U. X. Safarov, N. M. Karakulov



Download 4,1 Mb.
Pdf ko'rish
bet59/132
Sana16.03.2022
Hajmi4,1 Mb.
#495187
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   132
Bog'liq
\'Johon va MO Нурбол 2019

1. Stanoksozlik
– mashinasozlikning ushbu tarmog‘ida metall va yog‘ochga 
qayta ishlov beruvchi stanoklar, avtomatik va yarim avtomatik ishlab chiqarish 
liniyalari, metallurgiya tarmoqlarida foydalaniladigan turli jihozlar ishlab 
chiqariladi. Bu turdagi mahsulotlar ishlab chiqarish darajasi iqtisodi rivojlangan 
davlatlarda yuqori. Jahon stanoksozligi peshqadamlari bo‘lib Yaponiya, GFR, 
Italiya, Xitoy, Tayvan, AQSH kabilar hisoblanadi. Mintaqalar ichida G‘arbiy 
Yevropa yetakchilik qiladi.
Sanoat robotlarining deyarli yarmi Yaponiyada ishlab chiqariladi. Mahsulot 
ishlab chiqarish bo‘yicha AQSH, GFR, Italiya, Frantsiya kabi davlatlar ham 
sezilarli salmoqqa egadir. Bu sohaning asosiy xususiyati uning asosan ishchi kuchi 
bahosi nisbatan qimmat bo‘lgan rivojlangan davlatlarda rivojlantirilganligidadir. 


118 
2. Kemasozlik
– transport mashinasozligining eski, lekin shu bilan birga eng 
muhim sohalaridan biri. Soha mahsulotlari dengiz transportida xalqaro yuklarni 
tashishda katta ahamiyatga egadir. Ishlab chiqariladigan mahsulotlar ko‘p turda 
bo‘lib, ular orasida yuk tankerlari, yo‘lovchi laynerlari, baliq konservalari ishlab 
chiqaruvchi yirik kemalar, paromlar va dengiz burg‘ulash platformalari salmoq 
jihatdan ajralib turadi. Yiliga 1500 donadan ortiq turli ko‘rinishdagi kemalar ishlab 
chiqariladi. Yaponiya, Koreya Respublikasi, Xitoy jahon kemasozligi etakchilari 
hisoblanadi. Mintaqalar bo‘yicha Osiyo oldingi o‘rinda turadi. Ushbu mintaqa 
barcha ishlab chiqariladigan kemalarning 80%ni beradi. 
3. Avtomobilsozlik
– mashinasozlik majmuasining eng muhim tarmog‘i 
hisoblanib, jahon xo‘jaligida ta’sir doirasi jihatidan neft sanoatidan keyin ikkinchi 
o‘rinda turadi. Mazkur tarmoqqa 1886 yil nemis injeneri Karl Bents tomonidan 
asos solingan.
Avtomobilsozlikda mahsulot ishlab chiqarishda ko‘pgina sanoat tarmoqlari 
mahsulotlaridan foydalaniladi. Masalan, qora va rangli metallurgiyada ishlab 
chiqarilgan metallar (po‘lat, alyuminiy va boshqalar), kimyo sanoatining mahsuloti 
hisoblangan tabiiy, sintetik kauchuk, qurilish materiallar sanoatida tayorlangan 
oyna va boshqalar. Avtomobilsozlik o‘z navbatida boshqa tarmoqlar rivojiga ham 
katta ta’sir ko‘rsatadi (masalan, neft sanoati).
Jahon avtomobilsozligining hududiy joylashuvida so‘nggi yillarda jadal 
rivojlanib borayotgan globallashuv jarayoni va TMKlar faoliyati kuchayishi katta 
ta’sir etmoqdadir. “General Motors”, “Toyota”, “Ford Motor”, “Volksvagen”, 
“Daymler-Kraysler” kabi jahonning yirik TMKlari yillik ishlab chiqariladigan 
avtomobillarning 
80%ga 
yaqinini 
beradi. 
Tarmoq 
ishlab 
chiqaradigan 
mahsulotlarning 70% yengil avtomobillarga, qolgan qismi esa yengil va og‘ir yuk 
tashuvchi mashinalarga to‘g‘ri keladi. Yengil avtomobillar ishlab chiqarish 
bo‘yicha AQSH, Yaponiya, GFR, Xitoy, Koreya Respublikasi kabi davlatlar katta 
salmoqqa egadir. Yengil yuk mashinalari AQSH, Xitoy, Kanada, Yaponiya, 
Meksika, og‘ir yuk mashinalari Yaponiya, Xitoy, AQSH, Hindiston, GFR kabi 
davlatlarda ko‘p ishlab chiqariladi. 


119 
Jahonda yirik avtomobil ishlab chiqaruvchi kompaniyalar (01.01.2018 yil ).
31-jadval

Download 4,1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   132




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish