t/r
|
Muomalalar mazmuni
|
Schyotlar aloqasi
|
D
|
K
|
1
|
Chek daftarlarining berilishida mablag‘lar deponentlashtirildi
|
5520
|
5110
5210
6310
|
2
|
Materiallar qiymati chek bilan to‘landi
|
6010
|
5520
|
3
|
Turli tijorat xarajatlari chek bilan to‘landi
|
9410
|
5520
|
4
|
Tijorat tashkilotining xarajatlari uchun to‘lov summalari chek asosida to‘landi
|
6990
|
5520
|
5
|
Ishlatilmagan summa qaytarildi:
|
5110
5210
6810
|
5520
5520
5520
|
MOL YETKAZIB BERUVCHILAR VA PUDRATCHILAR BILAN HISOB-KITOBLARNI YURITISH
Korxonaning o‘z moliyaviy-xo‘jalik faoliyatida yetkazib berilgan boyliklar, bajarilgan ishlar, olingan xizmatlar uchun boshqa korxonalar bilan o‘zaro pulli hisob-kitob munosabatlariga kirishadi. Hisob-kitoblar mahsulot yetkazib berish, ishlar bajarish, xizmat ko‘rsatish shartnomalari bo‘yicha bajarilgan majburiyatlar uchun keyin haq to‘lash yoki oldindan to‘lash tarzida amalga oshiriladi. Õalq xo‘jaligidagi hisob-kitoblar
shakllari va tartibi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilanadi. Uning belgilashicha, mulkning barcha shaklidagi korxo- nalarning o‘z majburiyatlari bo‘yicha boshqa korxonalar bilan hisob- kitoblari, shuningdek, tovar-moddiy boyliklar uchun jismoniy va yuridik shaxslar o‘rtasidagi hisob-kitoblar, odatda, bank muassasalari orqali naqd pulsiz tartibida amalga oshirilishi lozim.
Mol yetkazib beruvchi va pudratchilar bilan bo‘ladigan hisob- kitoblarni hisobga olishda 6010-«Mol yetkazib beruvchi va pudratchilarga to‘lanadigan schyotlar» dan foydalaniladi.
6010-«Mol yetkazib beruvchi va pudratchilarga to‘lanadigan schyotlar» passiv bo‘lib, uning kredit tomonida hisobot davri oxirida qolgan saldo korxonaning mol yetkazib beruvchi va pudratchilardan bo‘lgan qarzini ko‘rsatadi. Kredit oboroti ushbu qarzning ko‘payishini, debet aylanmasi esa uning uzilishini anglatadi.
Mol yetkazib beruvchilardan ishlab chiqarish zaxiralari sotib olinganida quyidagicha provodka beriladi:
D-t 1010-1090, 1510.
K-t 6010-«Mol yetkazib beruvchi va pudratchilarga to‘lanadigan schyotlar».
Mol yetkazib beruvchining qarzi hisob-kitob schyotidan to‘langanida quyidagicha provodka beriladi:
D-t 6010-«Mol yetkazib beruvchi va pudratchilarga to‘lanadigan schyotlar».
K-t 5110-«Hisob-kitob schoti».
Ba’zi hollarda mol yetkazib beruvchining qarzi bank krediti hisobidan ham to‘lanishi mumkin:
D-t 6010-«Mol yetkazib beruvchi va pudratchilarga to‘lanadigan schyotlar».
K-t 6810, 7810.
Do'stlaringiz bilan baham: |