009 
43.8 
2010 
60.8 
2011 
88.3 
2012 
86.9 
2013 
85.6 
2014 
80.3 
2015 
46.3 
2016 
35.3 
Manba - 
CIA World Factbook
 


203 
Chetdan sanoat mollari, avtomobillar mashina va jihozlar, mavalar, oziq-ovqat 
mahsulotlari oladi.
Import hajmi 2016 yilda 24.5 mlrd.AQSh dollari ( 31-rasm) ni 
tashkil qildi.
Import hajmi, mlrd.AQSh dollari 31- rasm 
yillar 
hajmi 
2008 
38.5 
2009 
28.8 
2010 
32.0 
2011 
40.4 
2012 
49.1 
2013 
50.8 
2014 
43.6 
2015 
33.7 
2016 
24.5 
Manba - 
CIA World Factbook
 
Qozogʻiston tashqi qarz hajmi jihatidan Markaziy Osiyo mintaqasida 
birinchi o’rinni egallaydi. Uning umumiy tashqi qarzi 161 mlrd AQSh dollaridan 
oshadi (O’zbekistonda 17.2 mlrd, Qirg’izstonda 3.7 mlrd, Turkmaniston 5.0 mlrd, 
Tojikiston 2.1 mlrd AQSh dollariga teng).
Qozogʻiston oltinvalyuta rezervlari hajmi jihatidan Markaziy Osiyo 
mintaqasida birinchi o’rinni egallaydi. MDH da esa Rossiyadan so’ng ikkinchi 
o’rinni egallaydi. oltinvalyuta rezervlari — markaziy bank va moliya organlari 
yoki xalqaro valyuta-kredit tashkilotlari ixtiyoridagi chet el valyutalarining 
rasmiy zahiralari. Aksariyat hollarda xalqaro toʻlovlar, kutilmagan hodisalar, 
daromad topish va valyuta bozorinp tartibga solish maqsadlarida tashkil etiladi. 


204 
Chet el valyutalari bilan bir qatorda oltin, xalqaro toʻlov vositalari (yevro, SDR), 
mamlakatning Xalqaro valyuta fondidati rezerv zaxiralari oltinvalyuta 
rezervlari . boʻlishi mumkin. 1990-y.larda oltinvalyuta rezervlari ning 70% 
sanoati rivojlangan davlatlarga tugʻri keldi. Xalqaro valyuta fondiga aʼzo 
boʻlgan mamlakatlarning oltinvalyuta rezervlaridagi ulushi 5 trillion dollarni 
tashkil etdi (uning 3/4 kismini oltin va chet el valyutasi tashkil etdi). 
Xalqaro valyuta fondi ma’lumotiga ko’ra Qozogʻiston oltinvalyuta 
rezervi hajmi 2017 yil holatiga 30 mlrd AQSh dollariga teng bo’lgan 
(O’zbekistonda 26.5 mlrd, Turkmaniston 23 mlrd AQSh dollari).
S
ANOATI
.
Qozog’iston xo’jaligida sanoat yetakchi o’rinda turadi. Sanoat o’z 
navbatida ikkita yirik guruhga bo’linadi: qazib oluvchi va qayta ishlovchi 
tarmoqlar. Birinchi tarmoq qazib olish va boyitish bilan shug’ullansa, ikkinchi 
tarmoq ulardan tayyor mahsulot ishlab chiqaradi. 
Qozog’iston rangli metallurgiya sanoati 50 ga yaqin rangli va nodir metallar, 
rangli metallurgiya sanoati asosida esa 70 ga yaqin turli xil kimyoviy mahsulotlar 
ishlab chiqariladi. 
Bu tarmoqning yarmiga yaqini (47 foiz) qo’rhoshin, rux sanoatiga, 30 foizi 
mis, 8 foiziga yaqini alyuminiy, qolgani esa oltin qazib olish, titan va magniy 
ishlab chiqarish, volfrom, molibden tashkil etadi. 
Qo’rg’oshin va rux sanoati sharqiy, janubiy va markaziy Qozog’istonda 
rivojlangan. Oltoyda asosiy rangli metallurgiya kombinat ishlab turibdi. Uskemen 
va Leninagorsk kombinatlarida rudalarni kompleks qayta ishlashni va undan 25 
xilga yaqin rangdor metall eritib olishni ta’minlaydi. Kustanay viloyatida 
boksitdan foydalanish asosida Pavladorda alyuminiy zavodi ishlab turibdi. 
Mis qazib olish va eritish Qarag’anda viloyatidagi Balxash va Jezqazgan
tog’ metallurgiya kombinati hamda Karsakpay mis eritish zavodlaridir. Barcha 
zavodlar Balxashbo’yi va Jezqazg’an konlari asosida ish olib boradi. Irtish mis 
eritish zavodi mis konsentratlarini Oltoy ruda boyitish kombinatidan oladi. 
Qora metallurgiya Qozog’iston iqtisodiyotining ixtisoslashgan muhim 
tarmog’idir. Akto’be yaqinidagi ferro—xrom (temir—xrom) zavodi Qozog’iston 


205 
metallurgiyasining yirik korxonasidir. Mug’ojardan shimoli-g’arbda joylashgan 
Xromtau konlari bu zavodning xom-ashyo bazasi hisoblanadi. 

Download 4,1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   132




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish