Davlat organlarini sof kreditlash. Sof kreditlash (kreditlash minus qarzni qaytarish) asosan davlat likvidliligini boshqarish maqsadida emas, balki asosan davlat siyosati masalalarini echish uchun davlat organlarini kreditlashni o‘z ichiga oladi. Bunday kreditlashga fermerlar, talabalar va kichik biznes egalariga subsidiyalar misol bo‘ladi. DMSga ko‘ra, sof kreditlash moliyalashga emas, balki xarajatlarga kiritiladi. Bu yondashuv hukumatni yo kreditlash yo qarz olishga undaydigan motivlar orasidagi assimetriyani aks ettiradi. Davlat organlarida mavjud valyuta va uni depozit hisoblarda joylashtirish orasidagi farqning tebranishi va naqd pul qoldiqlarining o‘zgarishi sof kreditlash kabi emas, balki moliyalash kabi ko‘rsatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |