Тузувчи : Файзуллаева Н


Iqtisodiy operatsiyalar va davlat operatsiyalarini hisoblash



Download 13,29 Mb.
bet75/405
Sana15.01.2022
Hajmi13,29 Mb.
#367128
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   405
Bog'liq
4 Макроиктисодий тахлил УМК 2019 2020 Автосохраненный

7.3. Iqtisodiy operatsiyalar va davlat operatsiyalarini hisoblash
“Davlat moliyasi statistikasi bo‘yicha qo‘llanma”da davlat boshqaruvining bir necha bosqichlari aniqlangan:

  1. Markaziy hukumat;

  2. SHtatlar yoki mintaqalar darajasidagi organlar;

  3. Mahalliy organlar;

  4. Millatusti organlari.

Ko‘pchilik mamlakatlarda davlat boshqaruvi sektoridagi byudjet operatsiyalari o‘z ichiga kamida davlat byudjetini shakllantiruvchi markaziy hukumatni oladi. Lekin ko‘p mamlakatlarda byudjet operatsiyalari bilan mahalliy va mintaqaviy organlar ham shug‘ullanadi.

“Davlat boshqaruvi sektori” atamasi davlat boshqaruvining barcha darajalarini: markaziy hukumat, shtatlar hukumati, viloyat va mahalliy darajadagi organlarni o‘z ichiga oladi. Davlat boshqaruv sektori va pul-kredit sektorlarining funksiyalarini bir-biridan ajratib olish uchun davlat moliyasi statistikaning ikkala ta’rifidan barcha davlat bank va pul-kredit operatsiyalari chiqarib tashlangan. Xususan, tashkilotidan qat’iy nazar pul-kredit operatsiyalarini o‘tkazuvchi pul-kredit organlarining barcha funksiyalari davlat bosharuvi sektoriga emas, balki pul-kredit sohasiga kiritiladi. Pul-kredit va soliq-byudjet siyosatlarini bir-biridan ajratish hamda pul-kredit va moliya statistikasining ma’lumotlarini davlat moliyasi statistikasining ma’lumotlari bilan muvofiqlashtirish uchun bu sohalarning har birining operatsiyalari bir-biridan alohida ravishda tahlil qilinishi kerak.

Davlat sektori  bu, davlat boshqaruvining sektori keng ma’noda o‘z ichiga davlat boshqaruvi sektorini va davlat temir yo‘l, avialiniyalar yoki kommunal korxonalar kabi nomoliya davlat korxonalarini oladi. Markaziy hukumatning ayrim daromadlari va xarajatlari, odatda, markaziy hukumatning mahalliy va davlat korxonalariga transfertlarni o‘z ichiga oladi. Turli darajadagi davlat organlarining jami operatsiyalarini hisoblashda “ikki martalab hisobga olish”ga yo‘l qo‘ymaslik uchun bunday transfertlarni sof holda ko‘rsatish lozim. Turli darajadagi davlat organlarining hisoblarini saldolash va chiqarish jarayoni konsolidatsiya deb ataladi.

Har bir darajadagi davlat boshqaruv organlari 3 turdagi operatsiyalarni o‘tkazishadi: byudjet, nobyudjet, ijtimoiy sug‘urtalash fondlari bilan operatsiyalar. Ta’rifidan kelib chiqib byudjet operatsiyalari byudjet orqali o‘tadi. Nobyudjet operatsiyalar byudjetdan tashqarida amalga oshib, nobozor tovarlari va xizmatlari ko‘rsatishni ko‘zlab, majburiy yig‘imlar hisobidan mablag‘larni undirish bilan bog‘liq. Masalan, nobyudjet fond ko‘pincha yoqilg‘i uchun maxsus soliqlar yig‘ish hisobidan yo‘l xo‘jaligini tutib turishga xarajat qilishi mumkin.

Nobyudjet operatsiyalarning maxsus kategoriyasiga ijtimoiy sug‘urtalash dasturlari kiradi. O‘tish iqtisodiyotidagi mamlakatlarda bu dasturlar, odatda, nafaqa fondi, bandlik fondi va ijtimoiy sug‘urtalash fondini o‘z ichiga olib, ularning mablag‘lari hisobidan mehnatga qobiliyatsizlik va ijtimoiy yordam nafaqalari to‘lanadi.

Davlat boshqaruv organi sektori qanday aniqlanishidan qat’iy nazar, ko‘p mamlakatlarda byudjetning haqiqatdagi ijrosi ko‘pincha davlat operatsiyalari hisobda jiddiy kamchiliklarga olib keladi. Ikkita eng katta kamchilik nobyudjet hisoblarni aks ettirish va milliy valyutadan ekvivalent hisoblardan foydalanish bilan bog‘liq. Qator mamlakatlarda ayniqsa, o‘tish iqtisodiyoti sharoitidagi davlatlarda hukumat nobyudjet hisoblardagi operatsiyalarni aks ettirib, boshqa hollarda byudjetga kiritilishi kerak edi. Nobyudjet fondlardan hamma joyda foydalanish (ayniqsa, agar ular byudjet operatsiyalari bilan konsalidatsiyalanmagan bo‘lsa) byudjet sohadagi ishlarning haqiqiy holatini buzib ko‘rsatadi, daromadlar mablag‘lar aniq maqsadga sarflanishi sababli byudjet mablag‘laridan egiluvchan boshqarishni qiyinlashtiradi va eng muhimi, bu hisoblarga keluvchi mablag‘larni sarflash ustidan nazorat yo‘qolishiga olib keladi.

Bu muammoni echish uchun ko‘p mamlakatlar nobyudjet hisoblar o‘rniga byudjet doirasida alohida hisoblarni yaratishgan.

Bu hukumatga kerakli nazorat va hisoblarni olib borishga hamda bu hisoblarni tekshirishga imkon beradi.

O‘tish iqtisodiyoti sharoitidagi ko‘pgina mamlakatlarda milliy valyuta ekvivalentidagi hisoblar byudjet holatini buzib aks ettirishini kuchaytiradi. Bu hisoblarda mablag‘lar milliy valyuta ekvivalentidagi xorijiy kreditlar va grantlarda aks etadi. Bu mablag‘lardan ko‘pincha defitsitni moliyalash va tashkilotlar hamda korxonalarni kreditlash uchun foydalaniladi.

Bunday kreditlash ko‘pincha byudjetda aks etmaydi, shu bois parlament nazariga tushmaydi va byudjet umumiy holatini buzib ko‘rsatadi hamda foiz stavkalarini subsidiyalashga olib keladi. Bunday ekvivalent hisoblar nafaqat byudjetda to‘liq aks etishi kerak, bundan tashqari ularni norentabel korxonalarni imtiyozli kreditlashning ko‘rinmas manbalariga aylanishiga yo‘l qo‘ymaslik zarur.

Davlat korxonalari davlat sektori doirasidan tashqarida deb qaraladi. Tovar va xizmatlarni keng miqyosda iqtisodiyotning boshqa sektorlariga etkazib beruvchi davlatga tegishli ishlab chiqarish bo‘linmalari va davlat nazorat qiladigan aksionerliksanoat yoki tijorat bo‘linmalari tasnifga ko‘ra, nomoliya korxonalar sektorining davlat ulushiga tegishli. Bunga davlatning temir yo‘llari va avialiniyalari, pochta xizmati va natsionalizatsiya qilingan yoki hukumat asos solgan tarmoqlar misol bo‘la oladi. Joriy, muddatli va jamg‘arma depozitlarni qabul qiluvchi hamda majburiyatlarni oluvchi yoki bozorda moliyaviy aktivlarni sotib oluvchi davlatning yoki davlat tomonidan nazorat qilinadigan moliyaviy muassasalar tasnifda moliyaviy korxonalar ulushiga kiradi. Markaziy bank ham, an’anaga ko‘ra, davlat boshqaruv sektoriga emas, balki yuqoridagi sektorga taalluqlidir.

Davlat moliya statistika (DMS) tizimi me’yorlariga ko‘ra, davlat moliyaviy statistikasi doirasidagi operatsiyalar MHT tizimiga kiritiluvchi milliy daromad, milliy mahsulot, pul-kredit sohasi va to‘lov balansi hisoblari kabi hisoblanish uslubida emas, balki kassa yoki to‘lov tamoyili asosida hisobga olinadi. Olingan mablag‘lar va to‘lovlar kassa tamoyiliga ko‘ra, moliyaviy hisoblanish vaqtida aks ettirilsa, hisoblanish uslubida operatsiyalar hisoblarda majburiyat yoki talab paydo bo‘lganda yoki ular bo‘yicha to‘lov muddati kelganda aks etadi.

Davlat operatsiyalarini kassa uslubida aks ettirish ularni pul-kredit hisoblari bilan taqqoslash va shu bilan davlat operatsyailarini agregatlashgan pul-kredit ko‘rsatkichlariga ta’siri darajasini aniqlashni engillashtiradi. Bu taqqoslash iqtisodiy tahlil nuqtai nazaridan ayniqsa muhimdir, chunki kassa tamoyili (DMS) asosida yozilgan operatsiyalar va hisoblanish uslubida aks ettirilgan (pul-kredit hisoblari)lari orasidagi farq to‘lovlar bo‘yicha kechiktirilgan qarzdorlikni hisobga olish sababli vujudga keladi. Bunday qarzdorlik DBOlari majburiyatlarni o‘z vaqtida qaytarish qobiliyatsizligini aks ettirib, kassa tamoyili va hisoblanishlar uslubi asosida belgilangan byudjet balansi miqdorlari orasidagi katta farqlarga olib keldi. Hisoblanish uslubida hisoblangan va hukumat tomonidan mablag‘larning sof sarflanishini ko‘rsatadigan balans davlatning majburiyatlarini (ham ichki, ham tashqi) to‘liq aks ettiradi, shu vaqtning o‘zida kassa tamoyili asosida hisoblangan balans esa haqiqatdagi foiz to‘lovlarni aks ettiradi.

Kassa tamoyili asosida hisoblangan defitsit hisoblanish uslubida hisoblangan defitsitga ko‘ra, kam bo‘lgan, hukumat ham foizlarni to‘lashda ham boshqa majburiyatlarni qaytarishda qarzdorlikka ega.




Download 13,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   405




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish