U. X. Safarov, N. M. Karakulov


 Jahon iqtisodiyotida kimyo sanoatining tutgan o‘rni



Download 4,1 Mb.
Pdf ko'rish
bet62/132
Sana16.03.2022
Hajmi4,1 Mb.
#495187
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   132
Bog'liq
\'Johon va MO Нурбол 2019

5.5. Jahon iqtisodiyotida kimyo sanoatining tutgan o‘rni 
Kimyo sanoati – jahon iqtisodiyotining eng muhim tarmoqlaridan biri 
hisoblanadi va mashinasozlik bilan bir qatorda turuvchi zamonaviy industriyaning 
eng harakatchan tarmoqlaridandir. Bugungi kunda xalq xo‘jaligining barcha 
yo‘nalishlariga kimyo sanoatining ta’siri kuchlidir. Xo‘jalikni kimyolashtirish – 
zamonaviy ilmiy-texnika taraqqiyotining asosiy yo‘nalishlaridan biridir. Jamiyat 
taraqqiyotiga kuchli ta’sir ko‘rsatgan kimyo sanoati mahsulotlaridan 
iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida va aholi kundalik hayotida keng foydalaniladi. 
Kimyo sanoatida ishlab chiqariladigan tabiiy materiallarning o‘rnini bosuvchi 
yangicha mahsulotlar ishlab chiqarishga ulkan imkoniyatlar beradi va ko‘plab 
yangi turdagi mahsulotlar yaratilishiga sabab bo‘ladi.
Kimyo sanoati tarkibi quyidagicha shakllanadi: 
1. Tog‘-kimyo sanoati, bu tarmoq kimyo sanoati uchun xom-ashyo 
hisoblanuvchi apatit, fosforit, oltingugurt, osh tuzi, kaliy va glauber tuzlarini qazib 
olishni tashkil qiladi. 
2. Asosiy kimyo sanoati. Uning tarkibiga:
a) kislotalar, tuzlar va ishqorlar ishlab chiqarish; 
b) mineral o‘g‘itlar ishlab chiqarish kabilar kiradi. 
3. Organik sintez kimyosi. 
4. Polimerlar kimyosi (sun’iy tolalar, plastmassa va sintetik kauchuk ishlab 
chiqarish). 
5. Polimerlarni qayta ishlash (plastmassa buyumlar, rezina va rezina 
buyumlar ishlab chiqarish). 
6. Nafis kimyo. Uning tarkibiga: 
a) farmasevtika sanoati 


122 
b) parfyumeriya sanoati kabilar kiradi. 
7. Maishiy kimyo (yuvish vositalari, lak va bo‘yoqlar ishlab chiqarish). 
Kimyo sanoati tarmoqlari hududiy joylashuvida xom ashyo (kimyo 
sanoatining barcha tarmoqlari), suv (kimyo sanoatining barcha tarmoqlari), 
energiya (neft kimyosi, gaz kimyosi, koks kimyosi, slanets kimyosi) omillarining 
ahamiyati kattadir. 
Jahon kimyo sanoatida to‘rt asosiy mintaqa ajralib turadi: AQSH, Yevropa, 
Sharqiy Osiyo va MDH. Asosiy kimyo sanoatida ishlab chiqariladigan 
mahsulotlaridan eng muhim o‘rinni kislotalar, soda va mineral o‘g‘itlar ishlab 
chiqarish egallaydi.
Oltingugurt kislotasini ishlab chiqarish joylashuvning iste’mol omiliga 
bog‘liq. Jahon bo‘yicha oltingugurt kislotasining yalpi ishlab chiqarish hajmi 150 
mln tonna bo‘lib, eng ko‘p ishlab chiqaruvchilar AQSh (40 mln t.), Xitoy (12 mln 
t.), Rossiya (8,5 mln t.) hisoblanadi. Shuningdek, Yaponiya, Ukraina, Frantsiya, 
Germaniya, Kanada, Ispaniya va Braziliya kabilar ishlab chiqarishda yetakchi 
hisoblanadilar.
Mineral o‘g‘itlar ishlab chiqarish dunyo bo‘yicha yiliga 150 mln tonnani 
tashkil etadi. Mineral o‘g‘itlar ishlab chiqarishda yuksak rivojlangan davlatlar 
bilan bir qatorda katta qishloq xo‘jalik potensialiga ega bo‘lgan bir qator 
rivojlanayotgan davlatlar yetakchilik qiladilar. Bunday davlatlarga Xitoy (30 mln 
t. dan ortiq), AQSh (20 mln t. atrofida), Hindiston (15 mln t atrofida) misol bo‘la 
oladi. Ulardan keyingi o‘rinda Kanada, Rossiya, Germaniya, Belorus, Indoneziya, 
Frantsiya, Ukraina, Pokiston va Isroil kabi davlatlar turadi (20- rasm). 

Download 4,1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   132




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish