Favqulodda vaziyatlarda birinchi tibbiy yordam (BTYO)-o`z-o`ziga va atrofdagilarga tibbiydam ko`rsatishdir. Fuqoralar birinchi tibbiy yordam ko`rsatishning hamma usullarini mukammal bilishlari shart. Birinchi tibbiy yordam o`z vaqtida va to`g’ri ko`rsatilishi lozim. U qanchalik tez va malakali oshirilsa, shuncha ko`p odam hayoti saqlab qolinadi.
Jarohat -organizm teri va shilliq qavati butunligining buzilishi. Jarohatlanganda birinchi tibbiy yordam qon oqishini to`xtatish, ochiq jarohatlarni bog’lam bilan yopish, jarohatlangan joyning qo`zg’almas holati ( immobilizatsiya)ni ta`minlab berishi lozim.
Jarohatlanganda birinchi tibbiy yordam quyidagilarni o`z ichiga oladi:
1.Jarohatlanish manbasini va omilini aniqlab, uning ta`sirini to`xtatish.
2.Jarohatlangan kishini noqulay xavfli sharoitdan ajratish, uning ahvolini aniqlash.
3.Darhol dastlabki yordamni ko`rsatish.
4.Eng yaqin davolash maskaniga olib borishni tashkil qilish.
Har qanday sharoitda ham jarohatlangan kishiga birinchi tibbiy yordam ko`rsatish jarohat ta`sirini kamaytirishda yoki jarohatlangan kishining hayotini saqlab qolishda muhim rol’ o`ynaydi. SHu sababli, har bir inson birinchi tibbiy yordam ko`rsatish usullarini va qoidalarini puxta bilishi zarur.
11.2. Dastlabki tibbiy yordam ko`rsatish
tartib-qoidalari
Elektr tokidan jarohatlanganda birinchi tibbiy yordam ko`rsatish
Ishlab chiqarishda, halokatlarda yoki tabiiy ofat sodir bo`lganda ko`pincha odamlarni tok urib shikastlanishi mumkin. Bunday hol shikastlangan kishilar va qutqaruv ishlarini olib borayotganlar bilan ham yuz berishi mumkin.
Elektr tokidan shikastlangan kishi organizmining ayrim joylarida umumiy yoki mahalliy o`zgarishlar yuz beradi: teri kuyishi, yumshoq tuqimalarning kuyishi, asab tizimini ishdan chikishi, nafas olishning to`xtab qolishi va shu kabilar.
Insonlarni kuchlanish ostidagi mashina, mexanizm va qurilmalarning tok o`tkazuvchi qismlariga tegishi muskulni ixtiyorsiz ravishda qisqarishiga olib keladi va bu holatdan jarohatlangan shaxsning o`zi chiqa olmaydi. Bunday holatda birinchi navbatda elektr qurilmasini tok manbasidan ajratish talab etiladi. Agar elektr shkaflari uzoqda joylashgan bo`lsa, elektr simini quruq yog’och dastali bolta yoki boshqa jihoz bilan qirqish mumkin.
Kuchlanish 1000 Vgacha bo`lgan elektr toki ta`siridan qutqarishda quruq taxta, arqon, yog’och kaltak, rezina, dielektrik qo`lqop yoki tok o`tkazmaydigan boshqa materiallardan, kuchlanish 1000V dan ortiq bo`lsa maxsus shtanga va ombirlardan foydalanish zarur. Qutqarayotgan kishi ham albatta elektrlik qo`lqop va rezina poyabzal kiyib olishi kerak.
elektr toki ajratilgach jarohatlangan shaxsni qulay va yumshoq o`rindiqga yotqizish va pul’s urishini, nafas olishini, ko`z qorachig’i holatini tekshirish hamda bir vaqtda vrachga xabar berish zarur. Jarohatlangan kishi hushsiz yoki hushida bo`lishi, lekin pul’s urishi va nafas olishi mavjud bo`lishi mumkin. Agar pul’s urishi va nafas olishi mavjud bo`lib, u xushsiz bo`lsa kiyimlarini echish, toza havo kirishini ta`minlash, yuziga suv purkash va tanasini isitish kerak. Jarohatlangan shaxs hushsiz bo`lib, pul’s urishi va nafas olishi sezilmasa unga sun`iy nafas berish va yuragini uqalash qilish kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |