O’quv –uslubiy majmua Namangan davlat universiteti o’quv-uslubiy kengashining 2020 sentabrdagi 1-sonli yig’ilishida muhokamadan o’tgan va foydalanish uchun tavsiya etilgan muvaqqat fan dasturi asosida ishlab chiqilgan.
Tuzuvchi: Katta o’qituvchi M. Abduraxmanov
Taqrizchi: katta o’qituvchi D. Yoldosheva
O’quv uslubiy majmua NamDU Ingliz filologiyasi fakulteti Ingliz tili o’qitish metodikasi kafedrasining yig’ilishida ko’rib chiqilgan va tasdiqqa tavsiya qilingan.
2020 yil ___ avgust 1-sonli majlis bayoni.
Ingliz tili o’qitish metodikasi
kafedrasi mudiri: S. Daminjanov
O’quv –uslubiy majmua Namangan davlat universiteti Kengashining
2020 yil __________ 1sonli yig’ilishida ko’rib chiqilgan va
foydalanishga tavsiya qilingan.
© Namangan davlat universiteti
MUNDARIJA
O’quv materiallari……………………………………………
Mustaqil ta’lim mashg’ulotlari …………………………...
Glossariy …………………………………………………....
Ilovalar ……………………………………………………..
Fan dasturi
Ishchi fan dasturi
Tarqatma materiallar
Testlar
Baholash me’zoni
O’quv materiallari
Ma’ruza mashg’uloti.
Mavzu: Tilshunoslikda tadqiqot metodlari haqida tushuncha. Metod, metodika va metodologiya tushunchalari tavsifIi
Reja :
Metodologiya haqida tushuncha
Umumiy va hususiy metodlar
Xulosa
Har qanday tadqiqotchi muayyan mavzuda ilmiy izlanish olib borar ekan, eng avvalo, ma’lum metodologiyaga tayanadi va o‘z maqsadini amalga oshirish uchun qo‘l keladigan ilmiy tadqiqot metodlaridan foydalanadi.
Metodologiya va tadqiqot metodidan xoli birorta ilmiy asar mavjud bo‘lmaydi. SHunday ekan, fanda ilmiy tadqiqot metodologiyasi va metodi tushunchalari markaziy o‘rinni egallaydi. SHuning uchun har bir tadqiqotchi tadqiqot metodologiyasi va metodlari haqida yaxshi bilimga, ulardan o‘rinli foydalanish ko‘nikmasiga ega bo‘lmog‘i lozim.
Inson doimo ma’lum maqsad sari harakat qiladi. Mazkur harakatining natijasi harakat qiluvchi sub’ekt va harakat yo‘nalgan ob’ektning qanday bo‘lishidan tashqari, mazkur faoliyatda qanday usullar qo‘llanilishi bilan uzviy bog‘liqdir. Bu esa bilish jarayoni muayyan metodologiya va metodga tayanishi lozimligini ko‘rsatadi.
Metod (yun. methodos – bilish usuli) sub’ektning har qanday shakldagi faoliyat usuli sanaladi.1 Faoliyatning muayyan sohasida (fan, siyosat, san’at va boshq.) qo‘llaniladigan vosita va usullar sistemasi; metodning umumiy nazariyasi, metodlar sistemasi haqidagi ta’limot metodologiya sanaladi.2
Mashhur tilshunos YU.S.Stepanovning ta’kidlashicha, metod muammosi uchta markaziy tushunchani o‘z ichiga oladi: metodika – metod – metodologiya. Bu tushunchalar quyidagicha izohlanadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |