Xaridorlardan pul, valuta mablag‘lari kelib tushdi
5210
4010
2
Valuta kursi bo‘yicha ijobiy farq summasi kirimga olindi
5210
9540
3
Markaziy bank kursi bo‘yicha xorijiy valutaning valuta schyotiga o‘tkazilishi
5210
5530
4
Sotilgan tovarlar uchun pul mablag‘lari valuta schyotiga kelib tushganda
5210
4010
5
Safar xarajatlari uchun valuta berildi
4220
5210
6
Valuta schyotidan mol yetkazib beruvchilarga pul mablag‘lari o‘tkazildi
6010
5210
7
Bankdan kassaga valuta mablag‘larining kelib tushushi
5010
5210
8
Bankning uzoq va qisqa muddatli qarzlarining uzilishi
7810
6810
5210
BANKDAGI MAXSUS SCHYOTLARDA BAJARILADIGAN PUL MUOMALALARINING HISOBI
Akkreditiv – bu mol yetkazib beruvchi korxonaga xizmat qiluvchi bankning xaridor korxonaga xizmat qiluvchi bank tomonidan qarzni to‘lash haqidagi topshirig‘i.
Hisob-kitobning akkreditiv shakli asosan shaharlararo hisob- kitoblarda qo‘llaniladi.
Akkreditiv mol yetkazib beruvchi korxona joylashgan joydagi bankda joylashadi.
Xaridor korxona o‘zining bankiga akkreditiv ochish haqida ariza topshiradi. Bank xaridor korxonaning ma’lum miqdordagi mablag‘ini deponentlashtiradi va bu haqida mol yetkazib beruvchi bankka ma’lum qiladi. Akkreditivni korxona o‘z mablag‘lari yoki bank qarzi hisobidan ajratishi mumkin.
Akkreditivlar bo‘yicha hisob-kitob muomalalari amalga oshirilganda quyidagicha schyotlar aloqasi belgilanadi:
t/r
Muomalalarmazmuni
Schyotlaraloqasi
D
K
1
Korxona o‘z mablag‘i hisobidan akkreditiv ochildi
5510
5110
2
Bank krediti hisobidan akkreditiv ochildi
5510
6810
3
Akkreditiv hisobidan mol yetkazib beruvchining qarzi to‘landi
6010
5510
4
Akkreditiv yopildi yoki qaytarildi
5110
6810
5510
Maxsus schyotlarni korxona o‘z vakili orqali uzoq muddat ichida xo‘jalik faoliyatini qaysi ma’muriy hududda olib boradigan bo‘lsa o‘sha joyning bankida ochadi.
Akkreditiv va maxsus schyotlar bo‘yicha hisob-kitoblar 5510-
«Akkreditivlar» degan schyotda hisobga olinadi. Bu hisob-kitoblarning sintetik va analitik hisobi 3- jurnal orderda yuritiladi.
Rejalik to‘lovlar – korxonalar orasida muttasil tovar-material qiymatliklar jo‘natilib yoki xizmatlar ko‘rsatilib turilsa, amalga oshiriladi. Rejali to‘lovlar orqali olib boriladigan hisob-kitoblar hisobi mol
yuboruvchining balansida 4010-«Xaridor va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar» bunda «Rejali to‘lovlar hisob-kitobi» analitik schyotida yuritiladi.
Analitik hisob 7 vedomostda har bir debetor bo‘yicha yuritilsa, olib borilsa, sintetik hisob 11-jurnal orderda yuritiladi.
Cheklar bo‘yicha hisob-kitob bir shahar ichida amalga oshiriladi. Hisob-kitob cheki orqali schyot egasi o‘z schyotidan ma’lum summani chek olgan korxona schotiga o‘tkazish haqida ko‘rsatma beradi. Chek mol yetkazib beruvchi vakiliga berilgan kundan boshlab 10 kun davomida haqiqiy bo‘lib, so‘ngra o‘z kuchini yo‘qotadi.
5520-«Chek daftarchalari» schyoti bo‘yicha 3-jurnal order yuritiladi. Cheklar bo‘yicha muomalalarga quyidagicha schyotlar aloqasi beriladi.