161
tizimining
ko‘p
variantlarida
qo‘llanilgan.
Shuning
uchun
kiritish/chiqarish kichik tizimiga bir nechta ommaviy fayl tizimlarini
qo‘llab-quvvatlash xuddi periferik qurilmalarining keng spektrini
qo‘llab-quvavvatlashdek muhim. Kiritish/chiqarish
kichik tizimi
arixitekturasini uning tarkibiga osongina, kodlarni qayta yozishga
zarurat bo‘lmasdan, yangi fayl tizimlarni kiritish imkoniyati ham
muhim hisoblanadi. Odatda operatsion tizimda mazkur vazifani
yechishga javob beruvchi dasturiy ta’minotining maxsus qatlami
bo‘ladi, masalan, Unix operatsion tizimi versiyalarida VFS (Virtual
File System) kodi asosida System V Release 4 qatlami.
Kiritish/chiqarish menejeri
Kiritish/chiqarish
kichik
tizimida
tashqi
qurilmalarning
xususiyatlari va vertikal kichik tizimlarni
tashkil etuvchi modullar
bilan bir qatorda universal turdagi modullar ham mavjud. Bu modullar
kiritish/chiqarish kichik tizimining barcha boshqa komponentlarining
o‘zaro ishlashini va foydalanuvchi jarayonlari hamda OT ning boshqa
kichik tizimlari bilan o‘zaro munosabatlarini tashkil etadi. Xuddi
qurilmalarni boshqarish funksiyalariga o‘xshab, bu tashkillashtiruvchi
funksiyalar
barcha
darajalar
bo‘yicha
taqsimlanadi
va
kiritish/chiqarish
menejeri
nomli
qobiqni
tashkil
etadi.
Kiritish/chiqarish menejerning vazifalari to‘rtta interfeysni qo‘llab-
quvvatlashdan iborat:
Foydalanuvchi kiritish/chiqarish interfeysi;
Kiritish/chiqarish qurilmalari bilan interfeys;
OT ning boshqa kichik tizimlari bilan interfeys;
Kiritish/chiqarish kichik tizimning qismlari bilan ichki
interfeys.
Menejerning yuqori qatlamini foydalanuvchi jarayonlardan
tizimli ko‘rinishda keladigan kiritish/chiqarishga so‘rovlarni qabul
qiladigan va ularni ma’lum qurilmalarga
javob beruvchi modul va
drayverlarga
qayta
manzillaydigan
hamda
kiritish/chiqarish
amallarining natijalarani jarayonlarga qaytaradigan OT ning modullari
tashkil etadi. Shunday qilib bu qatlam kiritish/chiqarish foydalanuvchi
interfeysni qo‘llab-quvvatlaydi va amaliyotchi dasturchilarga tashqi
qurilmalar hamda ularda joylashgan ma’lumotlar bilan ishlashda
maksimal
qulayliklar
yaratadi.
Menejerning
pastki
qatlami
drayverlarni kompyuterni apparat platformasining xususiyatlaridan
162
(kiritish/chiqarish
shinalari,
uzilishlar
tizimi
va
boshqalar)
ekranlashtirish yo‘li bilan tashqi qurilmalar kontrollerlari bilan
bevosita
o‘zaro
harakatni
amalga
oshiradi.
Bu
qatlam
kiritish/chiqarish shinalarning manzillari va formatidan mustaqil
ravishda
ma’lum
umumiylashtirilgan
shaklda
drayverlardan
kontrollerlar registrlari bilan ma’lumotlar almashinuviga so‘rovlar
qabul qiladi, va keyin bu so‘rovlarni apparatli platformaga bog‘liq
formatga aylantiradi. Avval ko‘rib chiqilgan to‘htatishlar
dispetcheri
kiritish/chiqarish menejerning tarkibiga kirishi mumkin yoki
yadroning alohida moduli shaklida bo‘lishi mumkin. Oxirgi vaziyatda
kiritish/chiqarish menejeri to‘xtatishlar dispetcheri uchun dispetcherga
so‘rov manbai to‘g‘risida umumlashtirilgan axborotlarni uzatib,
uzilish so‘rovlarini boshlang‘ich ishlovini bajaradi. Menejerning yana
bir funksiyasi – bu kiritish/chiqarish kichik tizimi modullarini OT
ning jarayonlarni boshqarish, virtual xotira va boshqa kichik tizimlari
singari boshqa kichik tizimlari modullari bilan o‘zaro harakatini
tashkillashtirish. Kiritish/chiqarish menejerning muhim funksiyasi
kiritish/chiqarish kichik tizimni qismlarining o‘zaro
harakati uchun
ma’lum
qulay
muhitni
yaratishdan
iborat.
Buning
uchun
kiritish/chiqarish menejeriga kiritish/chiqarish modullari o‘zaro
harakatini ma’lum standart ichki interfeysini qo‘llab-quvvatlash
kiritiladi, hamda menejerga drayverlar ishlashida eng ko‘p
foydalaniladigan funksiyalarni bajarish yuklatiladi. Bu funksiyalar
drayver ayrim tez-tez uchraydigan amallarni bajarilishini chaqirish
imkoniyatini
beradigan
tizimli
protseduralar
ko‘rinishda
shakllantiriladi. Misollar tariqasida kontroller registrlari bilan
almashinuvi amallari, kiritish/chiqarish ma’lumotlarni oraliq saqlash
buferlarni
olib
borish,
bir
nechta
drayverlar
ishlashini
sinxronlashtirish, ma’lumotlarni foydalanuvchi
fazodan tizimning
fazosiga nusxalashni keltirish mumkin. Bunday yondashuv yangi
drayverlar va faylli tizimlarni ishlab chiqish va ularni OT tarkibiga
joylashtirishni sezilarli darajada yengillashtiradi. Kiritish/chiqarish
menejeri vazifasini Unix operatsion tizimining ko‘p versiyalarida
mavjud bo‘lgan STREAMS muhiti bajaradi. Boshqa misol tariqasida
Windows NT oilasi OT larning kiritish/chiqarish menejerini keltirish
mumkin. U modullar o‘rtasidagi o‘zaro harakatni kiritish/chiqarish
so‘rovlar
paketlari
(I/O
Request
Packet,
IRP)
yordamida
tashkillashtiradi. Tizimli chaqiruv protsedurasidan so‘rov
olgach
163
menejer IRP ni shakllantiradi va uni kerakli drayverga uzatadi.
So‘ralgan amal bajarilganidan keyin drayver javobni yana bir IRP
paketi ko‘rinishida menejerga qaytarida, u esa, o‘z navbatida zarurat
bo‘lgan holda shu IRP paketni boshqa drayverga uzatishi mumkin.
Menejer drayverlarga o‘zaro bog‘lanishlar (biddings) berishga imkon
yaratadi, va o‘zaro aloqalar to‘g‘risidagi axborot asosida IRP
paketlarni uzatishni amalga oshiriladi.
Shuningdek, Windows NT
oilasi OT ning menejeri tizimni to‘xtatmagan holda drayverlarni
dinamik yuklash va chiqarishni qo‘llab-quvvatlaydi. Standart ichki
modullararo interfeysning mavjudligi kiritish/chiqarish kichik
tizimining chidamliligini oshiradi va kengayuvchanligini yaxshilaydi,
ammo uning ishlash tezligini
biroz sekinlashtirishi mumkin, chunki
har bir qatlam va qismlarga bo‘linish boshqaruvni to‘g‘ridan-to‘g‘ri
uzatishlar bilan mustahkamlashga nisbatan qo‘shimcha amallarga olib
keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: