U. X. Safarov, N. M. Karakulov



Download 4,1 Mb.
Pdf ko'rish
bet55/132
Sana16.03.2022
Hajmi4,1 Mb.
#495187
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   132
Bog'liq
\'Johon va MO Нурбол 2019

Rangli metallurgiya
tarmoq sifatida murakkab ichki tuzilishga egadir. U 
o‘z tarkibiga rangli metallarni qazib olish va boyitish, turli qotishmalar olish, 
ikkilamchi xom ashyoni qayta ishlash kabi jarayonlarni o‘z ichiga oladi. Mazkur 
tarmoq 70 turga yaqin rangli metallarni qayta ishlasada, ular orasida to‘rttasi 
tannarxi jihatidan ahamiyatli hisoblanadi (alyuminiy, mis, rux, qo‘rg‘oshin)
(
17-
rasm). 
54% 
21% 
16% 
6% 
0,30% 
2,70% 
Alyuminiy 
Мis 
Rux 
Qo`rg`ashin 
Qalayi 
Nikel 


108 
17-rasm. Jahonda asosiy metallar ishlab chiqarish salmog‘i, % hisobida 
Tarmoq qora metallurgiya kabi sanoat inqilobi davrida shakllangan bo‘lib, 
eski sanoat tarmoqlari sirasiga kiradi. Rangli metallurgiya tarmog‘i korxonalari 
fizik va kimyoviy xususiyatlariga ko‘ra bir-birlaridan farq qiluvchi turli 
konstruktiv materiallar ishlab chiqaradilar. Ishlab chiqarilgan mahsulotlar turli 
sohalarda 
qo‘llaniladi. 
Masalan, 
alyuminiy 
mashinasozlik 
(aviasozlik, 
elektrotexnika), qurilish, transport hamda keng iste’mol uchun mo‘ljallangan 
maishiy buyumlar ishlab chiqarishda qo‘llanilsa, misdan elektroenergetika, 
mashinasozlik kabi sanoat tarmoqlarida foydalaniladi. 
Rangli metallurgiya korxonalarini joylashtirishda ko‘pgina tabiiy va 
iqtisodiy omillarning ta’siri xususiyatlariga katta ahamiyat qaratiladi. Jahon rangli 
metallurgiyasi rivojlanishining birinchi bosqichida xom ashyo omili, yengil 
metallar ishlab chiqarishga talabning ortishi bilan (ikkinchi bosqich) energiya 
omili hal qiluvchi ta’sirga ega bo‘la boshladi. Shu bilan birga transport va 
iste’molchi omillari ham tarmoqning rivojlanishida o‘z o‘rniga egadir.
Tarmoq korxonalari hududiy joylashuvidagi yana bir xususiyat ularning 
mintaqalar bo‘ylab bir-biridan nisbatan uzoq masofada joylashganligidir. Ko‘p 
hollarda rangli metalllar xom ashyo holida rivojlanayotgan davlatlar hududida qazib 
olinsa, ular asosan rivojlangan davlatlar hududida tayyor mahsulotga aylantiriladi.
Katta yettilik davlatlari, Xitoy, Rossiya, Hindiston, Braziliya, Venesuela 
kabi davlatlar jahon bo‘yicha rangli metallarni eng ko‘p ishlab chiqaruvchi 
markazlar hisoblanadilar. 
Jahonda asosiy metallar ishlab chiqarish salmog‘i (% hisobida) 24-rasmda 
berilgan bo‘lib, unga ko‘ra alyuminiy birinchi o‘rinda turadi. Alyuminiy jami 
rangli metallarning 54% tashkil etadi.
Jahondagi alyuminiy ishlab chiqaruvchi yirik davlatlar 22-jadvalda o‘z 
aksini topgan. Jadval ma’lumotiga ko‘ra jahonda hozirgi kunda yiliga 57,6 mln. t 
alyuminiy ishlab chiqarilmoqda. Yengilligi uchun qanotli metall nomi bilan ham 
mashhur ushbu metallni ishlab chiqarish jihatidan dunyoda Xitoy (31,0 mln. t) 


109 
birinchi pog‘onani egallaydi. Ikkinchi o‘rinni Rossiya (3,5 mln. t) band etadi. 
Jahondagi alyuminiy ishlab chiqaruvchi yirik davlatlar, ming t hisobida. 22-jadval 
№ 
Davlat 
2012 
2016 
Jahon bo‘yicha 
47 300 
57 600 

Xitoy 
21 500 
31 000 

Rossiya 
3950 
3580 

Kanada 
2900 
3250 

Hindiston 
1700 
2750 

BAA 
1800 
2400 

Avstraliya
1750 
1680 

Norvegiya 
1200 
1230 

Baxreyn 
900 
970 

AQSh 
1950 
840 
10 
Islandiya 
825 
800 
11 
Braziliya 
1330 
790 
12 
Saydiya Arabistoni 
740 
13 
JAR 
820 
690 
14 
Katar 
600 
640 
Shuni alohida qayd etish kerakki, tozalangan alyuminiyni ishlab chiqarish va 
iste’mol qilishda AQSH, Yaponiya, Germaniya, Frantsiya, Buyuk Britaniya kabi 
rivojlangan mamlakatlar ajralib turadi.
Rangli metallurgiya majmuasi tarkibida oltin sanoatining ahamiyati kattadir.
Jahonning oltin qazib chiqaruvchi eng yirik davlatlari 23-jadvalda o‘z ifodasini 
topgan. Jadval ma’lumotlariga ko‘ra 2015 yilda oltin qazib chiqarish hajmiga ko‘ra 
dunyoda Xitoy 455 t bilan birinchi o‘rinni egallagan. Keyingi o‘rinlarni 
Avstraliya, Rossiya, AQSh, Kanada, Peru, JAR, Meksika, O‘zbekiston, 
Indoneziya davlatlari o‘rin egallagan.
O‘zbekiston so‘nggi yillarda o‘rtacha 90-100 t oltin qazib olmoqda. Bu 
ko‘rsatkich bo‘yicha jahonning top o‘ntalik guruhiga kiradi.
Jahonning oltin qazib chiqaruvchi eng yirik davlatlari. 23-Jadval 


110 
O‘rni 
Davlat 
Hajmi, t 

Xitoy 
455 

Avstraliya 
270 

Rossiya 
250 

AQSh 
209 

Kanada 
170 

Peru 
150 

JAR 
140 

Meksika 
125 

O‘zbekiston 
100 
10 
Indoneziya 
100 
28-Jadvalda 
jahonning 15-ta eng yirik oltin ishlab chiqaruvchi 
kompaniyalari to‘g‘risida ma’lumot berilgan.
Hozirgi kunda 
ishlab chiqarish hajmiga ko‘ra jahonda Kanadaning Barrick 
Gold 
kompaniyasi yetakchilik qiladi. Ikkinchi o‘rin O‘zbekistonda faoliyat 
ko‘rsatgan AQSh-ning 
Newmont Mining 
kompaniyasi
ga tegishlidir. Ulardan keyin 
JAR-ning uchta yirik kompaniyalari Anglo Gold Ashanti, Gold Fields, Harmony 
Gold turadi. O‘zbekistondagi eng katta oltin ishlab chiqaruvchi korxonasi Navoiy
kon- metallurgiya kombinati jahonda 6-chi o‘rinda turadi. Bu esa o‘z navbatida 
davlatimiz jahon oltin sanoatida salmoqli o‘ringa ega ekanligini ko‘rsatadi.
Jahondagi yetakchi Kanadaning Barrick Gold  
kompaniyasi bir yilda 8.6 
mln. troits unsiya (1 troits unsiya-31 gr teng) oltin ishlab chiqarish quvvatiga ega. 
Newmont Mining kompaniyasi 
5.9 
mln. troits unsiya oltin ishlab chiqargan bo‘lsa, 
Navoiy kon-metallurgiya kombinati yiliga o‘rtacha 1.9 mln. troits unsiya oltin 
ishlab chiqarmoqda. 
Jahonning 15-chi eng yirik oltin ishlab chiqaruvchi 
kompaniyasi Rossiyaning 
Polyus Zoloto korxonasi bo‘lib, ushbu kompaniya 1.2 
mln. troits unsiya oltin ishlab chiqarishga erishmoqda. 
Jahonning 15-ta eng yirik oltin ishlab chiqaruvchi kompaniyalari.
24-jadval
O‘rni 
Kompaniya nomi 
Mamlakat 
Ishlab chiqarish hajmi 
(mln.troits unsiya) 

Barrick Gold
 
 Kanada 
8,6 

Newmont Mining
 
 AQSh 
5,9 


111 

Anglo Gold Ashanti
 
 JAR 
5,6 

Gold Fields
 
 JAR 
4,1 

Harmony Gold
 
 JAR 
2,3 

Navoi KMK
 
 
O‘zbekiston
1,9 

Freeport McMoRan
 
 AQSh 
1,7 

Goldcorp
 
 Kanada 
1,71 

China National Gold 
Group
 
 Xitoy 
1,6 
10 
Fujian Zijin Mining
 
 Xitoy 
1,6 
11 
Buenaventura
 
 Peru 
1,5 
12 
Newcrest Mining
 
 Avstraliya 
1,5 
13 
Kinross Gold
 
 Kanada 
1,4 
14 
Shandong Gold Group
 
 Xitoy 
1,3 
15 
Polyus Zoloto 
 Rossiya 
1,2 
Jahonda oltin iste’moli hajmi 2007 yilda 3571.0 tonnani tashkil etgan bo‘lsa, 
keyingi yillarda uning hajmi ortib borishi kuzatildi. 2015 yilga kelib oltin iste’moli 
hajmi 4253.0 tonnaga yetdi (25-jadval).
Jahonda oltinning 53% zargarlik buyumlari ishlab chiqarish uchun 
foydalaniladi. Sanoatda uning ulushi 19%, investitsiya va jamg‘arishga 28% oltin 
sarflanadi.

Download 4,1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   132




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish