Tuzuvchilar: ttymi t f. n., dotsent R. S. Razikov ttymi t f. d professor S. S. Sulaymanov ttymi assistant H. M. Komilov Taqrizchilar: t f. n., dotsent



Download 12,43 Mb.
bet38/50
Sana27.03.2022
Hajmi12,43 Mb.
#512385
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   50
Bog'liq
HFX(metodichka) - копия

12.4. Ishni bajarish tartibi
Asbobni ishlashga tayyorlash. Mikroampemetrning strelkasi to`g’irlovchi vint yordamida “O” ga qo`yiladi. “Rejim” dastagini soat strelkasiga qarshi yo`nalishda taqalguncha buraladi. Poddiapazonalarni o`zgartiruvchi “vikl” holatiga qo`yilgandan keyin energiya manbalari joylashtiriladi. Buning uchun DP-5A rentgenmetrda 4 ta tushib ketmaydigan vint (DP-5B va DP-5V asboblarida energiya manbai bo`limidagi 1 ta vint) bo`shatilib qopqog’i olinadi va 1,6-PMTS-X-1,5 (KB-1) sxemaga muvofiq 3ta element qo`yiladi. Asbob akkumlyatordan oziqlanganda kuchlanishni taqsimlagichdagi ulagichlar kerakli kuchlanishga qo`yiladi, so`ng uni vintlar yordamida oziqlanish bo`limiga birlashtiriladi. Undan keyin poddiapazonlar o`zgartiruvchi “rejim” holatiga keltiriladi. “Rejim” dastagi soat strelkasi yo`nalishida ohista buralib, strelka tepa shkaladagi qora uchburchakka qo`yiladi. Strelka buralganda tepadagi qora chiziqqacha etmasa kuchlanish ozligini ko`rsatadi, demak yangi elementlarni qo`yish kerak. Keyin asbob strontsiy-90 bo`yicha tekshiriladi: poddiapazon ×1000 holatiga qo`yiladi, radioaktiv manba qopqog’i o`z o`qi atrofida burab ochiladi. Zond ekrani “B” holatga buraladi va zond quti qopqog’iga tayanchlar bilan mahkamlanadi. Bunda strontsiyli manba zond teshigi qarshisida turishi lozim. Telefonlar ulanadi.
200 dan tashqari hamma poddiapazonlarda (strelka va telefon bo`yicha) asbob ishlashini tekshirish kerak. Asbob strelka poddiapazonlarni o`zgartiruvchining ×1000; ×100 holatlarida siljimasa yoki ×1; ×0,1 holatlarda shkaladan chetga chiqib ketsa, ×10 holatda formulyarda ko`rsatilgan raqamda turishi kerak (2,2× 10=22). «Sbros» knopkasi ishi tekshiriladi. Ishlaganda yoki radioaktivlik o`lchangandan keyin asbobni o`chirish kerak.
Gamma-nurlarini o`lchash. “200” poddiapazonda 5 dan 200 R/s gacha radiatsiya darajasi o`lchanadi. Buning uchun asbob yuqorida ko`rsatilganidek moslanadi, poddiapazonlarni o`zgartiruvchi “200” holatiga qo`yiladi, zond teshigi ekran bilan bekitiladi va zond qutiga joylashtiriladi. Radiatsiya darajasi 1 m balandlikda o`lchanadi va har 10 sekundda quyi shkala bo`yicha ko`rsatishlar yozib olinadi.
Doza quvvati 5 R/s gacha bo`lganda tepadagi shkala bo`yicha ×1000 poddiapazonda o`lchanadi. Har 10-45 sek da ko`rsatishlar olinib, bu raqamlar poddiapazondlar o`zgartiruvchisida turgan koeffitsentga ko`paytiriladi.
Obyektlarning mR/s.da ifodalangan radioaktiv ifloslanishini Obyekt yuzasi yopiq holda zondga yaqin 1-1,5 sm uzoqlikda ushlanib yuqori shkala bo`yicha olingan ko`rsatishlarni poddiapazon koeffitsentiga ko`paytirilib aniqlanadi. Olingan kattaliklar (ma`lumotlar) ruxsat etilganlari bilan taqqoslanadi.
Beta-nurlanishlarni aniqlash. Buning uchun zonddagi ekran “B” holatiga keltiriladi va zond tekshirilayotgan yuzaga 1-1,5sm masofada yaqin olib kelinadi. Poddiapazondlarni o`zgartiruvchining tutqichi ×0,1; ×1 va boshqa holatlarga o`tkaziladi. “B” holatda beta-gamma nurlanishlar umumiy yig’indisi o`lchanadi. So`ngra zond teshigi aylanadigan ekran (“G” holatda) bilan bekitiladi va xuddi shunday masofada gamma-nurlanish dozasi quvvati o`lchanadi. Agar asbob teshigi ochiq holda, teshigi yopiq holdagidan yuqori sonni ko`rsatsa, demak tekshirilayotgan Obyekt yuzasi beta-nurlanish chiqarmoqda. Agar ko`rsatish sonlari bir xil bo`lsa, faqat o`rab turgan Obyektlardan yoki tekshirilayotgan Obyektda gamma-kvantlar mavjudligini bildiradi.



Download 12,43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish