2-jurnal order
20 yilning may oyi uchun, ming so‘mda
5110-«Hisob-kitob» schyotining kreditidan quyidagi schyotlarning debetiga
Sana
|
Debetlanuvchi schyotlar
|
Jami
|
5010
|
5510
|
6010
|
6410
|
6520
|
7810
|
|
01-04
|
240,0
|
–
|
11000,0
|
–
|
–
|
–
|
11240,0
|
06
|
–
|
–
|
–
|
–
|
–
|
6000,0
|
6000,0
|
08-10
|
12000,0
|
–
|
28000,0
|
3000,0
|
4200,0
|
–
|
47200,0
|
11-31
|
–
|
7000,0
|
–
|
2000,0
|
–
|
–
|
9000,0
|
Jami
|
122400,0
|
7000,0
|
39000,0
|
5000,0
|
4200,0
|
6000,0
|
73440,0
|
2-vedomost
20 yilning may oyi uchun.
5110-«Hisob-kitob» schyotining debetiga quyidagi schyotlarning kreditidan
Oy boshidagi qoldiq – 520,0 ming so‘m
Sana
|
Kreditlanuvchi schyotlar
|
Jami
|
4010
|
6810
|
5510
|
5010
|
4800
|
|
01-04
|
48000.0
|
–
|
–
|
–
|
–
|
|
48000,0
|
06
|
11000.0
|
–
|
–
|
–
|
–
|
|
11000,0
|
08-10
|
25000.0
|
2000,0
|
400,0
|
800,0
|
180,0
|
|
28380,0
|
11-31
|
18000.0
|
1000,0
|
6000,0
|
400,0
|
260,0
|
|
25660,0
|
Jami
|
102000,00
|
3000,0
|
6400,0
|
1200,0
|
440,0
|
|
113040,0
|
Oy oxiriga qoldiq: 40120,0 so‘m
2-jurnal order va 2-vedomostni yuritish bir oyga mo‘ljallangani uchun bankdan olingan har bir ko‘chirma ma’luomtlari bir qatorga yoziladi. Demak, 2-jurnal order va 2-vedomostda band qilingan qatorlar soni shu davr ichida bankdan olingan ko‘chirmalar soniga teng bo‘lishi kerak.
Bu esa buxgalteriya xodimlariga korxona hisob-kitob schyotiga pul mablag‘larining tushish manbalarini tahlil qilish, maqsadli foydalanilishi, tasdiqlangan moliyaviy to‘lanmalar kalendar grafigiga binoan budjetga va boshqa organlarga mablag‘ o‘tkazilishi ustidan nazorat qilish imkonini beradi.
VALUTA MUOMALALARI HISOBI
Mamlakatizmi hududida va chet ellardagi banklarning valuta schyotlarida chet el valutasidagi pul mablag‘larining harakati va naqdligi aktiv 5200-«Valuta schyoti»da hisobga olinadi.
Har bir korxona va firma xorij valutasida pul mablag‘lariga ega bo‘lishi va muomalalarni amalga oshirishi mumkin. Xorij valutasida muomalalarni amalga oshirish uchun korxona va firmalar tegishli vakolatga ega bo‘lgan banklarda joriy valuta schyotlarini ochishlari lozim. Ushbu banklar esa valutadagi muomalalarni amalga oshirish uchun O‘zbekiston Respublikasining Markaziy Banki tomonidan beriladigan ruxsatnoma (litsenziya)ga ega bo‘lishi kerak. Ushbu litsenziyaga ega bo‘lgan banklarning ro‘yxati Markaziy Bankning davriy bulletenida chop qilib boriladi.
Valuta schyotini ochish uchun korxona bankka quyidagi hujjatlarni taqdim qiladi:
valuta schyotini ochish to‘g‘risida belgilangan shakldagi ariza;
ustav va ta’sis shartnomasining notarial tartibda tasdiqlangan nusxasi;
korxona tuzilganligi yoki ro‘yxatga olinganligi haqidagi qarorning notarial tartibda tasdiqlangan nusxasi;
korxona ro‘yxatga olingan joydagi soliq inspeksiyasi va pensiya fondida hisobga qo‘yilganligi to‘g‘risida ma’lumotnoma;
imzolar namunalari va muhr izi tushirilgan, notarial tartibda tasdiqlangan varaqcha (kartochka);
Korxonaning valuta schyotlariga quyidagi manbalardan pul kelib tushadi:
eksport tovarlariga haq to‘lash uchun vakolatli banklar orqali chet eldan o‘tkazilgan summalar;
schyotlar egasidan sotib olingan tovarlar (ishlar, xizmatlar) haqini to‘lash uchun boshqa sohiblar (norezidentlar, birinchi vositachilar, transport, sug‘urta va boshqa tashkilotlar)ning valuta schotlaridan o‘tkazilgan summalar;
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Banki tomonidan ruxsat etilgan boshqa manbalar.
Valuta schyotidan mablag‘lar uning egasi ko‘rsatmasi bo‘yicha quyidagi maqsadlarga foydalanishi mumkin:
schyot egasining eksport-import muomalalari bo‘yicha qabul qilingan bank shaklida chet elga o‘tkazilishi;
keyinchalik import qilinadigan tovarlar, ishlar, xizmatlar haqini to‘lash uchun chet elga o‘tkazish maqsadida vakolatli bank mijozlari hisoblangan tashqi iqtisodiy tashkilotlarning schyotlariga o‘tkazilishi;
korxonalar ishlab chiqaradigan tovarlar haqini to‘lash uchun
boshqa sohiblar (norezidentlar, birinchi vositachilar, transport, sug‘urta va boshqa tashkilotlar)ning valuta schyotlaridan o‘tkazilishi;
bankning vositachilik haqini to‘lash maqsadida bankdan xorijiy valutada olingan kreditlar bo‘yicha qarzni, pochta-telegraf, xizmat safari xarajatlarini to‘lash, valuta bozorlarida sotish uchun foydalanilishi;
qonun ruxsat etgan boshqa maqsadlar uchun foydalanilishi mumkin.
Valuta schyoti ochilgandan keyin bank va shaxs o‘rtasida shartnoma tuzilib unda hisoblashish-kassa xizmatlari, bankning boshqa xizmat turlari, ta’riflar, xizmat ko‘rsatish haqi, mablag‘larni joylashtirish shartlari, tomonlarning huquq va majburiyatlari va boshqalar ko‘rsatiladi. 5200-«Valuta schyotidagi pul mablag‘larini hisobga oluvchi schyotlar» kredit ma’lumotlari 2/1-jurnal orderda yozib boriladi va ushbu
schyotning debet summalari 2/1-vedomost orqali nazorat qilib boriladi.
Demak, 5200-«Valuta schyotining» debetida valuta mablag‘larining kirimi, kreditida esa sarflanishi aks ettiriladi. Buni quyidagi misollarda ko‘rishimiz mumkin:
Do'stlaringiz bilan baham: |