Beg‘araz tushumlar
Beg‘araz tushumlarga boshqa mamlakatlar hukumatlari va xalqaro tashkilotlardan tushumlar kiradi. DMS bo‘yicha qo‘llanmada beg‘araz tushumlar moliyalash moddalari kabi emas, balki daromadlar guruhiga operatsiyalar sifatida kiritiladi. Lekin byudjet holatini tahlil va prognozlash nuqtai nazaridan beg‘araz tushumlarning boshqa daromadlardan keskin farq qilishini tan olish kerak. Ularning miqdori va tushish vaqtini oldindan aytish mumkin emasligi tufayli ularni byudjet porgnoziga kiritish yoki xarajatlarni to‘lash uchun foydalanish byudjet rejalashtirish jarayonini jiddiy izdan chiqarishi va kelajakda byudjetni juda aniqlashtirishni talab qilishi mumkin. Garchand, DMS da beg‘araz tushumlarni chiziq ustidan joylashtirilsada, byudjet hisoblarining analitik kesimida ularni moliyalashning bir moddasi sifatida aks ettirish maqsadga muvofiqdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |