Tuzuvchi: Katta o’qituvchi M. Abduraxmanov Taqrizchi: katta o’qituvchi D. Yoldosheva


Metodika – kuzatish va eksperiment usullari majmuasi. 2



Download 273,02 Kb.
bet5/38
Sana20.06.2022
Hajmi273,02 Kb.
#680525
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   38
Bog'liq
LINGVISTIK TAXLIL METODLARI (2)

1. Metodika – kuzatish va eksperiment usullari majmuasi.
2.Metod – tajriba (eksperiment) orqali aniqlangan va kuzatilgan natijalarni nazariy umumlashtirish usullari.
3.Metodologiya – bilish jarayoniga dunyoqarash tamoyillarini qo‘llash.1

4. Konsepsiya- metodologik funksiya bajarib, tafakkur faoliyatining o‘ziga xos usuli hisoblanadi.


5. Sinergetika (lot. synergia – «hamkorlik»)- organik va noorganik dunyoda sodir bo‘ladigan o‘z-o‘zidan tashkil topish tamoyilining matematik modellarini yaratuvchi umumiy fandir
6.Fenomenologik metod- Fenomenologiya (yun. phaiomenon – «mavjud», logos – «ta’limot») fenomen yoki hodisalar nazariyasidir.
7. Metafizik (lot. fizikadan keyin) metod- ob’ektni ajralgan holda, o‘zaro munosabatidan tashqarida o‘rganadi.
8. Dialektik metod -tabiat, jamiyat va tafakkur taraqqiyotining umumiy qonuniyatlarini e’tiborga oluvchi metoddir
9. Fanning umumiy metodologiyasi- Bunga falsafiy metodlar xos bo‘lib, ular barcha fanlar va mazkur fanlar bo‘yicha olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlarning falsafiy asosi sanaladi.
10. Sinergetik metod- XX asrda kashf etilgan nisbiylik nazariyasi va kvant mexanikasidan boshqa yana kvant kimyosi, mikro-makro-mega dunyolar fizikasi, reaktiv dinamika nazariyasi singari yangi fanlar maydonga keldi.

2.Ma’ruza mashg’uloti


Mavzu: Til va uning taraqqiyotini o’rganishda tilshunoslik metodlarining o’rni
Reja:

  1. Germenevtik metod

  2. Sinergetik metod.

  3. Lingvistik tahlilda metodlardan qanday foydalaniladi.

Germenevtik metod. Germenevtika (yun. hermeneutike, hermenio – «tushuntiraman») matnlarni tushunish, talqin qilish san’ati, uni talqin qilish tamoyillari haqidagi ta’limot sanaladi. Uning tekshirish metodi germenevtik metoddir.
Hozirgi kunda germenevtika gumanitar fanlarning metodologik asosi hisoblanadi. Matnda muallifning nima demoqchiligini o‘quvchi tomonidan to‘g‘ri tushuna olish germenevtikaning vazifasi.
Germenevtika ildizlari antik davrlarga borib taqalsa-da, mustaqil ilmiy yo‘nalish sifatida XIX asrda nemis mutafakkirlari F.SHleyermaxer va V.Diltey asarlari orqali shakllandi. Bu yo‘nalish XX asrda nemis olimi G.G.Gadamer va fransuz olimi P.Rikyor tomonidan rivojlantirildi. G.G.SHpet mazkur ta’limotning ko‘p asrlik tarixini tadqiq etgan bo‘lsa,1 M.M.Baxtin o‘zining «Gumanitar fanlarning falsafiy asoslariga doir», «Adabiyotshunoslik metodologiyasiga doir», «Gumanitar fanlar metodologiyasiga doir» kitoblari orqali uni ommalashtirdi.
Germenivtikaning markaziy tushunchasi tushunishdir. SHleyermaxer o‘zi kashf etgan germenevtik doirani talqin qilishning asosiy tamoyili hisoblaydi. Bunga muvofiq, butunlik (masalan, matn)ga xos ruh uning alohida qismlarida ham o‘z ta’sirini qoldiradi. Bo‘laklar butunlik asosi, butunlik esa bo‘laklarning ichki uyg‘unligi sifatida tushunilishi lozim.2
Gadamer fikricha, tushunish, eng avvalo, nutq orqali amalga oshadi. Demak, tushunish shaxslararo munosabatda voqelanadi. So‘zlovchi yoki adibning matn orqali nima demoqchiligini tinglovchi tomonidan to‘g‘ri tushunish germenevtikaning vazifasi sanaladi.
Nutq gaplarning, gap esa so‘zlarning sintagmatik munosabatidan tashkil topadi. Demak, har qanday nutq butun va bo‘lakning shajaraviy munosabatidan tashkil topadi. Bunda butunga xos umumiy mazmun bilan bo‘lakka xos xususiy mazmun ishtirok etadi. Gadamerning ta’kidlashicha, bir butun matnni tushunish, uning tarkibidagi so‘zlar yig‘indisi asosida tushunish emas, u aytilgan axborot yaxlitligidan kelib chiqadigan hodisadir.3 Har qanday nutq shakl va mazmun o‘rtasidagi munosabatdan tashkil topgan butunlik bo‘lib, uning har ikki tomoni o‘ziga xos ichki tuzilishga ega. Mazkur ikki tomonning ichki tuzilishi ko‘p hollarda bir-biriga muvofiq kelmaydi. Masalan, Eshigingizga qulchilikka keldik gapining sintaktik tuzilishi bilan mazmuniy tuzilishi bir-biriga mos kelmaydi. O‘zbeklarning nutq odobi, urf-odatini bilmaydigan o‘zbek tilini o‘rganayotgan shaxs gap tarkibidagi so‘zlarning alohida-alohida ma’nolaridan butunga xos umumiy ma’noni chiqarolmaydi.
Bir qator gaplarda yuza ma’no ostiga tag ma’no yashiringan bo‘ladi. Ayniqsa, ana shunday sharoitda tinglovchiga tilni tushunish ko‘nikmasi kerak bo‘ladi. Agar mazkur ko‘nikmaga ega bo‘lmasa, matnni to‘g‘ri tushunolmaydi. SHu bilan birga, alohida nutq parchasini butundan uzib olinganda ham, bu nutq parchasidan so‘zlovchining maqsadini to‘g‘ri tushunib bo‘lmaydi. SHuning uchun matnni butun va bo‘lak munosabatini e’tiborga olgan holda o‘rganish bo‘lak mazmunini to‘g‘ri tushunishga yordam beradi.
Ko‘rinadiki, germenevtika hozirgi davrda rivojlanib borayotgan lingvistik pragmatika uchun metodologik asos bo‘lib xizmat qilishi mumkin.

Download 273,02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish