Metafizik (lot. fizikadan keyin) metod ob’ektni ajralgan holda, o‘zaro munosabatidan tashqarida o‘rganadi. Ob’ektning ichki o‘zgaruvchanlik xususiyatini e’tiborga olmaydi. SHuning uchun butunni tashkil etgan ichki a’zolarning ziddiyatli munosabatlari, bu zidlanishlarning ob’ektni rivojlantiruvchi, o‘zgartiruvchi kuch ekanini nazardan chetda qoldiradi. Tabiat barqaror, o‘zgarmas xususiyatga ega, uning taraqqiyot jarayoni miqdor o‘zgarishlari sifat o‘zgarishlariga olib kelmaydigan oddiy o‘sish deb baholaydi. Ob’ektlarning taraqqiyot manbai ichki ziddiyatlar emas, balki tashqi qarama-qarshi kuchlar ekanini e’tirof etadi.
Tilshunoslikda o‘rganilayotgan ob’ektning faqat o‘ziga qarab, boshqa shunga o‘xshash ob’ektlarga bo‘lgan munosabatlaridan tashqarida, ichki tarkibiy qismlari o‘rtasidagi zidlanishlarni (oppozitiv munosabatlarni) e’tiborga olmasdan tavsiflash lingvistika faniga umumiy falsafiy metafizik metodni qo‘llash hisoblanadi.
Fenomenologik metod. Fenomenologiya (yun. phaiomenon – «mavjud», logos – «ta’limot») fenomen yoki hodisalar nazariyasidir. Uning asoschisi Edmund Gusserl bo‘lib, Martin Xaydegger tomonidan rivojlantirilgan. Fenomenologiyaning tekshirish metodi fenomenologik metod sanaladi. Uning bosh maqsadi borliqdagi voqea va hodisalarni qanday bo‘lsa, shundayligicha ta’riflashdir. Masalan, qalam yozuv quroli. Ayni paytda, ayollar qoshini bo‘yash uchun ham ishlatiladi. «Borliqdagi narsalar bizga qay tarzda namoyon bo‘lsa, shundayligicha qabul qilish va ta’riflash» fenomenologiyaning asosiy maqsadi bo‘lganidan fenomenologik metod asosida qalamga ikki xil ta’rif berish mumkin: 1) yozuv quroli; 2) kosmetik qurol.
Fenomenologiya falsafiy ta’limot sifatida XX asrning 20 – 30-yillarida E.Gusserl g‘oyalari ta’siri ostida ilk bor Germaniyada shakllandi.
Fenomenologiyaning tanqidiy tig‘i tabiiy fanlar tomonidan ta’riflangan hodisalarnigina haqiqat deb qarashga qarshi yo‘naltirilgan. SHuning uchun qalamni atomlarning muayyan yig‘indisi deb tushunish xato deb hisoblanadi.1
Fenomenologiya ko‘pincha oddiy voqealarni ta’riflaydi: don yanchish, ot taqasini qoqish, xat yozish kabi. Bular haqiqiy hayotiy olam va uning uzvlari (fenomenlari) sanaladi. Kundalik buyumlar, fikrlar, hodisalar, lingvistik hodisalar ham fenomenlar sifatida qaraladi.
Fenomenologik nuqtai nazardan muayyan sub’ekt tomonidan foydalanilgan til, ya’ni nutq moddiy dunyoning bir qismini tashkil qiladi. Nutq tarkibida so‘zlovchi ma’lum bir so‘zni qaysi ma’noda ishlatgan bo‘lsa, shundayligicha izohlash fenomenologik metodning maqsadi sanaladi. Demak, so‘zlarning pragmatik amallarini belgilash fenomenologik metodning vazifasiga kiradi.
Fenomenologiya bilan germenevtika uzviy aloqadordir. Har ikkisi matnni tushunish bilan bog‘liq. Demak, lingvistik pragmatika uchun har ikki metod metodologik asos bo‘lib xizmat qilishi mumkin.
Savollar
Tilshunoslikda tadqiqot metodlari haqida tushuncha deganda nimani tushunasiz?
Lingvistik tahlilda metodlardan qanday foydalaniladi?
Tillarni o’rganishda metodikalardan nima uchun foydalaniladi?
Metodika va metodologiya tushunchalari tavsiflarini izohlang?
Metodologiya haqida tushunchani tushuntiring?
Metod va metodika hususida ?
Umumiy va hususiy metodlar to’g’risida ?
Sinergetika nima?
Sinergetikaning vazifalari nima?
Germanivtikaning maqsadlari nima?
Glossariy:
Do'stlaringiz bilan baham: |